Taqrizchi: p.f.n dotsent Z.Jumaniyazova MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….4 I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA SAN’AT MARKAZIDAN FOYDALANISH.......................................………………….…7 1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyati va ijodkorligini rivojlantirish……………………………………………………………..................7
1.2. Turli yosh guruhlarida sa’nat markazlarini rejalashtirish va tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari..............................……………………..............................12
II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI REJALASHTIRISH VA SAN’AT MARKAZIDA QO’LLASH.....................................…………………………...21
2.1. Tasvriy faoliyat jarayonlarini tashkil etishda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar………………………………………………………………..………….21
2.2. Sa’nat markazida tasviriy mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etishda tarbiyachning mahorati.....................................…………………………………...27
XULOSA…………………………………………………………………………31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI……………………….…35
KIRISH Maktabgacha ta‘lim muassasalarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari estetik tarbiyaning dastlabki bosqichi sifatida bolalarni aqliy rivojlantirish va ularning badiiy didini tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatini o‘stirish, tevarak-atrofdagi va tabiatdagi go‘zalliklarni ko‘ra bilish, undan zavqlanish va unga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni, va nihoyat ijodiy qobiliyatlarini to‘g‘ri shakllangan bo‘lishining pedagogik kafolatidir. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining maqsadi bolalarda atrofdagi narsa va hodisalarga estetik munosabat bildirish, go‘zalikka dahldor narsalarni yaratish (chizish, yasash)ning elementar asoslarini shakllantirishdan iborat. Ushbu dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati xaqida tushuncha; maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati nazariyasi va metodlari; maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati turlari va o‘ziga xosligi; rasm, loy, applikatsiya, qurish-yasash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy ijodkorligini rivojlantirish; maktabgacha ta‘lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilish; maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san‟at asarlari bilan tanishtirish usullari; tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash;