Vazifa – 3
1.Hozirgi zamon psixologiyasi oldida mustaqilligimizni mustahkamlash bian bog‘liq bo‘lgan ulkan va mas‘uliyatli vazifalar turadi. Psixologiyani jidiy o‘rganishga har bir kishi o‘zini ham kuchli, ham zaif tomonlarini, o‘z imkoniyatlarini, o‘zining ijobiy sifatlarini yana-da yaxshilash, nuqsonlarini yo‘qota olish kabi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ya bilmog‘i lozim.
Bu esa psixologiya fanini o‘rganishning inson uchun qay darajada muhimligini ko‘rsatadi. Psixologiya fani oldida ham nazariy, ham amaliy va ifalar turadi.
Uning nazariy vazifalariga:
– psixik hodisalarning paydo bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish;
– uning mexanizmlari va qonuniyatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish;
– psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlar bilan birga talqin qilish;
psixik hodisalarni hayotda, amaliyotda, turli faoliyatlar jarayonida paydo bo‘lishi omillarini o‘rganish;
-intellekt (zehn, aql, idrok), abstrakt tafakkur qilish qobiliyatini shakllanshini tezlatish muammosini hal qilish;
– insonda «mudrab yotgan layoqatlarni qobiliyat darajasida shakllanishini ilmiy asoslab ber-ish»;
– yangicha fikrlash, ya‘ni yangicha tafakkur qilishning psixologik masalalarini yoritib berish. Shuningdek, aqliy taraqqiyotga, kasbhunar o‘rganishga, yosh va individual xususiyatlarni o‘rganish, ijodiy faoliyat, badiiy ijodiyot, mehnatda
ijodning paydo bo‘lishi, axborot vositalari va pedagogik texnologiyaning bilim egallashga ta‘sirini o‘rganish, ta‘lim jarayonini takomillashtirish va uni hayotga tatbiq qilishdan
iboratdir.
Psixologiyaning amaliy vazifalari psixologik bilimlarni keng jamoatchilik ommasiga
yetkazib berishdan iboratdir. Hozirgi sharoitda otaonalar, tarbiyachilar bola tarbiyasida
psixolog pedagoglarning psixologik bilimlariga muhtojdirlar.
Turli yoshdagi bolalarning yoshlik va individual farqlarini ajratish, ularga individual munosabatda bo‘lish, iqtidorli bolalar bilan ishlash, yakka bola tarbiyasi, tarbiyasi qiyin
bolalarga o‘zaro munosabat, turli yot oqimlarga kirib ketuvchilar bilan ishlash, sust o‘zlashtiruvchi bolalar bilan ishlash, psixik rivojlanishida orqada qolgan, psixik taraqqiyoti tutilib qolgan yoki rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan ishlash kabi masalalarda ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan keng jamoatchilikni, ota-onalar, mahalla
faollarini bahramand qilishdan iboratdir. Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish,
(ro‘znoma va oynoma) gazeta va jurnallarda maqolalar chop etish, radio va teleko‘rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil qilish, ota onalar bilan suhbatlashish, shahar va viloyatlarda
Ota onalar universitetlarini uyushtirish va uning ishini faollashtirish, mahallalardabola
tarbiyasi haqida ma‘ruza, davra suhbatlarini uyushtirish yolli bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish jamiyatimiz taraqqiyotida, komil insonni shakllantirishda, sog‘lom turmush tarzini barpo qilishda muhim rol o‘ynaydi.
2. Avval takidlaganimizdek xar bir shaxs o‘zga xos-xususiyatlar bilan takrorlanmaydigan bir dunyo, tashqi kurinishi bilan uxshashinsonlarni uchratish mumkin, ammo fe‘li, mijozi va shaxs sifatlari bilan bir-biriga uxshash shaxslarni topish xayotda juda mushqil.
SHaxs-qayta rilmas, u o‘z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Bu borada biz “Individ” va “Individuallik” tushunchalarini kurib chiqamiz.
“Individ”- bu “odam” degan tushunchani tuldiradi va uning ijtimoiy-biologik mavjudod sifatida mavjudligini tasdiklaydi. Ya‘ni Individ- insonga aloqadorlik faktini tasdiklovchi ilmiy katigoriyadir.
“Individuallik”-bu torrok tushuncha bo‘lib konkret odamni boshqa bir kankret odamdan faqlovchi barcha o‘ziga xos-xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi.
SHaxs individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, harakteri, irodaviy sifatlari, e‘motsiyalari, xulkiga xos motivatsiya va ijtimoiy utsonovkalari kiradi. Ana shu katigoriyalar individualllikni ta‘minlovchi katigoriyalaridir:
Qobiliyatlar-shaxsdagi shunday individual, turgun sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko‘rsatkichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.
Temperament- insonning turli vaziyatlarda narsa xolatlar va insonlarning xatti-xarakatlariga nisbatan reaktsiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
Xarakter-shaxsning aloxida insonlar va insonlar guruxi, o‘z-o‘ziga, vaziyatlarga, narsalar va xodisalarga nisbatan munosabatlardan ortiradigan sifatlarini o‘z ichiga oladi.
Irodaviy sifatlar-xar birimiz o‘z oldimizga maqsad quyib,unga e‘rishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni engishimizni ta‘minlovchi ma‘lum sifatlarimiz majmuini o‘z ichiga oladi.
E‘motsiyalar va motivatsiya-bu atrofimizda sodir bo‘layotgan xodisalar, bizni o‘rab to‘rgan odamlar va ularning xatti-xarakatlari ruxan qanday qabo‘l qilib, ularga bildiradigan xissiy munosabatlarimiz xisoblanadi. Demak individuallik sifatlar bizning ongli xayotimizning ajralmas qismi, idrokimiz, xotiramiz va fikirlarimiz yunaltirilgan muxim predmet sanaladi. CHunki bo‘lar buning faoliyatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarishdagi individual uslibimiz bevosita aloqador. Ms: kimdir ishni tez va chala qiladi aksincha kimdir sekin, ammo sifatli qilab bajaradi.
3. Motivlar ya‘ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya‘ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari avvalgi ma‘ruzada ta‘kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka (inglizcha “attitud”) hodisasi orqali tushuntiriladi.
Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy obyektlar, xodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holati, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz muqaddas, nemis investorlariga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug‘ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib qolganligiga e‘tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ro‘yobga chiqadi. Demak, motiv — har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning sababi (undov), sharti bo‘lsa, ustanovka — ana shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan:
A. Kognitiv komponent— ustanovka obyektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent — ustanovka obyektiga nisbatan subyekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya loqaydlik kabi emosional munosabatlar);
V. Harakat komponenti — subyektning obyektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‘lish).
Bu uchala komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi prinsipining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |