Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Reyting natijalarini qayd qilish tartibi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə4/18
tarix22.06.2018
ölçüsü1,37 Mb.
#54537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Reyting natijalarini qayd qilish tartibi

Fandan reyting nazorati bo‘yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost) fan tugagan kundan bir kun muddatda kafedra 2 nusxada to‘ldiradi va mas’ul xodim kafedra mudiriga imzolatib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi.

Magistrantning fan bo‘yicha baholash turlarida to‘plagan ballari reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining “Umumiy soat” ustuniga fanga ajratilgan umumiy yuklama soatlari, “Ball” ustuniga esa magistrantning mazkur mezonning 3.1 bandiga muvofiq 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirish bali, “Reyting” ustuniga hisoblangan reyting ko‘rsatkichi qo‘yiladi.

Magistrantning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi “Reyting daftarchasi” da qayd etilmaydi.

Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‘yicha magistrantning JB, OB hamda YAB turlarida ko‘rsatilgan o‘zlashtirish reyting ko‘rsatkichlarining monitoringi olib boriladi. O‘zlashtirish natijalari kafedra tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi. Reyting nazorati ekranining tashkil etishi va uning belgilangan muddatlarda to‘ldirish vazifasi kafedra mudiri va fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.

SILLABUS



Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Toshkent farmatsevtika instituti

M.Oybek ko‘chasi, 45-uy

Kafedra:

Ijtimoiy fanlar

Sanoat farmatsiyasi fakul’teti tarkibida

Fan nomi va kodi: 3.05

Milliy g‘oya:O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi

Ta’lim sohasi va yo‘nalishi:

5A510602 – immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi

5A510603– dorilarning sanoat texnologiyasi 5A510501 – farmatsevtik kimyo va farmakognoziya

5A320406 – dori vositalari va preparatlar texnologiyas

5A510502- Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish



Bilim sohasi: 500000 – Ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash

Ta’lim sohasi: 510000 - Sog‘liqni saqlash




Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:

Katta o‘qituvchi N.S.Salimsakova

e-mail:
telefon



ifk_tashfarmi@mail.ru +998935888980


Dars vaqti va joyi:

1-bino 17-auditoriya

Kursning davomiyligi:

02.09.2016-18.01.2017

Individual grafik asosida ishlash vaqti:

Dushanba, seshanba,chorshanba kunlari 10.00 dan 16.00 gacha


Fanga ajratilgan

soatlar

Auditoriya soatlari

Mustaqil ta’lim:

18




Ma’ruza:

20

Amaliyot

20













Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi :

Ilmiy ijod metodologiyasi, pedagogik texnologiya

Fanning asosiy maqsadi:

Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga yangi jamiyat qurish, ularning ma’naviy dunyosini shakllantirish, milliy ong va g‘ururini uyg‘otish, yoshlarni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun faol kurashchi komil inson qilib tarbiyalashdan iborat. Mazkur fan yosh avlodni ulug‘ xalqimizning olijanob milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari halollik, poklik, odillik, adolatlilik ruhida tarbiyalamog‘imiz kerak. Undan tashqari mustaqil davlatimiz ijtimoiy hayotida faol qatnasha oladigan idrokli va qobiliyatli o‘zining tarixiy ildizlarini anglashga, yurtiga, vataniga, ona xalqiga cheksiz mehr-muhabbat bilan to‘lgan avlod kamolga erishishiga xizmat qiladi.


Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

Fanning dolzarbligi: Mustaqillik yillari Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, bu sohada milliy g‘oyani ilmiy o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib-tashviq qilishda salmoqli tajribalar toplandi. Ayni paytda, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, jamiyatimizda g‘oyaviy ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirish, xususan, bunda milliy g‘oyani o‘qitish izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, bu boradagi ishlarni ta’lim tizimidagi har bir bosqichga moslab differensiyallashtirish, ya’ni o‘rta maktab, litsey(kollej) hamda bakalavriat, magistratura va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bosqichlarida milliy g‘oya va mafkuraga doir qaysi masalalar qanday o‘qitilishini konkretlashtirish zaruriyati, ta’lim tizimida milliy g‘oya o‘qitilayotgan fanlarning dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo qilmoqda.

Fanning qisqacha mazmuni: O‘zbekiston ijtimoiy hayotining mafkuralar va fikrlar xilma-xilligiga asoslanishi. Milliy g‘oyaning gumanistik mohiyati va demokratik xarakteri, uning xalq madaniy merosi va umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarga tayanishi


O‘quv fanini prerekvizitlari

Talaba: Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanini o‘qitish metodikasiga oid dastlabki bilimlarga ega bo‘lishi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

Fanni o‘rganish jarayonida talabalar quyidagi natijalarga erishadi

Bilib oladi: ideya, g‘oya, mafkura, mafkuraviy immunitet,bunyodkor, vayronkor g‘oyalar, milliy ideologiya, davlat va jamiyat, Monarxiya, politiya(respublika), oligarxiya, tiraniya, timokratiya va demokratiya. «Davlatchilik», «Milliy davlatchilik» tushunchalari. “An’anaviy jamiyat”, “Postindustrial jamiyat”, “Axborotlashgan jamiyat”, “Texnokratik jamiyat”, Modernizm, Neokommunizm va Kosmopolitizmtashqi siyosat, “o‘zbek modeli”, milliy g‘oya, mafkura, dunyoqarash, inson omili, sivilizatsiya, diniy e’tiqod, milliy mentalitet, milliy ong, ozodlik, mustaqillik va b.

Bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilinishi:

Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fani bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat o‘tkaziladi. Joriy nazorat uchun 60 ball, oraliq nazorat uchun 10 ball, yakuniy nazorat uchun 30 ball. (maksimal 100 ball)



Fan bo‘yicha egallagan bilimlari asosida: ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarini qo‘llay oladi hamda innovatsion faoliyat va kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo‘llarini egallaydi.

Postrekvizitlar

Ushbu o‘quv modulini o‘zlashtirish natijasida talabalardan:

Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanini chuqur o‘zlashtirishni;

G‘oya va mafkura tushunchasining mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllari va rivojlanish xususiyatlari

Mafkuraviy immunitetni shakllantirishning uslub va vositalari

Jamiyatning rivojlanishida shaxs erkinligi o‘rni va axamiyatini

Xar bir xalq va millatning fikrlar plyuralizmi va o‘ziga xos madaniyati bilan saqlanishini



Milliy istiqlol g‘oyasining strategik yo‘nalishlari, vazifalari va istiqbollari

Milliy istiqlol g‘oyalari va mafkurasining dunyoviy xarakteri va uni takomillashtirish kafolatlari

Islom Karimovning davlat va jamiyat qurilishiga doir g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlarni bilish talab qilinadi.

Talabalar uchun talablar

 


- professor-o‘qituvchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

- institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;

-intitut uniformasini kiyish;

- mobil telefonni dars davomida o‘chirish;

- berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;

- guruhdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

- darsga o‘z vaqtida kelish;

- 6 soatdan ortiq dars qoldirgan taqdirda, dekan ruxsati bilan darsga kirish.



Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi


Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha






Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari



Ma’ruza mashg‘uloti soati


Mustaqil ta’lim soati

1


Milliy g‘oyaning nazariy-metodologik asoslari

2

5

2

Jamiyat taraqqiyotining g‘oyaviy asoslari va mafkuraviy tamoyillari

2

5

3

Milliy istiqlol g‘oyasining strategik yo‘nalishlari, vazifalari va istiqbollari.

4

-

4

Mustaqillik tafakkuri va yangi dunyoqarashni shakllantirishning milliy g‘oyaviy negizlari

2

-

5


Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning tamoyillari va qonuniyatlari. O‘zbek iqtisodiy modelini shakllantirish va amalga oshirish

2

4

6


“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning g‘oyaviy-mafkuraviy ahamiyati.

4

4

7

Milliy iqtisodiyotning dunyo xo‘jaligiga integratsiyalashuvi. O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga o‘tish strategiyasi, uning g‘oyaviy asoslari va dolzarb vazifalari.

2

-

8

Milliy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqotni tashkillashtirish hamda aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullari

2

-




JAMI

20

18







Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari


soat

1


Milliy g‘oyaning nazariy-metodologik asoslari

2

2

Jamiyat taraqqiyotining g‘oyaviy asoslari va mafkuraviy

tamoyillari



2

3

Milliy istiqlol g‘oyasining strategik yo‘nalishlari, vazifalari va istiqbollari.

4

4

Mustaqillik tafakkuri va yangi dunyokarashni shakllantirishning milliy g‘oyaviy negizlari

2

5


Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning tamoyillari va qonuniyatlari. O‘zbek iqtisodiy modelini shakllantirish va amalga oshirish

2

6


“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning g‘oyaviy-mafkuraviy ahamiyati

4

7

Milliy iqtisodiyotning dunyo xo‘jaligiga integratsiyalashuvi. O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga o‘tish strategiyasi, uning g‘oyaviy asoslari va dolzarb vazifalari.

2

8

Milliy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqotni tashkillashtirish hamda aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullari

2




Jami

20


t/r

Nazorat turlari va topshiriqlarning nomlanishi

Nazorat turlari bo‘yicha maksimal ball


O‘tkazish vaqti


I. Joriy nazorat uchun ballar taqsimoti

60 ball

Semestr

davomida


II. Oraliq nazorat

10 ball




III. YAkuniy nazorat

30 ball

Semestrning oxirgi haftasi

1.

Umumiy o‘quv kursi bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar asosida o‘tkaziladi







JAMI:

100 ball






Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari namunaviy mezonlari


t/r


Talabaning fanni o‘zlashtirish (bilim, ko‘nikma va malaka) darajasi


Ballar


A)


Xulosa va qarorlar qabul qilishi



86-100 ball


Ijodiy fikrlay olishi

Mustaqil mushohada yuritish

Olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi

Mohiyatini tushunish

Bilish, aytib berish

Tasavvurga ega bo‘lish

B)


Mustaqil mushohada yuritish


71 -85 ball


Olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi

Mohiyatini tushunish

Bilish, aytib berish

Tasavvurga ega bo‘lish

V)

Mohiyatini tushunish


55 - 70 ball


Bilish, aytib berish

Tasavvurga ega bo‘lish

G)

Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik

0 54 ball


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin