Tilshunoslik asoslari


TILLARNING GENEALOGIK TASNIFI



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə57/78
tarix11.11.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#119313
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
Tilshunoslik asoslari (1)

TILLARNING GENEALOGIK TASNIFI

Tillarning bir manbadan kelib chiqishini, qaysi tillar bir-biri bilan qardosh ekanligini, shu bilan birga so‘zlarni, qo‘shimchalarni va boshqa grammatik xususiyatlarni nazarda tutib, tillarni ayrim guruhlarga ajratadi. Genealogik tasnifda guruhlarga ajratilgan tillarning kelib chiqishi, so‘zlarning paydo bo‘lishi va manbai ularning ma’no jihatdan yaqinligi, shu bilan birga, ulardagi tovushlar va affikslar o‘xshashligi hisobga olinadi.


Tarixiy taraqqiyot jarayonida qardosh tillardagi so‘zlarning ma’nolari va grammatik xususiyatlarining o‘zgarishi hamda tovush o‘zgarishlari nazarda tutiladi. Shuning uchun genealogik tasnifda tillar tarixini taqqoslab o‘rganish usuli (qiyosiy-tarixiy usul) asosiy o‘rinda turadi.
Grammatik tuzilishlari va boshqa xususiyati jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tillar guruhi til oilasi deyiladi. O‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, tatar va boshqa tillar turkiy tillar oilasiga kiradi. Bu qardosh tillardagi o‘xshashlik, yaqinlik ularning so‘z boyligi, grammatik qurilishi va nutq tovushlarida ifodalanadi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, o‘zaro qardosh bo‘lmagan ba’zi tillarning so‘z boyligidagi muayyan so‘zlarda ma’no jihatdan o‘xshashlik hodisalari uchrashi mumkin. Bunday hodisa bir tilga qardosh bo‘lmagan boshqa bir tildan kirgan so‘zlarda uchraydi. Masalan: o‘zbek tiliga arab tilidan: oila, maktab, lug‘at, kitob, singari; rus tilidan: samovar, mashina, stol, stul, choynak kabi anchagina so‘zlar o‘zlashgan. Lekin bunday so‘zlar tillarning arab tili yoki rus tili bilan qardosh til ekanligiga asos bo‘lolmaydi, chunki birinchidan, bunday tillarning qardosh ekanligini isbot qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la olmaydi. Ikkinchidan, har bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan so‘zlar ozchilikni tashkil etadi va ularning grammatik xususiyatlari butunlay boshqacha bo‘ladi. Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida turli munosabatlar tufayli boshqa tillardan kirib qolgan bunday tasodifiy so‘zlar tillarning tarixini solishtirib, taqqoslab o‘rganishda material bo‘la olmaydi, chunki bunday tillarning tuzilishi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Tillarning qardosh munosabatlarшni aniqlashda ularning bir o‘zak tildan alohida bir til bo‘lib chiqishida shu tilning tarixiy taraqqiyotini o‘rganish muhim ahamiyatga molikdir. Qardosh tillarni taqqoslab o‘rganishda, dastavval, har qaysi qardosh tillarda o‘xshash bo‘lgan bir materialning tarixiy taraqqiyot natijasida o‘zgarib ketgan tomonlarini taqqoslab tekshirishning ahamiyati juda katta. Tillarni taqqoslab tekshirish, o‘rganishda natijasida bu tillarning so‘z ma’nolari, grammatik xususiyatlari va nutq tovushlarining bir-biriga muvofiq kelishi orqali qardosh tillarning yaqinligi, o‘xshashligi aniqlanadi. Qardosh o‘zbek, uyg‘ur, qirg‘iz, ozarbayjon va qozoq tillaridagi bir necha so‘zlarni qiyos qilib ko‘rilsa, bu so‘zlar shaklan u qadar o‘xshamasa ham ma’no jihatdan bir o‘zak tildan (bir manbadan) ekanligini aniq ko‘rish mumkin. Masalan, o‘zbek tilida temir, uyg‘ur tilida tomur, qozoq tilida temer, ozarbayjon tilida demir, qirg‘iz tilida temir. Shu xildagi qardosh tilning grammatik tuzilishida ham ularning yaqinligi ko‘rinib turadi. Masalan, turkiy tillardagi ko‘plik qo‘shimchasi –lar bilan sifat yasovchi –li (lik) suffikslarini solishtirib ko‘raylik. O‘zbek tilida: ko‘chalar, uyg‘ur tilida kochilar, qozoq tilida kocholor. Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda so‘z o‘zaklari grammatik vositalar jihatidan farq qilsa ham ularning manbai bir bo‘lib, ular bir o‘zak tildan kelib chiqqan. Shuni aytib o‘tish kerakki, tillarning qardoshligini faqat qon-qarindoshlik munosabatlariga bog‘lash, ya’ni qardosh tillar hamma vaqt bir urug‘dan, bir qabiladan paydo bo‘ladi, deb tushunish xatodir.
Qardosh tillar jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida yo differensiya yoki integrasiya yo‘li bilan paydo bo‘ladigan tarixiy hodisadir. Shuning uchun tillarning qarindoshligini biologik hodisa deb qarash xatodir.
Tillarning genealogik tasnifi qardosh tillarning bir tildan, bir manbadan tarqalganligiga asoslangan. Dunyodagi tillarning taraqqiyot tarixi shuni ko‘rsatadiki, qabila, elat, irq, hudud chegarasi bilan til chegarasi o‘zaro to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, Shimoliy Amerika Qo‘shma Shtatlarida turli irqdagi xalqlar: ingliz, fransuz (oq irq), xitoy (sariq irq), negr (qora irq) va boshqalar yashaydi. Biroq Shimoliy Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashovchi bu xalqlarning hammasi asosan bir tilda – ingliz tilida aloqa qilishadi. Hindistonda 70 dan ortiq tilda, Xitoyda 30 dan ortiq tilda so‘zlashadilar. O‘rta Osiyoda o‘zbek, tojik, qirg‘iz, rus, arab, fors va boshqa tillarda so‘zlovchi xalqlar yashaydi. Tilning boyligi irqning oq yoki sariq ekanligiga bog‘liq emas. Shunday qilib, geneologik tasnif qardosh tillarning tarixiy taraqqiyot jarayonida bir o‘zak tildan tarqalganligini va ularning o‘zaro munosabatini, so‘z ma’nolarini va grammatik shakllarini, nutq tovushlarining bir-biriga yaqinligini, o‘xshashligini nazarda tutib tillarni guruhlarga ajratadi.
Hozirgi vaqtda o‘tmis tarixi o‘rganilib, bir-biri bilan qardosh ekanligi aniqlangan tillar oilasi quyidagilardan iborat:



  1. Yüklə 0,94 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin