3-rasm. Тahliliy tekshirish usullari12 Agar, manba yetarli ma’lumotga yoki boshqaruv organi holislikka ega bo‘lmasa, mustaqil tashqi manbadan olingan ma’lumot ishonchli bo‘lmasligi aniq. Bunda istisnolar mavjud ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi quyidagi umumiy qoidalar asosida audit dalillarining ishonchliligini baholaydi:
tashkilotning ichki audit dalillarining ishonchliligi tayyorlash va saqlash jarayonidagi, tashkilot tomonidan qo‘llanilgan tegishli nazorat vositalari samarador bo‘lganda oshadi;
auditor tomonidan bevosita olingan audit dalillari (masalan, nazoratni qo‘llash kuzatuvi) bilvosita audit dalillariga (masalan, nazorat qo‘llanishi haqidagi so‘rov) ko‘ra ishonchliroq hisoblanadi;
hujjat shaklidagi, ya’ni qog‘oz, elektron yoki boshqa axborot tashish vositalari yordamida taqdim etilgan audit dalillari og‘zaki ravishda olingan dalillarga qaraganda ishonchliroqdir (masalan, majlisda yoritilgan mavzularning yozma shakli og‘zaki taqdimotiga ko‘ra ishonchliroqdir);
asl hujjatlar yordamida taqdim etilgan audit dalillari nusxa yoki suratga olingan hujjatlar bilan taqdim etilgan dalillariga qaraganda ishonchliroqdir, ularning ishonchliligi tayyorlash va saqlash bo‘yicha nazoratga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Oxirgi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda tashkilot faoliyatini o‘rganish uchun quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilamiz (5-ilova).
Tashkilot faoliyatining yanada to‘liq tushunilishi uchun yuqoridagi ma’lumotlar talab etiladi. Shuningdek, ichki audit tekshiruvi mobaynida qo‘shimcha ma’lumot so‘ralishi mumkin. Tegishli savollar va tushuntirishlar yuzasidan ichki audit xizmatiga murojaat qilinadi.
Shuningdek, ichki nazoratni dastlabki baholash keyingi bosqich hisoblanadi. Ichki nazoratni dastlabki baholashdan maqsad mijoz haqida ichki audit hisobotiga kiritilishi mumkin bo‘lgan har qanday kamchiliklarni aniqlash, yaxshi loyihalashtirilgan va nazorat riskini kamaytirish, shundan kelib chiqib qoniqarli muvofiqlik testiga ko‘ra asosli audit testi ko‘lamiga tayangan boshqaruv elementlarini belgilab olishdir. Ichki nazoratni baholash so‘rovnomasini tashkilotning ish haqi hisoblash misolida ko‘rsatib berishni lozim topdik (6- ilova).
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tashkilot faoliyatini o‘rganish ko‘rsatkichlarga e’tiborimizni qaratamiz (7-ilova).
Ushbu ma’lumotlar orqali tashkilotning faoliyatini, shartnomalarini, tashkilot bo‘limlari faoliyatini va har bir bo‘limga tegishli hujjatlarni o‘rganib chiqamiz.
Ma’lumotlarni olish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar quyidagicha bo‘lishi kerak:
tashkilot faoliyati tahlili, ya’ni tashkilotning barcha asosiy operatsiyalari (dasturlarni, loyihalarni va boshqa faoliyati), xodimlari, oxirgi tugallangan 5 yildagi asosiy ko‘rsatkichlari tahlili;
tashkilot rahbariyati bilan tashkilot faoliyati bo‘yicha suxbat o‘tkazish;
tashkilot faoliyatidagi muammolarni tushunish uchun avvalgi ichki audit hisobotlarini ko‘rib chiqish.
Byudjet tashkilotlarining ichki audit nazorati yakunida faoliyat natijalarini umumlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqida ichki auditning xalqaro standartlarida batafsil bayon qilingan. Ushbu standartlarning muhokama natijalari, muhokama sifati, mezonlari, xato va kamchiliklari hamda ish muvofiqligi to’g’risidagi axborotni oshkor qilish kabi bo’limlaridan batafsil ma’lumot olishimiz mumkin. Yakuniy bosqich bo’yicha tegishli standartlarni ko’rib chiqamiz.
Тegishli Xalqaro Ichki Audit Standartlari
2400 – Muxokama Natijalari 2410 – Muxokama mezonlari 2440 – Natijalarni Tarqatish 2420 – Muxokama sifati 2421 - Xato va kamchiliklar 2431 – Ish nomuvofiqligi to'g'risidagi axborotni oshkor qilish XIAstandartlari 2400 – Muxokama natijalari
Ichki auditorlar ish natijalarini muhokama qilishlari kerak.
2410 – Muhokama mezonlari
Muhokamalar ish maqsadi, ko'lami va natijalarini o'z ichiga olishi kerak.
2410.A1 – Ish natijalari haqidagi yakuniy muhokama amaldagi xulosalar, shuningdek, amaldagi tavsiyalar va harakat rejalarini o'z ichiga olishi kerak. Tegishli hollarda ichki auditorlar fikrlari taqdim etilishi kerak. Xulosa yuqori boshqaruv organi, kengash va boshqa aktsiyadorlarning prognozlarini hisobga olishi kerak va yetarli, ishonchli, tegishli va foydali ma'lumotlar bilan ta'minlanishi kerak.
2410.A2 – Ichki auditorlar ish muhokamasida qoniqarli faoliyatni tushunib amalga oshirishi rag'batlantiriladi.
2410.A3 – Ish natijalarini tashkilot tashqarisidagi tomonlarga tarqatishda, natijalarni tarqatish va ulardan foydalanishga cheklovlarni inobatga olishi kerak.
2420 – Muhokama sifati
Muhokama to'g'ri, holis, aniq, qisqa, yaxshi tuzilgan, to'liq va o'z vaqtida bo'lishi kerak.
2421 – Xatolar va kamchiliklar
Agar yakuniy habar muhim xato yoki kamchilikka ega bo'lsa, bosh auditor dastlabki axborotni olgan barcha tomonlarga to'g'rilangan ma'lumotlarni taqdim etishi kerak.
2430 –“Ichki Audit Professional Amaliyotining Xalqaro Standartlariga muvofiq amalga oshirilishi”ning qo'llanishi
Ishlar “Ichki Audit Professional Amaliyotining Xalqaro Standartlariga muvofiq amalga oshirilishi”ga ishora qilgan holda , agar ular sifat kafolatlari va takomillashtirish dasturi natijalari bilan qo'llab-quvvatlansa, tavsiya etiladi.
2431 – Ishlarning nomuvofiqligi to'g'risidagi axborotni oshkor qilish
Axloq Qoidalari yoki Standartlarga mos kelmaslik muayyan ishga ta'sir qilganda, natijalar haqidagi muhokama quyidagilarni oshkor qilishi kerak:
Muvoffiq bo'lmagan Axloq Qoidalari yoki Standartlarining mezon va qoidalari.
Nomuvofiqlikning sabablari.
Nomuvofiqlikning ishga va muhokama qilingan ish natijalarga ta'siri .
Natijalarni tarqatish
IAMNNB rahbari natijalarni tegishli tomonlarga yetkazish kerak.
2440.A1 – IAMNNB rahbari so'nggi natijalarni e'tiborga olinishini kafolotlovchi tomonlarga yetkazish uchun mas'uldir.
2440.A2 – Agar rasmiy, qonuniy yoki normativ talablar boshqacha tartibni nazarda tutmasa, tashkilotdan tashqarida taraflarga natijalarni berishdan oldin IAMNNB rahbari quyidagilarni asalga oshirishi kerak:
tashkilot uchun potentsial xavfni baholashi.
yuqori boshqaruv organi va huquqiy maslahatchi bilan maslahatlashishi.
foydalanishni cheklash orqali natijalarning tarqalishini nazorat qilish.
Ichki audit hisobotining asosiy maqsadi audit natijalarini mijozning yuqori boshqaruv organiga yetkazishdan iborat.
Auditorlar natijalari va tavsiyalari to'g'risidagi qaydlarni taqdim etishdan tashqari, audit hisobotlarini taqdim etish jarayoni boshqaruv organining rasmiy javobini olish, kelishilgan harakatlar va muddatlarni qayd etish imkonini beradi va mijoz tomonidan takomillashtirish ishlarini amalga oshirish uchun IAMNB tomonidan monitor qilish uchun asos yaratadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun audit hisoboti quyidagicha bo'lishi kerak:
To'g'ri: hech qanday xato va kamchiliklarsiz va ma'lumotlarga asoslangan.
Holis: barcha tegishli ma'lumotlar va vaziyatlarni adolatli, xolis va ob'ektiv baholash.
Qisqa: aniq maqsadni yoritib berish, keraksiz tafsilotlardan qochish.
Konstruktiv: mijoz va bosh tashkilot uchun foydali bo'lib,kerak bo'lganda takomillashtirish ishlariga yordam beradi.