A. Tibet-birma tillari tarmog‘i:
1) tibet tili – asosan Xitoyda, qisman Mongoliya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasining Buryatiya va Tuva respublikalarida tarqalgan; uning kukinaga guruhi manipuri, lushey kabi tillardan iborat; karen guruhi bodo, garo, tipera, kachin kabi tillarni qamrab oladi; sharqiy himolay guruhiga Nepal sharqidagi limbu, sunvar kabi tillar, g‘arbiy himolay guruhiga esa Shimoliy Hindistondagi kanauri, rangkas kabi tillar kiradi27;
2) birma tili – Xitoy va Mьyanmada tarqalgan bo‘lib, lisu, xani, laxu, nasi kabi tillarni o‘z ichiga oladi.
XI. TAY TILLARI OILASI
Tay tilllari Laos, Vetnam, Birma va Janubiy Xitoy hamda Shimoliy-Sharqiy Hindistonning unga tutash hududlarida tarqalgan. Tay tilining genealogik qarindoshligi xususida 2 xil faraz bor, birinchisiga ko‘ra u xitoy-tibet tillariga, ikkinchisiga ko‘ra esa avstronez tillari oilasiga mansub. Ikala faraz ham hozirgacha to‘liq tan olimaganligidan bu tillarning o‘zi alohida oila sanaladi. Tay tillari quyidagi guruhlardan iborat:
1) tay tili – Tailandning davlat tili (1939-yilga qadar siyom tili); uning uch guruhi mavjud: janubiy-g‘arbiy – tay (siyom), laos, tan, khamti axom, yuan, kxin kabilar: markaziy – tay (txo), nung, chjuan (janubiy lahjalari); shimoliy – chjuan (mioliy lahjalari, bui);
2) dun-shuy tillari – dun, shuy, mak, txen tillariban iborat;
3) sek tili;
4) lakkya tili;
5) be tili;
6) li tillari;
7) lakua tili;
8) laki tili;
9) gelao tillari28.
Aytish lozimki, A.A.Reformatskiyga ko‘ra Tay tilliari quyidagi guruhlarga ajratilgan:
tay tili;
laos tili;
chjuan tili;
kaday tillari (li, lakua, lati, gelao) va boshqa tillar29.
XII. MYAO-YAO TILLARI OILASI
Sharqiy Osiyodagi qarindosh tillarning eng kam o‘rganilgan tillar oilasi. Bu oilaga kiruvchi tillar, asosan, Xitoyning markazi va janubi, qisman Vьetnam, Laos, Tailandda tarqalgan. Ikki guruhga bo‘linadi:
myao tili – xmong, xmu shevalariga ega;
yao tili – mьyan, kimmun kabi shevalariga ega;
nu tili.
Dostları ilə paylaş: |