227
10T yelimi maxsus qurilmalarda shimdiriladi va quritiladi. Yelimlashda
tasmadan keragicha qirqib olinib, yopishtiriladigan yuzalar orasiga
qo‗yiladi va ularni maxsus qurilmada 0,2–0,3 MPa bosimda siqiladi.
So‗ngra yelimlangan detallar 180±5°C gacha qizdiriladi va 1,5 soat
mobaynida ushlab turiladi.
Friksion ustqo‗ymalarni o‗rnatishda parchin mixlar o‗rniga
yelimlardan foydalanish ta‘mirlashdagi mehnat sarfini 3 marotaba
kamaytiradi, friksion ustqo‗ymaning ish yuzasi ortadi.
Mashina detallarini sintetik materiallardan foydalanib ta‘mirlash
usulining oddiyligi, birikmalarning puxta chiqishi va narxi arzonligi va
bunda uncha murakkab bulmagan uskunalardan foydalanilishi mazkur
usulning afzalligi hisoblanadi.
Ammo detallarni sintetik materiallar yordamida ta‘mirlash qator
kamchiliklarga ham ega. Bunga sintetik materiallarning issiqlikni yaxshi
o‗tkazmasligi, qattiqligining pastligi va vaqt utishi bilan fizik-mexanik
xususiyatlarining uzgarishi mumkinligi kiradi.
Dostları ilə paylaş: