TERGOVGA TEGISHLILIK – jinoyat ishining xususiyati bo‘lib, unga asosan u yoki bu organ yoxud mansabdor shaxs shu ish bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirishga vakolatli bo‘ladi.
TERGOVGA TEGISHLILIK BO‘YICHA YUBORISH – arizada keltirilgan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv yoki dastlabki tergovni amalga oshirish ariza berilgan organning vakolatiga kirmaydigan hollarda ariza yoki xabarni predmetli yoki hududiy tergovga tegishliligiga qarab yuborishdir.
|
TERGOV VAZIYATI – isbot qilinishi lozim bo‘lgan qilmish yuzasidan jinoyat ishini tergov qilish jarayonida yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni yechish, tergov taktikasi usullarini to‘g‘ri qo‘llash, shu bilan birga qo‘shimcha tekshiruvlarni o‘tkazishni o‘z ichiga qamrab oladi.
|
TERGOV GURUHI – jinoyat ishi ko‘p mehnat talab etib, juda murakkab yoki o‘ta dolzarbligi uchun shu ish bo‘yicha dastlabki tergov yuritish doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshiriladi.
|
TERGOV ORGANINING RAHBARI – dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organi boshlig‘i.
|
TERGOV HARAKATI – jinoyat ishi doirasida dalillarni to‘plash va tekshirishga qaratilgan surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning protsessual faoliyati.
|
TERGOVCHI – jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov yuritishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxs.
|
TERGOVCHI VA SURISHTIRUVCHINING ASOSIY O‘RINDA O‘ZARO FAOLIYATI – usul va vositalarni to‘g‘ri qo‘llash orqali jinoyat ishini yuritishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan muvaffaqiyatli va samarali faoliyatidir.
|
|