D A R S N I N G B O R I S H I: I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni: a) O’quvchilar bilan salomlashish.
b) Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s) O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni: Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi: 1.Ikki daryo oralig’ida ilk davlatlarning paydo bo’lishi? 2.Shumer va Akkat davlatlari.
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni: Qadimgi Bobil davlatining yuksalishi. Iqtisodiy tushkunlik, amoriy ko'chmanchi qabilalarining hujumi, Ur sulolasining yemirilishi siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib bordilar. Er. av. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil shahri va Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari podsholigini er. av. XIX asr oxirida amoriy hukmdor Shamshi-Add (1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi.
Bu davlatlar o'rtasida uzoqqa cho'zilgan urushlar bo'lib o'tdi. Bu kurashlar davomida sekin-asta Bobil (Babili xudo darvozasi) shahri yuksala boshlaydi.
Bu shaharda I Bobil yoki amoriylar sulolasi hukitironlik qilib, uning boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (er. av. 1894—1595-у) davri deb nom oldi. Bu vaqtda Janubiy Mesopotamiyada akkadlar shumerlarni to'la assimilatsiya qildilar. Amoriylar sulolasi asoschisi, yo'lboshchisi Sumuabum edi. Unga xavfli raqib bo'lgan Elamni er. av. 1764-yilda Hammurapi 10 yillik urushda Mari podshosi Zimrilim bilan birlashib yanchib tashladi.
O'zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi. Larsa shahrini Elam bosib oladi. Elam hokimi Rimsin (er. av. 1822—1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar barpo qiladi. Ko'pgina shaharlar Uruk, Nippur, Issin va Larsa unga qaram bo'ladi. Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi markaz sifatida roli kuchayadi. Shaharning ikki daryo oralig'ining qoq o'rtasida joylashuvi barcha sun'iy sug'orish inshootlarining va Old Osiyoning quruqlik va daryo yo'llarini tutashgan joyda o'rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz bo'lishiga qulay omillar bo'ladi. Bobilni gullab-yashnashi I Bobil sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi (er.av. 1792-1750-yillar) davriga to'g'ri keladi. Hammurapi dono, uzoqni ko'ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir tashkilotchi edi. Hammurapi Bobil uchun foydali bo'lgan ittifoqlar tuzishga mohir diplomat bo'lib, bu ittifoq o'z vazifasini o'tab bo'lgach tezda undan voz kechgan. Hammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq tuzadi va janubda Ur va Issin shaharlarini bosib oladi. Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi.
Mari bilan birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani o'ziga bo'ysundirgach, Hammurapi er.av. 1759-yil Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib qolgan Osuriya qoladi, uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar. Hammurapining 42 yillik hukmronligi davomida Bobil kichik shahardan butun Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old Osiyoning yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi. Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat tashkil topdi1.
Hammurapi uni ikki qismga: akkad tillarida so'zlashadigan shumerakkad xudolariga sig'inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori Mesopotamiyani xurrit-amoriy hududlarini o'z ichiga olgan viloyat bo'Idi, Hammurapining vorisi Samsuilin (er. av. 1749—1712-yillar) davrida Bobilda ichki ziddiyatlar kuchayib, qishloq j'amoalar, j'angchilar va boshqa soliq to'lovchilaming ahvoli yomonlashadi. Er. av. 1742-yilda Mesopotamiyaga shimoli-sharqdan bu yerda aval noma'lum bo'lgan etnomidagi hind-yevropa qabilalari (Akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlar, o'zlarini kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo'lbosfachilari bilan bostirib kiradilar. Elam janubda shumer shaharlariga bostirib kiradi. Sippar va Issin shaharlarida qo'zg'olon ko'tariladi.
Shimoliy-g'arbda yangi Mitanni davlati vujudga keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik Osiyo va Sharqiy O'rtayer dengizi qirg'og'iga boradigan yo'llardan to'sib qo'yadi. Buning ustiga eramizdan avalgi 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib kirib I Bobil sulolasini tugatadilar. Savdoning rivojlanishiga butun Mesopotamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi muhim omil bo'ldi. Bobildan g'alla, xurmo, kunjut yog'i, jun va hunarmandchilik buyumlari eksport qilingan. Metall, qurilish toshi va yog'och, qullar va zeb-ziynat buyumlari import qilingan. Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari — tamkarlar shug'ullangan, o'z xizmatlari uchun ular yer, bog', uy olganlar va sudxo'rlik bilan ham shug'ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur, Larsa kabi yirik shaharlar, katta savdo markazlari bo'lgan. Erkin kishi «avelium»—(«odam») deb atalgan. Qonunlarning barcha moddalarida xususiy mulk himoya qilingan. Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlarni to'lovchisi mayda ishlab chiqaruvchi va mayda mulkdorlar tashkil qilgan. Shu sababli, ularning huquqlari qonun moddalari bilan himoyalangan.
Misol uchun ba'zi moddalar ularni sudxo'rlar zo'ravonligidan himoya qilgan: sudxo'rga qarz uchun hosilni olishi taqiqlangan, kumush uchun qarz foizi 20, g'alla qarzi uchun 33 foiz bilan cheklangan. Garovga olingan kishiga nisbatan shafqatsiz muomala uchun qat'iy chora o'lim jazosi qo'llangan, qarz uchun qaramlik 3 yil muddat bilan cheklangan.
Bobil jamiyatida erkin kishilardan tashqari «mushkenum» atamasi «pastga egilgan» ma'nosini bMrgan. Mushkenumlar jamoa bilan aloqasi uzilgan, yen bo'lrhagan kishilar bo'lib, ular cheklangan foqarolik huquqiga ega bo'lganlar. Ular podsho xo'jaligida ishlaganlar, podshodan yerni shartli olganlar. Mushkenumlarga tan jarohat yetkazilsa, qoidaga ko'ra pul jarimasi to'langan, erkin kishiga nisbatan talion huquqi (ko'z uchun ko'z, tish uchun tish) qo'llanilgan. Mushkenumni davolash erkin kishiga nisbatan ikki marta arzon bo'lgan. Qonunlarga qaraganda mushkenumlar pul mablag'i va mulkka egalik qilganlar. Bobil jamiyatinig eng quyi tabaqasi qullar («vardum») bo'lgan. Qullikning manbasi urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi uchun qul qilish, otaning patriarxal hokimiyati ostida oila a'zolarining huquqsizligi, otaning farzandlarini garovga berish, qullikka sotish huquqi, ba'zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol uchun, asrandi o'g'ilning o'z ota-onasidan voz kechishi, xotinning isrofgarchiligi, jamoatchining sun'iy sug'orish inshpotiga loqayd qaragani) va qullarning tabiiy ko'payishi bo'lgan. Bobilda qulchilik o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan, qul uncha katta bo'lmagan mulkka ega bo'lishi mumkin bo'lgan, quldan bo'lgan bolalariga mulk vasiyat qilish mumkin bo'lgan.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi: 1.Qadimgi Bobil davlatining yuksalishi. 2.Podsho Xamurapi qonunlari 3.Qadimgi Bobil madaniyati. V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari: Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
Xulosa, dars yakunlarini chiqarish:
VI bosqich: Uyga vazifa berish:_____§ o’qish, savollarga og’zaki va yozma javob, atamalar ustida ishlash, yangi mavzu bilan tanishib kelish.