L
LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH – protsessual majburlov chorasi bo‘lib, basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z ish joyida qolsa, u jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga to‘sqinlik qiladi yoki jinoiy faoliyatini davom ettiradi deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud unga nisbatan mazkur chorani qo‘llaydi.
|
M
MAHKUM – sudning ayblov hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs.
|
MAXSUS TERGOVGA TEGISHLILIK – jinoyat subyektining xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, u jinoyat ishlarining harbiy prokuratura organlarining tergoviga tegishlilikni belgilaydi.
|
MA’NAVIY ZARAR – shaxslarga qarshi jinoyat sodir etilishi tufayli ular his qiladigan jismoniy va ruhiy azoblanishlar tushuniladi.
|
MAXSUS BILIM – bu ko‘pchilik ega bo‘lmagan va aniq bir fan yoki texnika, kasb-hunardan foydalangan holda olingan nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakli.
|
MODDIY ZARAR – shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zarar, uni pul ekvivalentida o‘lchash mumkin.
|
MUNOSIB XULQ-ATVORDA BO‘LISH HAQIDAGI TILXAT – ayblanuvchining yoki sudlanuvchining surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelish haqida bergan yozma majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari o‘z zimmasiga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini o‘zgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini oladi. Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda unga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin, bu haqda u tilxat olish chog‘ida ogohlantiriladi.
|
|
Dostları ilə paylaş: |