Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


SUD MAJLISIDA RAISLIK QILUVCHI



Yüklə 1 Mb.
səhifə246/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

SUD MAJLISIDA RAISLIK QILUVCHI – sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlarini to‘liq, har taraflama va xolisona aniqlanishini, taraflarning huquq va majburiyatlarini, sud protsessining tarbiyaviy ta’sirini ta’minlaydi, ko‘rilayotgan ishga daxldor bo‘lmagan barcha holatlari chetlatadi, sud majlisida tegishli tartibni saqlash uchun zaruriy choralarni ko‘radi.

SUD MAJLISINING BAYONNOMASI – sud muzokarasining har bir holati, shuningdek amalga oshirilgan alohida protsessual harakatlarni o‘zida aks etgan sudning protsessual hujjati.

SUD MUZOKARASI – sud muhokamasining qismi hisoblanib, sudda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nutqlaridan iborat.

SUD MUHOKAMASIDA ISHTIROK ETISH – sud tarkibi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning qonunda belgilangan shakllarda ishtirok etishi tushuniladi.

SUD MUHOKAMASINI TAYYORLASH – jinoyat protsessi bosqchilaridan biri bo‘lib, ishlarni tashkil qilish, sud protsessini rejalashtirish, protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishga qaratilgan sudning protsessual harakatlari.

SUD MUHOKAMASI – jinoyat ishlarini ko‘rishda ishning haqiqiy holatini aniqlash maqsadida dalillarni tekshirish, ularga baho berish, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni tushuntirishlarini eshitish orqali amalga oshiriladigan protsessual faoliyatdir.

SUD PROTSESSI – sudda ishni qo‘zg‘atishdan to yakuniy qaror chiqarishgacha bo‘lgan sudning faoliyatidir

SUD PROTSESSIDA TORTISHUVCHILIK TAMOYILI – bu sud ishlarini yuritishning sohalararo tamoyili bo‘lib, sud ishlarida teng protsessual huquqlarga ega, lekin manfaatlari qarama-qarshi bo‘lgan taraflarning o‘zaro tortishuvi shaklida olib borilishini ta’minlaydi.

SUD TARKIBI – sud ishlarini sudda ko‘rib chiqadigan sudya (sudyalar) va kotibdan iborat tarkib.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin