Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
 
XI BOB. DETALLARNI TIKLASHDA ILG‘OR 
TEXNOLOGIYALAR 
 
11.1. Lazer yordamida ishlov berish texnologiyasi 
 
Lazerli ishlov berish lazer nurlanishining sirt kichik uchastkasida 
issiqlik oqimining yuqori zichligini hosil qilish qobiliyatidan foyda-
lanishga asoslangan, u amalda har qanday materialni eritish, qizdirish 
yoki bug‗latish uchun yetarli bo‗ladi. 
Zamonaviy lazer texnologiyasida nurlanish quvvatining 104 dan 
108 Vt/sm
2
gacha zichligidan foydalaniladi, uning ta‘sir etish 
davomiyligi 1 dan 10-6 s gacha vaqtni tashkil etadi: 
Nurlanishning vaqtinchalik va energetik xususiyatlarini rostlash 
yo‗li bilan eritmasdan qizdirish, shuningdek, material sirti qismini 
qizdirish va bug‗lantirishni amalga oshirish mumkin (11.1- rasm). 
11.1 - rasm. Lazerli ishlov burishning har xil turlari uchun 
nurlantirish rejimlari

 
1- zarbiy impulsli; 2 - kesish, payvandlash, eritib toblash; 3-legirlash, 
qoplamalarni eritib va changitib qoplash; 4-eritmasdan toblash. 
Lazerli ishlov berishning asosiy turlarini ishlov beriladigan mate-
rialning birlik hajmiga kiritiladigan energiya miqdori bo‗yicha quyidagi 
tartibda joylashtirish mumkin: sirtga termik ishlov berish, lazerli pay-


211 
vandlash, eritib qoplash, legirlash, gaz-lazerli kesish, zarb berib 
puxtalash. 
Material sirtini puxtalash davomiyligi 10-8s va nurlanish quvvati 
zichligi 108-109 Vt/sm
2
bo‗lgan impulslar hosil qiladigan zarbiy 
to‗lqinlar yordamida bajariladi. Ularning ta‘sirida metall sirtida plazma 
qatlami hosil bo‗ladi, u lazer nuriga ro‗parama –ro‗para tarqaladi, 
buning natijasida zarbiy to‗lqin hosil bo‗ladi. Zarbiy to‗lqinlar metallga 
bosim ostida ishlov berilgandek ta‘sir etadi. 
Lazel yordamida eritishga quvvat zichligi 104-107 vt/sm2 bo‗lgan 
uzluksiz nurlanishdan foydalanib erishiladi va sirlashda (suyuq holatida 
lazer yordamida sirt ishlovi berish), payvandlashda, kesishda, sirtni turli 
komponentlar chaplash va keyin sirtni impulsli yoki uzluksiz nurlantirib 
eritishdir. 
Legirlovchi komponentlar buyumlarning sirtiga kukun yoki pastani 
qatlam ko‗rinishida chaplashdan iborat yoki qoplamalar chaplashning 
galvanik usulidan foydalaniladi. Pasta metall kukunning vaqtincha
bog‗langan, ishlov berish jarayonida yonib tugaydigan aralshmasidan 
iborat. Sirtni surkamalar va pastalardan lazerli legirlash uchun, 
yoqsizlantirishdan tashqarii, oldindan tayyorlash talab etilmaydi. 
Ishlov berish zonasiga eritib o‗tkaziladigan material, asosan, kukun 
uzatib lazerli legirlash jarayonida ish unumdorligi ancha yuqori bo‗ladi. 
Cho‗yan va po‗latni xrom bilan lazerli legirlash korrozion bardoshlikni, 
Ayni bir paytda zarbiy qovushqoqlik va yeyilishga chidamlilikni 
oshiradi. Xrom va uglerod bilan kam uglerodli nikelmolibdenli po‗latni 
legirlash chuqurligi 1,25 mm va qattiqligi 55 NRC bo‗lgan qatlam hosil 
qilishga imkon beradi. 
Alyuminiy qotishmalarini legirlash uchun odatda temir, nikel, 
titan, ferrovanadiy va Ni-Cr-B-Si, Co-Cu qotishmalari va boshqalar 
qo‗llanadi, 
natejada 
bu 
qotishmalarning 
legirlash 
zonasining 
mikroqattiqligi 3000 MPa gacha ortadi. Sirtning maxsus xossalarini 
hosil qilish uchun yaxlit kompozitsiyalar bilan lazerli legirlash 
(masalan,Ni, Co, Fe, Sr ning borlangan kukunlari bilan) katta istiqbolga 
ega. 
Lazerli eritib qoplash uchun turli materiallar: kobalt va nikel 
asosidagi qotishmalar, qiyin eriydigan karbidlar va boridlar va metal 
bog‗lanishli kompozitsiyalar va boshqalardan foydalaniladi. Lazer yor-
damida kukunli eritib qoplash 0,2…1,0 mm qalinlikda eritib qoplashda 


212 
qoplamalar sifatini yaxshilaydi. Bu turdagi eritib qoplash texnologiyasi 
detallarni tozalash (har qanday yuvish eritmasi bilan bajariladi), surkama 
surkash va uni fokuslangan nur yordamida eritishdan iborat. 
Lazerli eritib qoplashda kukun material bevosita lazerning 
nurlanish zonasiga gaz oqimi bilan beriladi (11.2-rasm). Kukun 
zarrachalari lazerning nurlanish zonasida ishlov beriladigan sirtga 
tushganiga qadar qiziy boshlaydi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin