Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

keskich chikig‘ining qiymati a

(D
1
-d)


U holda

d

a

(D
1

d)


Yo‗nilgandan so‗ng silindlarning o‗qlari orasidagi masofa va 
silindr o‗qlarining tirsakli val o‗qiga perpendikulyarligi (chetga chiqish
silindrning butun uzunligi bo‗yicha 0,05 mm dan oshmasligi kerak) 
ta‘minlanishi hamda u silindrning diametri ta‘mirlash o‗lchamidan 0,04-
0,1 mm kichik bo‗lishi, ya‘ni me‘yorga yetkazish operatsiyasi uchun 
qo‗yim qoldirilishi kerak. Xromlash, vertikal xromlash yoki vertikal 
parmalash stanoklarida maxsus xromlash kallagi yordamida amalga 
oshiriladi. 
Xomaki xromlash, odatda yirik donali keramik bog‗lovchi donalari 
10-16 bo‗lgan to‗rt qirrali yashil korborundli qayroqtosh (brusok)larda 
yoki 
ASR 
50(40, 
ASR 
100(80)) 
sintetik 
olmos 
chorqirra 
qayroqtoshlarda yakuniy xromlashga 0,002-0,03mm qo‗yim qoldirib 
amalga oshiriladi. Silindrlar xromlangandan so‗ng, ularning ovalligi va 
konusligi 0,02 mm dan oshmasligi, g‗adir-budurligi 9-sinf darajasidan 
past bo‗lmasligi nazorat qilinadi. Barcha nuqsonlar tuzatilgandan so‗ng 
ta‘mirlangan silindrlar blokidagi suv g‗iloflarining germetikligi sinalishi 
zarur. Sinash uchun, odatda, maxsus gidravlik KI-5372 turdagi 
qurilmalardan foydalaniladi. 
Uzatmalar qutisi korpusdagi podshipnik o‗rindiqlarining yeyilish 
epoksid smolalari asosidagi tarkiblar, mahalliy vanna qo‗llash yo‗li bilan 
ta‘mirlanadi. 
Podshipniklarning o‗rindiqlarni epoksid tarkiblar bilan ta‘mirlash 
quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: 
- uzatmalar qutisi korpusini yo‗nish stanogiga joylashtirish va 
yeyilgan teshikni maxsus to‗g‗rilagichlar yordamida stanok shpindeliga 
nisbatan markazlashtirish; 
- uzatmalar qutisi korpusini mahkamlash; 
- teshik yuzasini yog‗sizlashtirish; 


236 
- epoksid tarkibini surtirish va xona haroratida 10 daqiqa davomida 
quritish; 
- po‗lat 40 dan tayyorlangan to‗g‗rilagich bilan tayanch joyida 
nominal o‗lchamda teshik ochish; 
- uzatmalar qutisini olish va qoplangan tarkib qotguncha ushlab 
turish. 
Podshipniklarni o‗rindiqlarini temirlash usuli yordamida o‗tkir 
qirralar va urilgan joylar bartaraf qilinadi, benzin bilan yuviladi, so‗n-
dirilgan oxak bilan yoqsizlantiriladi va shundan so‗ng yuqori
konsentratsiyali xlor va sulfat elektrolitlarda temirlanadi. Bunda 
vannasiz 
yoki 
maxalliy 
temirlash 
usuli 
qo‗llaniladi. 
Teshik 
temirlangandan so‗ng teshikning normal o‗lchamini olish uchun 
proshivka bilan mexanik ishlov beriladi. 
Uzatmalar qutisi korpusidagi podshipniklarning o‗rindiqlarni 
qo‗shimcha detallar o‗rnatish usuli bilan tuzatishda teshik kattaroq 
o‗lchamga yo‗nilib, u yerga avvaldan yasalgan qo‗shimcha detal 
(vtulka) presslanadi va u vintlar yoki yelimlar bilan mahkamlab 
qo‗yiladi. So‗ngra vtulkaga podshipnik o‗rnatiladigan teshikning 
nominal o‗lchami bo‗yicha mexanik ishlov beriladi. O‗q va vallarning 
qiyshiq turishi va parallelmasligi ham uzatmalar qutisi korpusiga 
qo‗shimcha detal (vtulka) o‗rnatib va maxsus moslamalar qo‗llab, 
stanoklarda mexanik ishlov berish orqali bartaraf qilinadi. 
Teshiklarga oxirgi ishlov berish, konduktorlar va yo‗nish mosla-
malarini qo‗llab yo‗nishi yoki uya o‗lchamlari bo‗yicha tayyorlangan 
puansson pressi ostida itarishdan iboratdir. Konuslardagi yoriqlar, siniq-
lar, teshiklar sovuq holda elektr yoyli payvandlash vositasida 
kuydiruvchi valiklar usuli bilan yoki oldindan isitib, bartaraf qilinadi. 
Bloklardagi yoriqlarni payvandlash uchun metallsiz elektrodlar 
bilan sovuq payvandlash yoki oldindan sekin isitib, issiq gaz payvand-
laridan foydalaniladi. 
Yuklanmagan joylardagi yoriqlar ham epoksid smola asosida tay-
yorlangan polimer kompozisiyalari bilan yopiladi yoki maxsus yelimlar 
qoplanadi. 
Quyma sirtlarning g‗adir-budurligi, tirnalgan va tob tashlagan 
joylarni silliqlash, frezerlash yoki shaberlash orqali bartaraf qilinadi. 
Silliqlashni radial - parmalash yoki yassi silliqlash dastgohlarida katta 
diametrli abraziv tosh g‗ildiraklari orqali amalga oshiriladi. Yoriqlarni 


237 
shtiftlar, shakldor quymalar, yamoq solish, gaz va elektr payvandlash 
usullari bilan ham ta‘mirlash mumkin. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin