B. Markaziy Amerikadagi til oilalari
1) yuto-atstek tillari – nauatlь, shoshon, xopi, luisenьo, papago, kora va boshqalar; bu tillar G‘arbiy AQSh – Nevada, Yuta, Kolorado, Texas kabi shtatlarda tarqalgan; ba’zida bu tillar oilasiga kayova-tano (kayova, piro, teva) tillari ham kiritiladi;
2) mayya-kiche tillari – mam, kekchi, kiche, mayya yukatek, iksil, tselьtalь, toxolabalь, cholь, xuast va boshqalar; mayya tili evropaliklar kelguniga qadar eng yuqori mataniyatga erishgan edi;
3) otomi tillari – pame, otomi, popolok, mishtek, sapotek, trik va boshqalar; bu til Markaziy va Janubiy Meksika, Nikaragua janubida hamda Kosta Rikada tarqalgan;
4) miskito-matagalьpa tillari – miskito, sumo, matagalьpa va boshqalar; ba’zida bu tillar chibcha tillariga ham kiritiladi;
5) chibcha tillari – karake, rama, getar, guaymi, chibcha va boshqalar; Kosta Rika, Panama, Kolumbiya, Venesuela, Ekvador, Peruda tarqalgan;
C. Janubiy Amerikadagi til oilalari
1) tupi-guarani tillari – tupi, guarani, yuruna, tupari va boshqalar; Braziliya, Paragvay, Argentina, Urugvayda tarqalgan;
2) kechua-aymara tillari – kechua (Perudagi qadimgi inklar davlatining tili, hozirda bu tilda Peru, Boliviya, Ekvadorda, qisman Argentina, Chili va Kolumbiyada so‘zlashadi) hamda aymara (aymara xalqining tili, Bolviyadagi 3 ta rasmiy tilning biri; yozuvi lotin alifbosiga asoslanga);
3) aravak tillari – chamikuro, chipaya, itene, uanьyam, guana va boshqalar; Katta Antil oroli, Sharqiy Kolumbiya, Shimoliy Venesuela, Gviana, Amazonkaning o‘rta va yuqori qismida, Janubiy Amerikaning g‘arb hududlarida tarqalgan;
4) arauka tillari – mapuche, pikunche, peueiche va boshqalar; bu tilllar asosan Chilida tarqalgan;
5) pano-takana tillari – chakobo, kashibo, pano, takana, chama va boshqalar;
6) je tillari – kanela, suya, shavante, kaingang, botokud va boshqalar; Braziliyaning sharqi, janubi va markaziy qismlarida tarqalgan;
7) karib tillari – vayyana, pemon, chayma, yaruma va boshqalar; Janubiy Amerikadagi Gayana, Surinam, Frantsiya Gvianasi, Veresuela, qisman Kolumbiya va Braziliya hududlarida tarqalgan;
8) alakaluf va boshqa alohida tillar.
Dostları ilə paylaş: |