DALILLARGA BAHO BERISH – sud dalillarga ishning hamma holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda, har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqish asosida ichki ishonch bo‘yicha baho beradi. Har bir dalil ishga daxldorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtayi nazaridan, dalillarning hammasi esa, yetarli darajada to‘plangan yoki to‘planmaganligi nuqtayi nazaridan baholanishi lozim. Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga to‘g‘ri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb e’tirof etiladi. Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas.
DALILLARNI BAHOLASH – sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchining fikrlash, mantiq bilan bog‘liq faoliyati bo‘lib, u shundan iboratki, ular ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari negizida isbotlash predmetiga kiradigan holatlarni aniqlash uchun har bir dalilning ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi hamda ular yig‘indisi yetarliligi haqida ishonch hosil qiladilar.
|
DALILLAR MAQBULLIGI – dalilni qonunda belgilangan manbadan, faqat vakolatli shaxslar tomonidan olish usullari hamda qayd etilishi tushuniladi.
|
DALIL MAZMUNINING ISHONCHLILIGI – dalillardagi haqiqiy ma’lumotlarning voqelikka muvofiqligi. Dalillar to‘liq, so‘zsiz ishonchga egaligi e’tirof etilgan taqdirda u ishonchli hisoblanadi.
|
DALILLARNI QAYD ETISH – ashyoviy dalillarni muhrlash va qadoqlash, ovozli va videoyozuv yoki fotosuratga olish, shuningdek aniqlangan narsalarni xolislarga ko‘rsatish, daliliy ahamiyatga ega ma’lumotlarni tergov harakatlari bayonnomalari orqali qayd etish va mustahkamlash.
|
|
Dostları ilə paylaş: |