Metamorfik tog’ jinslari magmatik vulkanik va cho’kindi jinslarning er po’stining chuqur zo’nalarida yuqori temparatura va bosim tasirida (eritmaga o’tmagan xolatda) tubdan o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi. Magmatik tog’ jisnalidan hosil bo’lganlarini orto jinslar, cho’kindilardan hosil bo’lganlarini para jinslarini deyiladi. Tog’ jinslari metamorfizmining asosiy sabablari yuqori bosim, yuqori temperatura, moddalarni olib kelinishi va olib ketilishi.
Metamorfik tog’ jinslarining muxum hususiyatlari tog’ jinsi yaratuvchi menirallarga dala shpatlari, slyuda, amfibollar, piroksenlar, xlorid, talk, serpentin, anor toshlar (granatlar) kalsid, dalamid, kvars, grafid va boshqalar...
Cho’kindi tog’ jinslari er po’stining
ustki qismida okean, dengiz, ko’l, daryo, botqoqlik tublarida va quruqlikda turli mineral moddalarning to’planishi natijasida (egzogen sharoitda) hosil bo’ladi
Cho’kindi tog’ jinslari uch turli bo’ladi.
1. Siniq jinslar. 2. Ximik. 3. Oragnik.
Cho’kindi jinslar mexanik, ximik va organik emirilish natijasida vujudga keladi. Er po’stining katta qismi 95% magmatik jinslardan iborat.
Cho’kindi jinslar ikkilamchi
jinslar deb yuritilib, magmatik jinslar emirilishidan vujudga keladi.
Cho’kindi brekchiyalar hech qanday strukturaga ega bo’lmagan, asosan mayda sililqlangan va o’tkir burchakli oxaktosh, kvarsit va boshqa jinslarning bo’laklaridan tashkil topgan massadir.
Ularning qalinligi 100 metr va undan ham ko’p bo’lishi mumkin va ular gorizont bo’lib yotadi. Cho’kindi birikchiyalar asosan ko’tarilayotgan balandliklarning yon bag’rilarida hosil bo’ladi.
Ularning qalinligi 100 metr va undan ham ko’p bo’lishi mumkin va ular gorizont bo’lib yotadi. Cho’kindi birikchiyalar asosan ko’tarilayotgan balandliklarning yon bag’rilarida hosil bo’ladi