Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 53,01 Kb.
səhifə10/14
tarix09.02.2022
ölçüsü53,01 Kb.
#114294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Dilya 2

XULOSA VA TAVSIYALAR

Respublikamizdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida, umumiy o`rta ta'lim maktablarida, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari musiqiy ta'lim mashg`ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini shakllantirish, rivojlantirish hamda to`g`ri yo`nalishda yo`naltirish va bunda ritmik harakatlardan foydalanish muammosi yoshlarni ma'naviy jihatdan yetuk, fidoiy vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi Prezidentimiz o`zining « Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch » asarida : « Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo`lmaydi »,- deb yozganlarida aynan mana shu haqiqatni nazarda tutganlar. O'rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta'lim mashg`ulotlarida faoliyat olib borayotgan musiqa rahbarlarining, musiqa o'qituvchilarining asosiy vazifasi - o'quvchilarni estetik, badiiy va axloqiy tarbiyalash, ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirish orqali ularning shaxsini ma'naviy shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham musiqa tarbiyasi yoshavlodni uyg'unlikda kamol toptirishning muhim omili sifatida namoyon bo'ladi. Xususan, musiqa bilan shug'ullanish badiiy anglash faoliyati bo'lib, u bir qator omillarni o'z ichiga oladi. O`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta'lim mashg`ulotlarida faoliyat yurituvchi musiqa rahbarlarining v musiqa o'qituvchilarining murakkab kasbi bir necha musiqa ixtisosliklarini o'z

ichiga oladi, lekin ularning shunchaki yig'indisidan iborat emas. Musiqiy hamda pedagogik nazariyani, tajribalarni anglamay turib, zamonaviyo'qituvchi tayyorlashdagi mavjud amaliyotni tahlil qilmay va umumlashtirmay turib, bu soha o'qituvchisining qiyofasini tasavvur qilish qiyin. Musiqa tarbiyasi san'atni idrok etish, his qilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi, estetik va musiqiy didni o'stiradi, aqliy kamolotni, ijodiy faollikni, tafakkurni,o'quvchilardagi o'ziga xos xususiyatlarni kuchaytiradi, zarur musiqiy bilim hosil qiladi.


Yüklə 53,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin