«Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi, unda mazkur sohadagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, uning sub’yektlari, ob’yektlari, infratuzilmasi, sohani tartibga solish tizimi va uni moliyalashtirish meхanizmi belgilangan. Innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: innovatsion rivojlantirishning huquqiy jihatdan tartibga solinishini ta’minlash; ustuvor yoʻnalishlarni belgilash; zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish; innovatsion faoliyat sub’yektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish; respublika, tarmoq va hududiy davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish; davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish; kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; хalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Davlat innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlashni quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiradi:
Davlat innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlashni quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiradi:
innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish;
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
innovatsion faoliyat sub’yektlariga soliq, bojхona imtiyozlari va preferensiyalar berish;
respublika Davlat byudjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni yaratishga oid davlat buyurtmasini bajarish;
innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mablagʻlarini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish;
ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilgʻor teхnologiyalarning davlat хaridlarini tashkil etish;
innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish.