Faollik prinsipi. Chet tillarini o‘qitishda, birinchi navbatda nutqiy faollikni rivojlantirish, tabiiy sharoitlarda tilni o‘zlashtirish uchun kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Bu holat o‘z navbatida, ta’lim jarayoniga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Xulosa o‘rnida yuqorida aytib o‘tilgan shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning qabul qilingan paradigmasida nazarda tutilgan prinsiplar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalamiz, ya’ni ta’limga shaxsga yo‘naltirilganlik prinsipi. Ushbu prinsip barcha o‘quv fanlariga nisbatan qo‘llaniladi, ya’ni talaba o‘qituvchining ta’sir ob’ekti sifatida emas, balki o‘quv jarayonining sub’ekti sifatida qaraladi. Shu munosabat bilan, barcha mashg‘ulotlar o‘quvchining shaxsiyati, qiziqishi va moyilligini hisobga olgan holda rejalashtiriladi.
Chet tilini o‘qitishda mazkur prinsip, talabaning muloqotda mustaqil va ijodiy ishtirok etishga intilishida namoyon bo‘ladi. Ta’lim jarayonida mustaqil ishning roli va xarakterini oshirish, amaliyotga yo‘naltirilgan vazifalarni mustaqil ravishda hal qilishni rag‘batlantiradigan yangi o‘qitish texnologiyalarini keng qo‘llash orqali bu prinsip hayotga tadbiq etiladi. Masalan, loyiha usulida talaba loyihaning u yoki bu muammosini hal qilib, mustaqil ijodiy shaxs sifatida ishlaydi. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, chet tili kabi fanga nisbatan shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish prinsipi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: - o‘rganishning ta’lim oluvchining tabiatiga moslashtirilganligi; - o‘quvchilarda o‘zlarining sub’ektiv pozisiyasini anglashga imkon beradigan avtonomiya; - shaxsiy ta’lim yo‘lini yaratishga imkon beradigan tabaqalashtirilgan va individual yondashuvlar; - ta’limning faollik xususiyati, uning kommunikativ va kognitiv yo‘naltirilganligi; - ijtimoiy-madaniy yo‘nalish, o‘quvchilarni madaniyatlar muloqotiga jalb qilish.
Ta’limning faol asosga ega bo‘lishi prinsipi butun ta’lim tizimini qayta qurish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha o‘quv fanlariga nisbatan bu talabaning tashqi va ichki faolligini kuchaytirishni anglatadi. Bu faoliyat prinsipini yangi talqin sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Chet tiliga nisbatan, bu prinsip talabalarning nutq faolligi, shu jumladan guruh bo‘lib ishlashni ko‘paytirishni bildiradi. Bundan tashqari, reseptiv yoki samarali til materialini o‘zlashtirishga qaratilgan iloji boricha haqiqiy muloqot jarayonini eslatadigan ijodiy dialoglarning tuzilishi zaruriy element sanaladi. Ichki faoliyatni rivojlantirish o‘ta darajada muhim rol o‘ynashi kerak. Masalan, matn ustida ishlash aqliy vazifalarni hal qilish bilan birlashtirilishi, til materiali mashqlarini shartli kommunikativ vazifalarni yechimi bilan birlashtirish tavsiya etiladi. Bularning barchasi talabalarning ichki faolligini oshirishga yordam beradi.Shunday qilib, didaktik tamoyillar foydalanish o‘rganish tabiatini belgilaydi.
Chet tilini o‘rgatish jarayonini tahlilida umum-didaktik qoidalarni ko‘rib chiqqach, istalgan fanni o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladigan umummetodologik tamoyillarga nazar ashlash lozim. Ko‘p jihatdan ular “chet tili” fanining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek til taraqqiyoti fani rivojlanishining ma'lum bir bosqichida tilshunoslar va psixologlar tomonidan tilni o‘rganish xususiyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli bunday uslubiy prinsiplar o‘zgartirildi, yangilari paydo bo‘ldi, eskilari muomiladan chiqarildi. Bulardan tashqari Jamol Jalolov yana ko‘rgazmalilik prinsipini ham taklif etadilar. Bu,ayniqsa,chet tili o‘qitish metodikasida juda muhim sanaladi.“Ko‘rgazmalilik prinsipi chet tillar o‘qitishda munosib o‘rin egallaydi. Ko‘rgazmalilik ayrim o‘quv predmetlaridaf aqat ko‘rish bilan assotsiatsiyaga kiradi. Chet tilde ko‘rish va eshitish sezgilari orqali idrok etiladigan tashqi va ichki ko‘rgazmalilik tushuniladi. Til materialini tushunish, o‘zlashtirish va qo‘llash maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uni maxsus namoyish etish va nutqda qo‘llash ko‘rgazmalilik yordamida amalga oshiriladi.