XIII. DRAVID TILLARI OILASI Hindiston yarim orolida qadimdan yashovchi aholi tili. Bu tillar oilasi quyidagi guruhlarga ajraladi:
1) tamil tili – Janubiy Hindistonda yashovchi xalq - tamillar tili;
2) telugu tili - Janubiy Hindistonda yashovchi xalq - telugular tili;
3) malayalam tili - Janubiy Hindistonda yashovchi xalq - malayalilar tili;
4) kannara tili - Janubiy Hindistonda yashovchi xalq - kannaralar tili;
Mazkur to‘rtta tilning alifbosi hindlarning braxma yozuviga asoslangan.
tulu tili - Hindistonning g‘arbida joylashgan Tamilnad (Madras) shtatida yashovchi tulular tili;
braguy tili – Pokiston, Eron hamda Afg‘onistonning qo‘shni tumanlarida yashovchi braguylar tili va boshqalar.
XIV. AVSTRALOOSIYO TILLARI OILASI 1) munda tillari – Hindistonning sharqiy va g‘arbiy hududlarida (asosan, Bihar, G‘arbiy Bengaliya, Orissa shtatlarida) tarqalgan. Bu guruhga yana quyidagi tillar kiradi: santali, mundari, xo, birxor, djuang, sora va boshqalar;
2) kxmer tili – Kambodja davlatining rasmiy tili, Vetnam va Tailandda ham tarqalgan;
3) palaung tili;
4) nikobar tili;
5) vьetnam tili;
6) kxasi tili - Hindiston (Megxalaya shtati) va Bangladesh bilan qo‘shni tumanlarda yashovchi kxasi xalqi tili;
7) malakka tillari - quyidagi tillardan iborat: semang, semay, saka va boshqalar;
8) nagali tili.
XV. AVSTRONEZ (MALAYYA-POLINEZ) TILLARI OILASI
A. Indoneziya tillari tarmog‘i 1. G‘arbiy guruh: 1) indoneziya tili – Indoneziyaning davlat tili;
2) batak tili;
3) cham tillari: cham, jorai va boshqalar.
2. Yava guruhi:
1) yava tili;
2) sundan tili – Yava orollarining janubiy-g‘arbiy qismida tarqalgan;
3) madur tili;
4) bali tili.