Toshkent moliya instituti


-rasm. Аudit dalillarining turlari9



Yüklə 125,71 Kb.
səhifə6/11
tarix24.02.2023
ölçüsü125,71 Kb.
#123604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bhn 50 Jumanova F BTIA Kurs ishi tek

1-rasm. Аudit dalillarining turlari9
Yetarlilik olingan ichki audit dalillarining sonini anglatadi: Yetarlilik va muvofiqlik bir-biri bilan bogliq va audit jarayonlaridan olingan dalillar uchun qo'llaniladi.
Muvofiqlik audit jarayonining mantiqiy aloqasi yoki uning bajarilishi bilan bog'liq maqsadlari bo'yicha ish ko'radi. Test yo'nalishi audit dallillar sifatida foydalaniladigan ma'lumotlar muvofiqligiga ta'sir etilishi mumkin.
Masalan: agarda, audit jarayonining maqsadi qarzlarning mavjudligini yoki baholashini haddan tashqari ko'p ko'rsatilishini tekshirish bo'lsa, u holda, qayd qilingan qarzlarni tekshirish tegishli audit usuli bo'lishi mumkin. Boshqa tomondan, qarzlarni mavjudligi yoki ularni baholashning haddan tashqari kam ko'rsatilishida qayd qilingan qarzlarni testdan o'tkazish usuli mos kelmasligi mumkin, ammo ketma-ket xarajatlar, to’lanmagan schet-fakturalar, ta'minotchining xisobotlari yoki olinishi kerak bo'lgan xisobotlar nomutanosibligi kabi ma'lumotlarni tekshirish tegishli bo'lishi mumkin.
Auditor auditorlik xulosasini taqdim qilishda yetarli darajada tegishli audit dalillarni olish uchun audit tartiblarini amalga oshirish uchun mas'uldir. Auditorlar audit amalini bajarish uchun auditorlik tartib tabiati, vaqti va uzaytirish haqida qaror qabul qiladi. Audit amalining yana bir tabiati, auditning maqsad va uning turini ko'rsatadi. Audit amalini aniqlashning maqsadi bu riskni baholash tartibi, nazorat test, yoki mustaqil jarayonlaridir. Audit amallarining turlari hujjatlarni tekshirish, aktivlarni tekshirish, kuzatish, tashqi tasdiq, qayta hisoblab chiqish, solishtirma hisob, tahliliy jarayonlar, ko'rish va talab etishni o'z ichiga oladi.
Audit amali vaqti bu auditorlik dalillar amal qiladigan davr yoki sanada bajarilishni anglatadi. Misol uchun, amal mijozning yil oxirigacha mijozning yil oxirida yoki oraliq sanada amalga oshirilishi mumkin. Audit amali ko’lami miqdorda amalga oshirilishi nazarda tutadi (masalan, nazorat faoliyatinining kuzatuvlar soni yoki tanlov ko’lami).
Byudjet tashkilotlarida ichki audit jarayonida dalillarni yig’ish 3 usulda amalga oshiriladi:

  • Byudjet tashkilotlari o’zlarini taqdim qilgan dalillari;

  • UzAsbo dasturiy ta’minoti orqali masofadan turib olingan dalillar;

  • Og’zaki so’rov yoki testlash orqali olinadigan tashqi dalillar;

Byudjet tashkilotlarining qaysi usulda olingan dalil bo’lishiga qaramasdan barcha turdagi dalillari ishonchliligi to’liq ta’minlanmaguncha ishonchli deb qaralmaydi. Ishonchli deb topilmagan auditorlik dalillari tahlil qilinmaydi va ular auditorlik xulosasi va hisoboti uchun muhim deb qaralmaydi. Olingan auditorlik dalillarining ishonchliligini aniqlash va baholash ichki audit tekshiruvlarida muhim jarayon sifatida qaraladi.
Audit dalili sifatida ishlatiladigan ma'lumotning ishonchliligiga hamda audit dalilining o’ziga, bevosita uning manbasi va mohiyati, u olingan sharoit, jumladan, tegishli bo'lganda uni tayorlash va saqlash nazorati ta'sir qiladi. Shu sababli, turli xil audit dalillarning ishonchliligi bo'yicha umumlashtirilgan ma'lumotlar muhim istisnolarga ega bo'lishi kerak. Audit dalili sifatida foydalaniladigan axborot korxonaning tashqi manbalaridan olingan bo'lsa ham, uning ishonchliligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan holatlar bo'lishi mumkin:
Masalan: agar manba yetarli ma'lumotga yoki boshqaruv organi holislikka ega bo'lmasa, mustaqil tashqi manbadan olingan ma'lumot ishonchli bo'lmasligi mumkin.



Yüklə 125,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin