3-topshiriq. 5 bal Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing. 1-mavzu: Missionerlik va prozelitizmning diniy e’tiqodni tanlashga salbiy ta’siri Missionerlik so‘zining mazmun-mohiyati nimada?
Prozelitizm deganda nimani tushunasiz?
Missionerlik tashkilotlari asosan qanday maqsadlarni ko‘zlaydi?
Zamonaviy sektalar tomonidan missionerlik faoliyatini olib borishda qanday uslublardan foydalanilmoqda?
Missionerlik qanday vujudga kelgan?
“Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi.” Bu norma Konstitutsiyaning nechanchi moddasida keltirilgan?
Vijdon erkinligi nima?
Diniy bag‘rikenglik deganda nimani tushunasiz?
Missionerlik so‘zining mazmun-mohiyati nimada?
Missionerlik (missiya soʻzidan), tabshir, mubashshirlik — biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʻib qilish. Missionerlik, asosan, xristianlikka xos.XIII — XVI asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XV — XVI asrlar), faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi yerlarni oʻz taʼsiri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662-yilda Diniy targʻibot kongregatsiyasini taʼsis etdi.Missionerlik XIX asrda faollashdi, ayniqsa, xristian missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va oʻz mamlakatlarining siyosatini targ'ib qilishda yordam berdilar.Oʻzbekiston Respublikasining „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“gi qonuni 5-moddasiga koʻra, Oʻzbekistonda har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.
Prozelitizm deganda nimani tushunasiz?
Prozelitizm - bir dinga ishongan fuqaroni oʻz dinidan voz kechishga va oʻzga dinni qabul qilishga majbur qilish.Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham koʻrish mumkin. Xususan, bizga qoʻshni boʻlgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qoʻyish bilan bogʻliq muammolar kelib chiqmoqda. Mayitning musulmon ota-onalari oʻz farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini oʻz musulmon birodarlari yotgan joyga qoʻyishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmokda. Shuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi oʻz oʻgʻlini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, oʻz nabirasini musulmon urf-odatlariga koʻra xatna qildirishni istagani tufayli ota-bola oʻrtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum. Xristian yoki boshqa dinni qabul qilgan qizning turmushga chiqishi ham muammoga aylanmoqda. Oilada qizning ota-onasi musulmon. Albatta, ular oʻz qizlarini musulmon kishiga turmushga chiqishini istaydilar. Ammo xristian dinidagi qizga musulmon kishining uylanishi amri mahol. Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning oʻzi ham missionerlik va prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda xristianlikning ayrim yoʻnalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo boʻlishi orqali dinlararo nizolarni kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkinligini yaqqol tasavvur qilish imkonini beradi.