Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish



Yüklə 1 Mb.
səhifə13/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

Hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish (12-bo‘lim) ham jinoyat protsessining muhim bosqichi bo‘lib, u o‘z ichiga hukm, ajrim, qarorlarni ijro etishga qaratish (58-bob) va hukm, ajrim, qarorlarni ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilishni (59-bob) qamrab oladi. Hukm uning ustidan apellyatsiya shikoyati berish va protest bildirish muddati o‘tishi bilan qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda hukm, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni yuqori sud ko‘rib chiqqan kuni qonuniy kuchga kiradi. Hukm, ajrim, qarorlarni ijro etishda yuzaga kelgan masalalar – hukmning ijrosini kechiktirish, kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilish, jazoning shartliligini bekor qilish, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish, mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish, ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni o‘tash vaqtida o‘zgartirish, mahkumni tergov hibsxonasida saqlab turish, jarima solishni va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish, hukm, ajrim va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undirishlarga oid qismi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalar, sinov muddati to‘g‘risidagi masala, sudlanganlikni olib tashlash, axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish, xizmat bo‘yicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini hisobga kiritish kabilardan iboratdir.

Jinoyat protsessining funksiyalari deganda, jinoyat-protsessual faoliyatning asosiy yo‘nalishlari tushuniladi. Ma’lumki, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlarining jinoyat-protsessual faoliyati bir xil bo‘lmay, o‘z mazmuniga ko‘ra bir necha yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Jinoyat protsessining funksiyalari jinoyat sud ish yurituvi subyektlarining protsessdagi roli va vazifasidan kelib chiqadi.


Jinoyat protsessining funksiyalarini shartli ravishda uch turga ajratish mumkin:


1) asosiy funksiyalar (odil sudlov– ishni hal qilish, himoya, ayblov, nazorat); 2) fakultativ funksiyalar (zararni qoplash, fuqaroviy da’voni qo‘llab-quvvatlash, jinoyat sodir etishga shart-sharoit yaratgan holatlarni aniqlash); 3) qo‘shimcha funksiyalar (ya’ni, ta’minlovchi funksiyalar, masalan, sud majlisi kotibining sud majlisi bayonnomasini tuzish funksiyasi v.b.).
Ushbu funksiyalardan eng muhim, asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz:

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin