II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI REJALASHTIRISH VA SAN’AT MARKAZIDA QO’LLASH 2.1. Tasvriy faoliyat jarayonlarini tashkil etishda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim va tarbiya jarayonida innovatsion metodlar va vositalarini qo`llash yo`llari.
MTT inson hayoti davomida ta'limning birinchi bo'lagini oladigan joy bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri bolaning rivojlanish salohiyatini yaxshilashdir. Shuning uchun, maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimiga innovatsion metod va vositalarni joriy etyabmiz.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida innovatsion metod va vositalarni foydalanish va joriy etishning asosiy shartlaridan biri shundaki, tarbiyachilar kompyuterning texnik imkoniyatlarini biladigan, bolalar bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lgan, kompyuterdan foydalanish qoidalariga aniq rioya qiladigan va maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi axborot texnologiyalarini qanday tushintirishni biladigan mutaxasssislar bo'lishi kerak. Shuni hisobga olib bugungi kunning talabi har bir tarbiyachi, har bir pedagog, mashg'ulotlarni zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda bolalarni darslarning sifat jihatidan yangi bosqichiga tayyorlash va o'tkazish uchun dasturiy ta'lim tizimlarini va internet tarmog'i resurslari bilan ishlashni taqazo etmog'i darkor. Bugungi kunda har qanday maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyachi Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars tayyorlash va o'tkazishi kerak. Axborot texnologiyalaridan foydalangan dars ko'rgazmali, rang-barang, ma'lumotli, interaktiv bo'lib, tarbiyachi va bolalarning vaqtini tejaydi, tarbiyachiga bolalar bilan har xil va individual ravishda ishlashga imkon beradi, o'quv natijalarini tezkor kuzatib borish va baholash imkoniyatini yaratadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limni kompyuterlashtirish samaradorligi - ishlatilayotgan vositalarining sifati va ularni o'quv jarayonida, mashg'ulotlarida oqilona va mohirona ishlatilish qobiliyatga bog'liq. Maktabgacha ta'lim tashkilotida axborotlashtirish jarayonida pedagog - o'quv jarayonining innovatsion g'oyalarini amalga oshirishga qaratilgan yangi uslubiy ishlanmalarini amaliyotga keng joriy etish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Masalan: Bolalarga kompyuterli ta'limiy o'yinlar orqali ham bilim berish mumkin. "Kim birinchi topadi?" o'yinida ekrandagi turli tartibda joylashtirilgan rangli tasvirdagi sonlardan qaysi biri katta, qaysi biri kichikligini aniqlash, shuningdek rasmlardan keraklisini topish kabi topshiriqlar beriladi. Bunda Maktabgacha ta'lim tashkilotida multimedia vositalari, ovozli, musiqali, harakatlanuvchi jozibali bo'lishi shart, anashundagina ta'lim- tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish ta'lim sifatini yuksak darajaga ko'tarishga hizmat qiladi.
Har qanday bola jamiyatda o'z o'rnini topishi, mamlakatimiz ravnaqi uchun komil inson qilib voyaga yetkazish, haqida qayg'urish har bir pedagog tarbiyachining axloqiy va ijtimoiy burchidir. hozirgi kunda Maktabgacha ta'limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktab ta'limiga o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda hozirgi asr - axborot asri ekanligidan kelib chiqqan holda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham ta'lim -tarbiya jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davr taqozosidir. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarining asosiy vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatlarni yanada o'stirish, bilim olish istiqbolini rivojlantirishdan iborat. Shunga ko'ra tarbiyachi mashg'ulotlarda, dasturlardan, ekektron qo'llanmalardan, pedagogik o'yinlardan foydalanish tarbiyalanuvchi o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatiladi, bolalarning harakteri kengroq ochiladi, kuzatuvchanlik, xotira diqqat kuchayadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning dolzarb muammolaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Ta’lim metodlari ham muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun lozim bo’lgan vazifalarni amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o’z ichiga oladi.Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo’llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko’plab ta’lim metodlari hosil bo'lgan. Maktabgacha ta’lim muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat, shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi. Bunday harakatni amalga oshirish deb, qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’l aytiladi. O'rgatishda kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatiladi. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan foydalanib ta'lim tarbiya jaryonini amalga oshirishda har turli metodlarni qo’llaniladi. Bugun yurtimizdagi maktabgacha ta'lim muassasalarida bir necha interfaol texnologik mashg'ulotlardan foydalaniladi. Misol uchun: "Kichik guruhlarda ishlash(Troika) " ushbu ish texnologiyasining qo'llanilishi barcha bolalar asosida ishlash imkonini beradi. Bolalar o'z mustaqil ishlarini, nafaqat o'zining balki o'rtog'ining ishini baholashni, o'zaro aloqa qilish, bir-birlariga yordam berishni o'rganadilar.
"Zanjir" Ushbu texnologiyaning asosi bitta vazifaga har bir ishtirokchining izchil yechimi qidirishi hisoblanadi. Umumiy maqsadning mavjudligi, va o'zaro bir-birlariga yordam ko'rsatish muhitini bir-birlari bilan qamrab olishga, vazifani hal qilish imkoniyatlarini taqdim etadi, bolalarda jamoada ishlash imkoniyatini shakllantiradi.
"Bilim daraxti"- bu bolalarda kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantiradi, muzokaralar olib borish va vazifalarni hal qilishda mas'uliyat his qilish qobiliyatini shakllantiradi. Maktabgacha tarbiyachi uchun o'yin - bu asosiy faoliyat va u orqali bolaning yoshida zarur bo'lgan hamma narsani o'rgatishingiz mumkin.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda og‘zaki metodlardan foydalanish ham muhim rol o‘ynaydi. Bunda tarbiyachining hikoyasidan, tabiat haqidagi badiiy kitoblarni o‘qishdan, tabiatga doir suhbatdan foydalaniladi. Og‘zaki metodlardan foydalanish bir qator vazifalarni hal etadi. So‘z yordamida kuzatishlar va tabiatdagi mehnat jarayonida egallangan, bolalarga ma‘lum bo‘lgan tabiat hodisalari va hayvonlar hamda o‘simliklar hayotiga tegishli faktlar haqidagi bilimlar chuqurlashtiriladi, to‘ldiriladi, aniqlanadi. Og‘zaki metodlar yo‘li bilan bolalar yangi hodisalar va tabiat predmetlari haqidagi bilimlarni egallaydilar. Og‘zaki metodni ko‘rgazmali metod bilan qo‘shish, rasmlardan, diafilm va kinofilmlardan foydalanish zarur. Bunda so‘z tabiatda mavjud bo‘lgan aloqa va bog‘liqliklarni chuqurroq tushunishga, anglashga yordam beradi.
Og‘zaki metodlardan foydalanishda tarbiyachi bolalarning nutqni tushunishga bo‘lgan qobiliyatlarini so‘z orqali berilayotgan mazmunga diqqatni qarata olishlarini aniqlaydi, tabiatshunoslikka doir tushunchalarini shakllantiradi.
O'yin bola tarbiyasining muhim vositasi hisoblandi. O'yin, bu — bola faoliyatining yorqin turi. Unda maqsadning mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining rejali, harakatli natijaning mavjudligi uning o‘ziga xosligidir. Xususiyatlarning orasida sabablarning o'ziga xosligi asosiy hisoblanadi. O'yin jarayonida bolaning psixik bilish jarayoni, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji va qiziqishlari, ta’sirchanligi — uning butun shaxsiyati shakllanadi.
Bola o‘yinda o‘zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi.
Bolalarning o‘yinlari o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. O'yinlar bolaning yoshiga, o‘yin mazmuniga qarab o‘zgarib boradi. Kichik yoshdagi bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo‘Isa, bola katta bo‘lgan sari o‘yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy sabab bo‘lib xizmat qiladi.
Didaktik o'yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin niyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim va tarbiya jarayonida turli xil innovatsion metodlardan foydalanadi, ulardan ba'zilarini kurib chiqamiz.
Beshinchisi ( oltinchisi, yettinchisi...) ortiqcha metodi. Bu metod bolalarning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llash quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
— o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;
— hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan 4 ta (5 ta, 6 ta, … ) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;
— bolalarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
— bolalarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida bolalardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘likni asoslashlarini talab etish lozim).
Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o‘rtasidasigi mantiqiy bog‘likni ko‘rsata va asoslash olish bolalarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asoslay, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o‘zaro taqqoslash ko‘nikmalarini ham shakllantiradi.
Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash metodi. Bolalar bilan ommaviy va guruh shaklda ishlashda ushbu metoddan foydalanish ham ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
— tarbiyachi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi (har bir kartochkaning orqa tomoniga mavzu mohiyatini yorituvchi “yadro” tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi);
— har guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmusi topshiriladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi;
— guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo‘lingach, kartochkalarning orqa tomoni o‘giriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada to‘g‘ri bajarilganligi aniqlanadi.
— Agar topshiriq guruhlar tomonidan to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, yakuniy jarayonda kartochkalar orqa tomonga o‘girilganda mavzuning mohiyotini yorituvchi “yadro” tushuncha hosil bo‘ladi.
Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda o‘quvchilarda mavzuni muayyan qismlarga bo‘lib o‘rganish va qismlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlik hamda aloqadorlikni analiz va sintez asosida aniqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi.