Toshkent davlat texnika universiteti muxandislik texnologiyalari fakulteti sanoat iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi


-bob. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA DAVLAT FUNKSIYALARI VA IQTISODIY SIYOSATINING MAQSADLARI



Yüklə 165,39 Kb.
səhifə2/10
tarix03.06.2023
ölçüsü165,39 Kb.
#127718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davlatning iqtisodiy funksiyalari

1-bob. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA DAVLAT FUNKSIYALARI VA IQTISODIY SIYOSATINING MAQSADLARI



    1. Davlat funksiyalari va Iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi

Davlat - bu ma’lum hududda yuqori hummronlikka ega tashkilotdir. Italiyalik tafakkur Nikkola Makkavelli (1469-1527) davlatga stato (lotin tili status – status) degan ma’no bergan.Aristotel: – “davlat aql idroki, haqiqat, chiroy va umumiy xuzur-xolovat”, degan edi.
T. Gobbs: – “Davlatnijahannamga teng, uning og’zidan olov chiqadi, burnidan tutun, nafasiko’mirni kuydiradi, bo’ynida kuch bor va uning oldida dahshat ham yordamberaolmaydi”, degan edi.
O’z mavqelaridan foydalanib tobora ko’proq er, mol –mulk, harbiy o’ljalarni egallab ola boshlagan dohiylar, lashkarboshilar, kohinlar -ruhoniylar guruhi ajralib chiqa boshladi. Ularning hokimiyati shaxsiy manfaatni himoya qilishga, qullar va boshqariluvchilarni ushlab turish va bo’ysundirishga tobora ko’proq xizmat qila boshladi. Dohiylar va lashkarboshilar hokimiyati saylab qo’yilmasdan, asta-sekin meros bo’lib qola boshladi. Ularning atrofida doimiy harbiy drujina jamlana boshladi.
Urug’chilik demokratiyasi o’rniga harbiy demokratiya vujudga keldi. Urug’ a’zolari boshqaruvda ishtirok etishda davom etdilar, lekin hukmronlikqilish yo’lboshchilar va harbiylar qo’liga o’tdi. Iqtisodiyotda va jamiyattuzilmasida yuz berayotgan o’zgarishlar keskin nizolarni keltirib chiqardi.Urug’-qabila tashkiloti sharoitida ularni hal etish imkoni bo’lmay qoldi.Boshqa siyosiy tashkilot zarur edi. Mana shu siyosiy tashkilot davlat bo’lib chiqdi.
Davlatlarning tashkil topishi bu - insoniyatning ibtidoiy jamiyatdan stivilizastiyaga yorib o’tishi edi. Dunyoda birinchi stivilizastiya va davlatlarqadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV-III ming yillikda tashkil topgan.Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I yillikning boshlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshlagan. Evropaning ko’pgina xalqlarida ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi va davlatning tashkil topishjarayoni o’rta asrlarda nihoyasiga etgan. Afrika va er yuzining boshqa ba’zi joylarida to XIX-XX asrlargacha davlatdan oldingi oila-urug’munosabatlari yashab kelgan va bu erlarda davlatning tashkil topishi tabiiy rivojlanish natijasida emas, balki Evropa mustamlakachiligi oqibatida vujudga kelgan.
“Davlat bu siyosiy hokimiyat tashkilotidir. U jamiyat rivojlanishiningindustrlashtirishgacha bo’lgan davrida (yangi davrgacha) hukmron sinfningirodasini ifodalagan va himoya qilgan. Industrlashtirishdan keyingidavrda esa, davlat hokimiyat tepasida turgan demokratik ko’pchilik vaxalqning manfaatlarini ifodalagan.

Yüklə 165,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin