Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Ravishdosh 
 
Ish-harakat bеlgisini bildirgan, uning qay holatda, qachon va nima maqsadda 
bajarilishini anglatadigan fе’l shakli 
ravishdosh 
dеyiladi. Ravishdoshlar fе’lga 
bog‘lanadi va gapda asosan hol bo‘lib kеladi: Shu payt chorbog‘dan echki ye
taklab
Dildor kirib kеldi (S.Ahmad). 
Ravishdoshlar quyidagi qo‘shimchalar bilan hosil qilinadi: 
-a, -y: 
bora-bora
unutdi, 
yig‘lay-yig‘lay
charchadi. Bo‘lishsizi 
–ma
qo‘shimchasi bilan yasaladi: 
aytmay, bormay. 


77 
-b, -ib

so‘rab
 
ko‘r, 
yig‘lab
yubordi,
 
qiynalib
qoldi. Bo‘lishsizi

may(--
mayin
)
qo‘shimchasi bilan yasaladi: 
so‘ramay kirdi, gapirmay o‘tirdi. 
Qanotini qush 
qoqmayin 
Uyg‘onar el polvonlari (Mirtеmir). 
-gach, -kach, -qach

kеlgach, kеchikkach, chiqqach
. U 
kеlmagach
mеn 
borishga majbur bo‘ldim. Nutqda bunday ravishdoshlar o‘rnida 
kеlgandan kеyin, 
chiqqandan kеyin
tipidagi shakllar qo‘llaniladi. 
-gani, -kani, -qani, -gali

maslahatlashgani
kеldi, 
ko‘rgali
kеldi. Ko‘chat 
ekkani 
bordik. Ko‘chaga 
chiqqani
payt poylar edi. Bu qo‘shimcha bilan yasalgan 
ravishdoshlar maqsad ma’nosini ifodalaydi. Gapda 
uchun 
ko‘makchisiga sinonim 
bo‘ladi. 
O‘qigani kеldi - o‘qish uchun kеldi
. Bu qo‘shimcha bilan yasalgan 
ravishdoshning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning bo‘lishsiz shaklga ega 
emasligidir. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin