2.2. Sa’nat markazida tasviriy mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etishda tarbiyachning mahorati Mashg'ulotni boshlashdan avval, tarbiyachi albatta o'zi tanlagan natura, o'yinchoq, illustratsiya va o'zi bolalarga nisbatan qayerda turishi kerakligini aniqlab oladi. Mashg'ulotdan oldin tarbiyachi albatta chizishni, loydan yasashni, qirqishni mashq qilishi lozim. Bu esa tarbiyachiga uni tasvir etishning yo'l va vositalarini aniqlab olish va har bir murakkab qismi ustida ko'proq ishlashni va bolalarning diqqatini ham Shu yerga ko'proq tortish imkonini beradi. Mashg'ulotga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi metodik adabiyot-larga murojaat etadi, qay bir metod va usullarni qo'llash mumkinligi ustida ishlaydi. Tarbiyachi mashg'ulotni tashkil
etishga tayyor bo'lgach, bolalarni o'yin faoliyatidan asta ta'limiy faoliyatga ko'chirib o'tadi. Mashg'ulotni tashkil etish jarayoni bir-ikki daqiqani tashkil etadi. Bu qism mashg'ulotga qarab turlicha uyushtirilishi mumkin. Masalan, bolalarning tasvirlashlari kerak bo'ladigan predmet yoki illustratsiyalarni ko'rishni,
kichkintoylarga esa o'sha narsa bilan o'ynashi, qo'li bilan tegishi mumkin bo'ladi.
Kichik guruhdan boshlab bolalarni sekin-asta, shovqinsiz, stol atrofiga o'tirishga o'rgatamiz. Mashg'ulotning turiga va mazmuniga qarab, turlicha o'tkazilishi mumkin. Masalan, kichik guruhda yarim oysimon shaklda o'tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi har bir bolani ko'radi va yordam ko'rsatish maqsadida har birining oldiga borishi mumkin. Hamma mashg'ulotlar uch qismga bo'linadi:mashg'ulot ning boshlanishi - topshiriqni tuShuntirish; mashg'ulotning borishi- topshiriqning bolalar tomonidan bajarilishi; mashg'ulotning yakuni - bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish. I va II qismlar bolalar yoshi va topshiriqqa qarab, 2-5 daqiqagacha davom etishi mumkin, I qismda tarbiyachi bolalarga ular bajaradigan topshiriqni xabar qiladi. Tarbiyachining tuShuntirishi emotsional, ijodiy kayfiyattug'dirishi lozim. II qismda tarbiyachi bolalarning berilgan topshiriqni bajarishga kirishishlarini tekshiradi.
Bolalar ishi o'rtasida pauza bo'lmasligini, bola bir topshiriqni bajardimi, keyingisiga darhol o'tishlari, bajarishlarini kuzatish lozim. Mashg'ulot davomida bolalar tinch ishlashga, o'z o'rinlaridan so‘roqsiz turmaslikka o'rganadilar. Katta guruhdagi bolalar dastavval tarbiyachi ruxsati bilan, keyin o'zlari suvni, mo'yqalamni o'z joyiga qo'yadilar. Kichik guruhda bolalar mustaqil bo'lmaganlari uchun ko'proq tarbiyachining o'zi bolalar oldiga kelib turadi. O'rta guruhdan boshlab bolalar tarbiyachiga qo'llarini ko'tarib, murojaat etishga o'rganadilar. Bolalarni asta-sekin mustaqil ishlashga o'rgatib boriladi. Bor bo'lgan qiyinchiliklarni o'zlari hal etish yo'llarini o'rganib boradilar. Mashg'ulotning yakuniga 5 daqiqa qolganda
bolalar ogohlantiriladi. Bu narsa kichik guruh bolalari uchun ortiqcha hisoblanadi, chunki ular hali bu aloqani egallamagan bo'ladilar. Kichik guruhdan boshlab bolalarga agarda ishini oldinroq tugatgan bo'lsa, o'zi yana rasmni element bilan boyitish taklif etiladi. Tarbiyachi ishni tugatishni qat'iyan taklif etsa, bolalar hammasi ishni tugatishi va tarbiyachi kunning ikkinchi yarmida bolalarga o'z ishlarini tugatib olishga imkon yaratishi lozim.
Bolalar ishini tahlil qilish muhim metodlardan biri bo'lib hisoblanadi. Bolalar ishlarining tahlili ta'limiytarbiyaviy ahamiyatga ega. Bolalar ishlari devoriy ro'znoma qilib osiladi. Bolalar devoriy ro'znomadagi ishlarini yaxshilab ko'rib chiqadilar. Tarbiyachi bolalarning fikrlarini so'raydi va bolalar ishlariga umumiy
baho beradi. Mashg'ulotdan so'ng bolalarga o'z ishlarini ko'rib chiqish uchun yana bir bor imkoniyat yaratib beradi. Agar mashg'ulot cho'zilib, vaqt qolmasa, sayrdan keyin yoki kunning ikkinchi yarmida amalga oshirish mumkin. Bolalar ishlarida tarbiyachi ota-onalar uchun burchak tashkil etadi va bolalar ishlarini u yerda keyingi mashg'ulotgacha qoldiradi. Albatta ular dastavval yaxshilab bezatiladi. Ularni turlicha bezatish mumkin. Masalan, pasport sifatida. Pasport bolalar ishidan katta bo'lib, bolalar ismi, familiyasi yoziladi va ancha vaqtgacha saqlashga imkoniyat beradi. Agar burchak tashkil etishning iloji bo'lmasa, bolalar ishidan albom qilinadi.
Har bir kishiga bittadan varaq ajratiladi va varaq ustiga konvert yopishtiriladi. Bolaning ismi yozib qo'yilib, Shu konvertga bolaning har bir bajargan ishi solinadi. Aralash yosh guruhlarda mashg'ulotni tashkil etish o'ziga xos xususiyatga egadir. Bu guruhni 2-3 yuqori guruhga bo'lib, har biri uchun o'zining dastur mazmuni aniqlanadi (bolalaming hammasi birgalikda, bir vaqtda, bir faoliyat bilan Shug'ullansa ham). Yuqoridagi malakalarni bolalar turli qurilmalarni yasashda egallab boradilar. Ba'zi qismlarni almashtirib yasash uchun turli mavzular tanlanadi: uylar, transport, ko'prik. Bu paytda tarbiyachi mavzuni nomlashni bolalarga aytadi. Shundan so'ng tarbiyachi tayyor qurilmani bolalarga ko'rsatib, xuddi Shunday bajarishlari kerakligini talab qiladi. Bunday mashg'ulotlarda bolalar bor bo'lgan materiallardan mustaqil ravishda konstruktiv vazifalarni bajarishni o'rganadilar.
Bolalarda oldindan, quriladigan materialni mo'ljallash malakasini shakllantirish, devorchalar qurish-yasash mashg'ulotlarini o'tkazish mumkin. Dastlabki mashg'ulotlarda bolalarga oddiy vazifa, ya'ni devorni namuna orqali qurish vazifasi beriladi. Tarbiyachi ustunchalarni qurish, so'ng g'ishtchalarni to'g'ri joylashtirishni ko'rsatadi. Keyingi mashg'ulotda esa bolalar 2 ta uy quradilar. Bu vazifa namunasiz bajariladi. Vazifaning Shu tariqa berilishi va uni asta-sekin
murakkablashtirib borish bolalarni keyingi bo'ladigan faoliyatga tayyorlab boradi. «Tepalik qurish» mashg'ulotlarida bolalar avval tarbiyachining namunasini ko'rib, tepalikning balandligini belgilab oladilar. Shundan so'ng bu tepalikdan koptokchani dumalatib ko'radilar. Tarbiyachi bolalarga tepalikning baland,
pastligiga ko'ra, koptokchalarni tez va sekin dumalatishni tuShuntirib beradi. Bolalarga baland tepalik va past tepalik qurish topshirig'i beriladi. Bu mashg'ulotda bolalar koptokchani tez yoki sekin dumalatish tepalikning baland-pastligiga bog'liqligini aniqlaydilar, ya'ni baland tepalikdan koptok tez dumalaydi, past tepalikdan esa sekin dumalaydi. Bunday mashg'ulotlar bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stiradi.
Bolalar modelni kuzatib topshiriqni bajaradilar. Tarbiyachi esa oldindan bir qancha detallarni to'playdi va ularni bolalar oldiga qo'yadi. Topshiriqni bajarayotganda tarbiyachi bolalarga savollar berib, bolalarni mustaqil faoliyatga undaydi. Tarbiyachi bolalarga gapirib berishni o'rgatgandagina ular o'zlari o'ylaganlari bo'yicha qurilmalarni qurishlari mumkin. Qurilmalarni tahlil qilayotganda Shuni ko'rsatib o'tish kerakki, bir predmetni turlicha qilib qurish mumkin.
"Yalpi fikriy hujum" metodi. Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar bolalarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunida tarbiya va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruhlar a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
XULOSA Xulosa qilib shuni aytamanki, hozirgi davrda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har jihatdan kamol toptirishga nihoyatda katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta'lim jaroyonida qo'llanilayotgan innovatsion metod va vositalardan foydalanish ham kundan kunga rivojlanib bormoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim -tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil etishda innovatsion metod va vositalarning o‘rini katta. Innovatsion metod va vositalar ta'lim tarbiya jarayonida bolalarning bilim olish sifatini yaxshilaydi.
Shuningdek, bola taraqiyotiga, uning jismonan, ruhan o‘sishiga mazmunan yondashgan bo‘lishi ham zarur.
Tarbiyachilik tajribamda bolalarda nutq nuqsonlarining turli xilda bo‘lishi, ular bilan olib borilayotgan ta’limiy-korreksion ishning ham turlicha bo‘lishiga guvoh bo‘ldim va shunday xulosaga keldimki, bola nutqidagi nuqson kanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uni bartaraf etishda asosan:
bolalarda nutqning tovush tomonini shakllantirish;
lug‘atini rivojlantirish;
grammatik tuzilishi ustida ishlash;
bog‘langan yoyiq nutqni xosil qilish ishlariga e’tibor qaratilishi zarur ekan.
Bu vazifalar to‘liq bajarilsagina bolalarning nafaqat umumiy ruhiy rivojlanishiga erishiladi, balki ularning ta’limning keyingi bosqichida qiynalmasligi ham ta’minlanadi. Bu vazifalarni bajarishga qaratilgan ta’limiy-korreksion ishda malaka hosil qilishning o‘zi kifoya emasligi, balki shu malakalardan kundalik xayotda dadil foydalanishga o‘rgatish ham juda muxim ekanini tushundim. Buning uchun ta’limiy-korreksion ish mazmunida o‘yinlarning mohiyati doimo diqqat markazimizda turishi kerak, deb hisoblayman.
Shunday ekan, ta’lim jarayonini sifat jihatdan yuksaltirish, uning mazmunini boyitish, samaradorligini oshirish, yosh avlodni ta’limning keyingi bosqichida hech bir muammosiz bilim olishni davom ettiradigan bolalar ilib yetishtirishimiz uchun eng zamonaviy uslublarni keng qo‘llashimiz zarur. Xususan, zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga jadal joriy etish shu kunning muhim vazifalaridan ekanin chuqur his qilishimiz lozim.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bugungi dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o’z ta’sirini ko’rsatayotganligi ehtiyojidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi texnika va tеxnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo’lishi juda muhim. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha o’quvchilarga tushunarli, oson, qiziq bo’lgan usullarni tanlashi va qo’llay olishi, ko’rgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan tеxnik vositalarni tadbiq qilishi, ta'lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, pedagogik texnologoyalardan to’g’ri va unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Pedogogik texnologiyalardan foydalanishda kafolatli natijani ko’zlab, zamonaviy hamda samarali yo’llarni tanlab, biri har bir narsa va hodisaga majmua sifatida yondoshish zarur. Aks holda faoliyat an'anaviylikni ifoda etib qoladi. Shu nuqtai nazardan har qanday pеdagogik tеxnologiya tamoyillari markaziy o’rinda turishi kеrak. Shundagina faoliyat zamonga mos bo’lib, jamiyat ijtimoiy buyurtmasini sharaf bilan bajarish mumkin.
O’quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an'anaviy usullardan farqli o’laroq, yangicha pеdagogik yondashuvlarni o’zlashtirish va ta'lim jarayonida qo’llash zamon talabidir. Dars jarayonida yangicha muhitni shakllantirish, zamonaviy ko’rgazmalardan, interfaol metodlardan foydalanib mazmunli olib borish zarur.
MTT guruhdagi bolalarni boshqarishga moyil, qiziquvchan, ta’sirchan bo’lganliklari uchun ham tarbiyachidan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo’lgan, mashg’ulotni oson o’zlashtirishlarini, bilimlarni mustahkam o’rganishni kafolatlaydigan metodlarni tanlashi va foydalanishi talab etiladi.
Tarmoqlar metodi (Klaster) texnologiyasi. Ushbu metod mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan. Biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishdan oldin o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi.
1.Katta o‘lchamdagi qog‘oz yoki doskaning o‘rtasiga mavzuga doir so‘z yoziladi.
2.O‘quvchilar ushbu so‘z bilan bog‘liq xayolga kelgan so‘z va jumlalarni uni yoza boshlaydilar.
3.Yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi bilan xayolga kelgan so‘zlar ham darhol yozib qo‘yiladi.
4.So‘zlarni yozish jarayoni o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so‘z va g‘oyalar tugaguncha davom etadi.
Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur.
1.Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e‘tibor bermasdan yozib borish.
2.Orfografiya va boshqa omillarga e‘tibor bermaslik.
3.Vaqt tugaguncha, iloji boricha to‘xtalmasdan yozish.
4.Iloji boricha ko‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish.
Klasterni qo'llash quyidagi afzalliklarga ega:
- hamma jamaoni o'qish jaryoniga jalb etadi, ularga bu qiziqarli.
- bolalar faol ochiq gapiradi, nega deganda ularda xatto gapirishlilik, notug'ri fikrni bayon etish qurquvi bo'lmaydi.
Bu ishlarni amalga oshirishda, quyidagi bilimdonlik mahoratlari amalga oshadi:
- savol quyish mahorati;
- asosiysini ajrata olish;
- sabab - qidiruv aloqalarini o'rnatish va aqlli xulosalarni ko'rish;
- shaxsiydan umumiylikka o'tish, muoammolarni butunligicha tushunish;
- tahlillash va solishtirish;
Klaster usuli darsda ishlatilishi bolalarga nima beradi? Bolalarni fikrlash qobiliyatini, ularni o'z fikrlarini aytishlarini rivojlantiradi. Bularning hammasi kuzatish natijalarida, yangi bilim olish tajribasida, bir vaqt ichida bir nechta yo'nalishlarni ko'rishda, axborotlarni ijodiy jihatdan tahlillashni rivojlantiradi.