Shuningdek, mazkur farmonga ko‘ra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida
Shuningdek, mazkur farmonga ko‘ra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida sohaga tegishli fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi belgilab qo‘yildi. Yurtimizda Rus Pravoslav va protestantlikka oid To‘liq injil xristianlari cherkovlarining diniy seminariyalari ham faoliyat olib bormoqda. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda islom dini bilan bir qatorda boshqa diniy konfessiyalarning ta’lim muassasalari ham faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyatlar ochildi. Xususan, 1998-yildan Pravoslav hamda Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsata boshladi. Rus pravoslav cherkovining Toshkent diniy seminariyasi besh yillik muddatga mo‘ljallangan ta’lim muassasasi hisoblanadi. U yerda kelajakda rus pravoslav cherkovining Markaziy Osiyo mintaqasidagi va boshqa yeparxiyalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan diniy xizmatchilar va oliy diniy ma’lumotli mutaxassilar ta’lim oladilar. Agar chor Rossiyasi davrida Toshkentdagi diniy seminariyalarni hisobga olinmasa, Toshkent diniy seminariyasining tarixi unchalik katta muddatni o‘z ichiga olmaydi. 1990-yilda Arxierey rahnamoligida ikki yillik ta’limga mo‘ljallangan Toshkent diniy bilim yurti ochilgan. Avvalda hech qanday bazaga ega bo‘lmagan Rus pravoslav cherkovining Toshkent diniy bilim yurti tezda oyoqqa turdi. Mashg‘ulotlar uchun joy topildi, doimiy o‘qituvchilar tarkibi shakllandi, talabalar esa turar joy va issiq ovqat bilan ta’minlandi. 1998-yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining sa’y-harakatlari bilan qator binolar, bugungi kunda Svyato-Usnensk soboriga tegishli bo‘lgan hududlar ajratib berildi. Shundan so‘ng Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi idorasi to‘laqonli oliy ma’lumotli diniy xizmatchilarni chiqara oladigan Diniy seminariya tashkil etildi. XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish. XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: DUNYO DINLARI TARIXI 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.