Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
 
XII BOB. NAMUNAVIY DETALLARINI TA’MIRLASH 
 
12.1. Korpus detallarini qayta tiklash 
 
Korpus detallariga silindrlar bloki, silindrlar blokining usttepasi va 
uzatmalar qutisi, taqsimlovchi quti, stseplenie, tortuvchi ko‗prik, rul 
mexanizmlari va boshqa agregatlarni karterlari kiradi. Bu detallarda 
konstruktorlik, texnologik va o‗lcham bazalari, vallarning podshipniklari 
uchun joylashtirilgan umumiy o‗qlari bo‗lgan teshiklari mavjudligi 
ularni boshqa detallardan ajratib turadi. Silindrlar blokining vkladishlari 
o‗rindiqlarida, gaz taqsimlash valining vtulkasi o‗rnatiladigan teshik-
larida, moy kanallarida, silindrlari (gilzalar) yoki klapan o‗rindiqlari 
orasida ikkitadan ortiq, suv g‗iloflarida to‗rttadan ortiq darzlar bo‗lsa, 
silindrlar bloki yaroqsiz deb topiladi. 
Detallar korpusi odatda kulrang va cho‗ziluvchan cho‗yandan, 
ayrim hollarda po‗lat va alyuminiy qorishmalaridan tayyorlanadi. 
Detallar korpusida quyidagi nuqsonlar: sirtlari tob tashlagan 
(silindr bloklarida va blok kallagida); podshipnik o‗tqaziladigan 
teshiklar yuzasi yeyilgan; teshiklardagi rezbalarning yeyilgan va 
zararlangan; korpusning yon va quyi devorlari pachaqlangan, qirilgan, 
toblangan va yorilgan bo‗lishi mumkin. 
Uzatmalar qutisi korpusida val podshipniklarining o‗rnatiladigan 
teshiklarining o‗qdoshligi, teshik o‗qlari orasidagi parallellik va 
o‗qlararo masofa buzilgan bo‗lishi mumkin. 
Teshiklaming qiyshayishi va bir o‗qda yotmasligiga: mashinaning 
uzatish qutisidagi vallari bilan ilashish muftasi o‗qlarining mos 
tushmasligi (avtomobillarda), dvigatelning ilashish muftasi bilan tirsakli 
val o‗qlarining mos tushmaganligi yoki orqa ko‗prik korpuslari bilan 
uzatish qutisi korpusining bir biriga nisbatan siljishi (traktorlarda), 
mahkamlash boltlarini bir tekis tortilmaganligi, korpusning tob tashlashi, 
o‗tqazish teshiklarining yeyilganligi, quymalarning tabiiy eskirganligi 
sabab bo‗ladi. 


233 
Yeyilgan o‗tqazish teshiklari vertikal - yo‗nuvchi dastgohlardan 
yoki konduktorlar yordamida birlamchi yo‗nish ishlari bajariladi yoki 
qo‗shimcha xalqalar qo‗yib tiklanadi. Uzatish qutilarining korpusidagi 
nosozliklar, korxona ba‘zasidagi ustaxonaning tokarlik, frezerlik hamda 
parmalash dastgohlaridan foydalanib sozlanadi. 
Korpusning yo‗nilgan teshiklariga xalqalar presslanadi va shundan 
so‗ng, ularning teshiklari nominal o‗lchamga moslab yo‗niladi. Xalqa-
larini vintlar, yelim bilan qotirish ham mumkin. Bunday xalqalarini, 
o‗lchamlari ta‘mirlanayotgan korpusning o‗tqazish teshiklari o‗lcham-
lariga mos bo‗lgan metall quvurlardan ham yasash mumkin. Bundan 
tashqari, aylanuvchi elektrod bilan (qizil mis yoki zanglamaydigan 
po‗latdan qilingan) elektronimpuls o‗stirish, polimer kompozitsiyani 
qo‗llash, postellar 0,3 mm dan ortiq yeyilganda esa temirlash usulini 
qo‗llash ham yaxshi samara beradi. 
Silindrlar blokidagi darzlar va yoriqlar elektr yoyi vositasida yoki 
gaz alangasida payvandlash yo‗li bilan ta‘mirlanadi. Bundan tashqari
usullar yamoq solib, botlar bilan qotirish yoki payvandlash usullari 
yordamida hamda polimer materiallar qo‗llab materiallar qo‗llab ham 
ta‘mirlash mumkin. 
Uzatmalar (transmissiya yoki orqa ko‗prik) qutisida korpusidagi 
darzlar kuydiruvchi valiklar qo‗yish yo‗li bilan elektr payvandlash 
yordamida tuzatiladi, bu esa cho‗yanning oqarishining eng kichik 
darajasiga kamaytiradi hamda payvand chokida va chok atrofi soxasida 
ichki kuchlanishlar hosil bo‗lishining oldini oladi. Bu usulda 30-35 mm 
uzunlikda birinchi payvand qatlami qoplangandan so‗ng, darhol uning 
ustiga ikkinchi qatlam qoplanadi va detal sovitiladi. Birinchi qatlam 
ustiga ikkinchi qatlamni darhol qoplash natijasida chok ko‗proq qiziydi, 
buning natijasida sementining ancha qismi parchalanadi va chokning 
toblangan qismi bo‗shashadi, bu hol uning qattiqligini pasaytiradi va 
qoldiq kuchlanishlardan xolos qiladi. 
Suv g‗ilofi sirtidagi darzlarga yamoq solinadi, BF markali yoki 
epoksid smolalari asosidagi yelimlar bilan yelimlanib qo‗yiladi. Teshik-
lardagi buzilgan yoki yoyilgan rezbalar kattalashtirilgan rezbalar ochish 
yoki vstavkalar qo‗yish yo‗li bilan tiklanadi. 
Rezbalari yoyilgan shpilkalari, odatda, ta‘mirlanmaydi va yaroqsiz 
detallar qatoriga kiritiladi. 


234 
Gaz taqsimlash valining yeyilgan vtulkasi kattaroq o‗lchamga 
yo‗nish va ta‘mirlash o‗lchami bo‗yicha yasalgan qo‗shimcha vtulka 
o‗rnatish yo‗li bilan ta‘mirlanadi. 
Silindrlar blokidagi vkladishlar o‗rindiqlaridagi yoyilishlar, 
ovallik, konuslik payvandlash, temirlash yoki epoksid smolasi asosida 
yelimli tarkiblar bilan tuzatiladi. Agar vkladishlarning tayanch yuzalari 
o‗qlarining bir o‗qda yotishi yoyilish va tayanch yuzalari deformatsiyasi 
natijasida buzilsa, ular tekis jilvirlash, balandlik bo‗yicha 0,3 mm ga 
kamaytiriladi. Shundan so‗ng qopqoqlari joyiga o‗rnatilgan holda 
qotirilib, maxsus yoki bo‗ylama yo‗nuvchi stanokda teshik normal 
o‗lchamga yo‗niladi. 
Blok usttepasi tayanch yuzasining qiyshayganlik yotiq jilvirlovchi 
yoki maxsus moslangan vertikal teshuvchi stanoklarda to‗g‗rilanadi. 
Silindr va silindrlar gilzasining ish jarayoni porshen xalqalarining 
ishqalanishi abraziv zarrachalar gaz eroziyasi va yuqori harorat ta‘sirida 
yeyilida. Bir blokdagi barcha silindrlarga bir xil ta‘mirlash 
o‗lchamlarida ko‗proq yeyilgan bo‗lsa, ular nominal o‗lcham bo‗yicha 
yangi gilzalar qo‗yish bilan tiklanadi. 
Silindrlarni yo‗nish maxsus ko‗chma yoki qo‗zqalmas yo‗nuvchi 
stanoklarda amalga oshiriladi. Ko‗chma yo‗nish stanoklarida, odatda, 
quvvati jihatidan uncha katta bo‗lmagan ta‘mirlash ustaxonalarida 
qo‗llaniladi, ixtisoslashgan ta‘mirlash korxonalarida esa qo‗zg‗almas 
vertikal yo‗nuvchi stanoklardan foydalaniladi. Yo‗nish uchun tokarlik 
stanoklaridan foydalaniladi. Yo‗nish uchun tokarlik stanoklaridan ham 
foydalanish mumkin, buning uchun maxsus moslamalar ishlatiladi. 
Silindrlarni yo‗nishda texnologik baza sifatida silindrlar blokining pastki 
tekisligi va silindrlarning yuqori qismidagi faskasi xizmat qiladi. 
Gilzalarni yo‗nishda yoki jilvirlashda baza sirt vazifasini tashqi belbog‗i 
va gilzaning yuqori ko‗ndalang tekisligi bajaradi. 
Silindrlarni markazlashtirish uchun markazlashtiruvchi to‗g‗rila-
gich-opravka (qiskich) va indikotori bor moslama qo‗llaniladi. Silindrlar 
bloki stanokning stoliga o‗rnatilgandan so‗ng shpindelning teshigiga 
markazlashtirish uchun to‗g‗rilagich (opravka) qo‗yiladi. To‗g‗rilagichni 
shunday yo‗nish kerakki, uning sferik uchi shpindelning markazidan 
D(2 masofada yoki o‗lchash qulay bo‗lishi uchun shpindeldan 1((d(D)(2 
masofada joylashsin. So‗ngra to‗g‗rilagich qotirilib, shpindel blokining 
silindriga shunday tushirilishi kerakki, bunda to‗g‗rilagichning 


235 
sharsimon uchi blokning sirtidan 3-4 mm chuqurlikda joylashsin. 
Markazlashtirish shpindelini burish orqali amalga oshiriladi. Keyin 
silindlar bloki stolga boltlar va tutib turgichlar bilan mahkamlanadi. 
So‗ngra shpindelni yuqorigi teshigiga kesgich qo‗yiladi va u kerakli 
o‗lcham bo‗yicha joylashtiriladi. Agar keskich chikig‗ini «a» bilan 
belgilasak, u holda mikrometrning ko‗rsatishi quyidagicha bo‗ladi: 

d



Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin