O’g’uz lahjasi. Bu lahjaga Xorazm, turkman shevalari kiradi. Bu shevalarda so’z boshidagi jarangsiz undosh jaranglilashadi: tovush-dovush, kuch-guch. O’zbek adabiy tiliga qarluq lahjasi: fonetik jihatdan Toshkent, morfologik jihatdan Farg’ona shevasi asos bo’lgan.
Dialekt va shevalarning o’ziga xos jihatlari dialektologiya bo’limida o’rganiladi.
2. Terminologik leksika Professional va ilmiy terminlar terminologik leksikani tashkil etadi. Ilm-fan, texnika,qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarga oid tushunchalarning aniq atamasi bo’lgan so’z yoki birikma termin deyiladi. Terminlar ikki xil bo’ladi:
a) professional terminlar. Ma’lum kasb-hunarga va mutaxassislikka oid monosemantik so’zlar professional terminlar hisoblanadi: masalan, charm, rezgi, shirach (etikdo’zlik), angob, loya, taqsir, gulbo’ta, bargi bodom (kulolchilik); zehdo’zlik, piltakach, yo’rmado’zlik, bichiqchi, tarhkash(kashtachilik) kabi.
b) ilmiy terminlar. Har bir fan o’ziga xos terminga ega. Tilshunoslikda: fonema, fonetika, ega, kesim; matematikada: kub, kvadrat, plyus.
3. Jargon va argolar Ma’lum tabaqa (sinf) vakillari nutqida qo’llanadigan so’zlar jargonlar deyiladi. Masalan, shoe’ qiling-bildiring, tanzil-foyda.
Argolarqiziqishlari, mashg’ulotlari, yoshlari bir xil bo’lgan ma’lum tor doiradagi guruh vakillari qo’llaydigan so’zlardir. Ular umumxalq tiliga oid so’zlarni boshqa ma’noda qo’llashadi. Otarchilar, o’g’rilar, savdogarlarning o’z argolari mavjud. Masalan, a) otarchilar argosidan; yakan (pul), joyi (yo’q), dah (yaxshi); b) o’g’rilar argosidan: loy(pul), ligavi (milisiya), harif (pul egasi, o’g’rilik ob’ekti); d) savdogarlar argosidan: sar yoki sarpiyoz (ming so’m), kapara (olti ming so’m); e) bezorilar argosidan: zamri (jim tur), hamka (non), deshevka (chaqimchi). Bu kabi sinflar, uyushma va to’dalar yo’qolishi bilan argo va jargonlar ham yo’qoladi.