Tillar va adabiyot kafedrasi


Qiyoslang: O‘zbek tilining izohli lug‘atidan namunalar:  Bahor



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Qiyoslang:
O‘zbek tilining izohli lug‘atidan namunalar: 
Bahor 
(f-t) 
1.
To‘rt faslning birinchisi, qishdan keyingi, yozdan oldingi fasl; 
ko‘klam. 
Erta bahor. Bahor quyoshi. Bahor shamoli. – U (Gulnor) bukun shod, bahor 
uning nash’asiga nash’a, go‘zalligiga go‘zallik qo‘shgan.
Oybek. 
2. 
Ko‘chma. Har narsaning, masalan, umrning, hayotning gulgun, yashnagan 
chog‘lari va shunday chog‘lar ramzi.
Bu hayotning xazoni yo‘q, mangu bahor, 
Bu bahor-la topdi nasl shon, e’tibor
. G‘ayratiy. 
Dunyoda tuganmas, o‘zgarmas narsa yo‘q, shuning uchun Hojixonning fasli 
bahori ham, husni-malohati ham, kuch-u quvvati ham tugalishga qarab yuz tutdi
.M.Ismoiliy. 
Yonmoq
1.
O‘t olmoq; o‘tda kuymoq. 
To‘qayga o‘t tushsa, ho‘l-u quruq 
baravar yonadi. 
Maqol. 
Qalovini topsa, qor yonar
. Maqol. 
-Quruq o‘tin bir zumda 
lovullab yonib ketdi. 
M.Ismoiliy, Farg‘ona t.o. 
Yo
lqinlanib, nur berib turmoq. 
Saroyning to‘rida boshqalarga qaraganda ko‘rkamroq, bir hujra... bu hujrada sham 
yonadi. A.Qodiriy, O‘tgan kunlar .Ko‘rinardi uzoqdan yonib bir chiroq. G‘ayratiy. Nur 
sochmoq. Ko‘kda daraxtlar ustida g‘uj-g‘uj yulduzlar yonadi. Oybek, Qutlug‘ qon. 
Archa turar o‘rtada yonib, Oqmoqdadir haryon shu’la-nur. G‘ayratiy. 
2. 
Nurda tovlanmoq, nur qaytarmoq. 
Sham nurida tovlanar, yonar, Bir 
chekkada turgan mis chilim.
E.Rahim. 
Qorda yulduzchalar yonar edi. 
Oybek, 
O.v.shabadalar. 
3.
Ortiq darajada issig‘i, harorati oshgandek sezmoq, qizimoq. 
–Uh ... badanim 
yonib boradi ... – dedi Gulnor. 
A.Muxtor, Opa-singillar. 
U yonog‘ini onasining yonib 
turgan o‘tli yonog‘iga surtib, siniq tovush bilan pichirladi.
M.Ismoiliy, Farg‘ona t.o. 
4.
ko‘chma
Qayg‘urmoq, kuymoq; achinmo
q. Vali aka G‘ulomjonning yonib 
kuylaganiga, ko‘zlarining g‘o‘zalar ichida nigoron bo‘zlashiga hayron bo‘ladi.
M.Ismoiliy, Farg‘ona t.o. /Muhabbat/
Sendan yashiradigan sirim yo‘q! Ilgarilari 
bunday emas edi... Ko‘rmasam yuragim yonadi, ko‘zi ko‘zimga tushsa, a’zoyi 
badanimga qaltiroq kiradi.
N.Safarov, Hayot maktabi. 
Qiz nima o‘ylaydi, uning qalbi 
ham ishq alangasida yonadimi, yo‘qmi?
Oybek, Qutlug‘ qon. 
5.
ko‘chma
Qizishib, asabiylashib ketmoq, tutoqmoq; alangalamoq. 
Ismoiljon 
bir nima desam, lov etib yonib ketadigan turqi bor.
S.Abduqahhor, Sanamay sakkiz 
dema. 
Siz onamdan xafa bo‘lmang, azizim, uning odatini bilasiz-ku, bir yonib, bir 
o‘chaveradi.
S.Anorboev, Oqsoy. 


40 
6. 
Alangalamoq, o‘t olmoq. 
Beg‘ubor tong kabi qalbingda Vatan ishqi, xalq 
mehri yonar.
G‘ayratiy. 
Hozir Xalilovning nafrati yonib turibdi.
I.Rahim, Ixlos. 
7.
ko‘chma
Oshiqmoq, sabrsizlik bilan kutmoq. 
Navoiy Hirotga kirishi bilan, 
uning maxsus farmon olib kelganligi butun shaharga yashindek tarqaldi. Hamma uni 
tezroq eshitish orzusi bilan yondi.
Oybek, Navoiy. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin