Ichki ishonch bo‘yicha hal qilish taʼkidlanayotgan yoki rad etilayotgan dalillarning birdan bir to‘g‘riligini anglash, o‘z fikrlari haqiqiyligiga qatʼiy asoslangan ishonchga ega bo‘lish demakdir.
Baholash jarayonida hech bir dalil oldindan o‘rnatilgan qonuniy kuchga va imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin emas.
Ichki ishonch bo‘yicha dalillarni baholash prinsipi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95-moddasi 1-qismi) dalillarni baholashda ularning jami yig‘indisi bo‘lishi, ishning barcha holatlari har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rilishi haqidagi qonun talabi bilan mustahkamlangan.
Xususan, dalillarni baholash prinsiplari quyidagilar:
Huquqiy ongga amal qilish prinsipi borasida aytish joizki, Jinoyat-protsessual qonunida aynan ana shu kategoriyaning qo‘llanilishi optimal holatdir. Masalan, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 17-moddasida dalillarga erkin baho berish prinsipi mustahkamlangan bo‘lib, unga binoan, isbotlash subyekti ish bo‘yicha to‘plangan dalillarga tayangan ichki ishonchi, qonun va vijdoniga asoslanib dalillarga baho beradi22. Lekin dalilga baho berish prinsipi sifatida vijdon kategoriyasini belgilash to‘g‘ri emas. Zero vijdon nihoyatda ma’naviy kategoriya, uni huquqiy meʼyorlar doirasi bilan chegaralashning imkoni bo‘lmay, etik tasavvurlar va qoidalar foydasiga qonundan jiddiy chekinishga sabab bo‘lishi mumkin. Vijdon kategoriyasiga nisbatan huquqiy ongning ustunligi uni isbotlash subyektining aynan huquq normalarini bilishi va ularga bo‘lgan munosabati asosida shakllanishidadir.
6.4. Dalillarni bayonnomalarda qayd etish
Isbotlash jarayonining asosiy sharti – bu, albatta, protsessual shaklga rioya qilishdir.
Dostları ilə paylaş: |