233
Yeyilgan o‗tqazish teshiklari vertikal - yo‗nuvchi dastgohlardan
yoki konduktorlar yordamida birlamchi yo‗nish ishlari bajariladi yoki
qo‗shimcha xalqalar qo‗yib tiklanadi. Uzatish qutilarining korpusidagi
nosozliklar, korxona ba‘zasidagi ustaxonaning tokarlik, frezerlik hamda
parmalash dastgohlaridan foydalanib sozlanadi.
Korpusning yo‗nilgan teshiklariga xalqalar presslanadi va shundan
so‗ng, ularning teshiklari nominal o‗lchamga moslab yo‗niladi.
Xalqa-
larini vintlar, yelim bilan qotirish ham mumkin. Bunday xalqalarini,
o‗lchamlari ta‘mirlanayotgan korpusning o‗tqazish teshiklari o‗lcham-
lariga mos bo‗lgan metall quvurlardan ham yasash mumkin. Bundan
tashqari, aylanuvchi elektrod bilan (qizil mis yoki zanglamaydigan
po‗latdan qilingan) elektronimpuls o‗stirish, polimer kompozitsiyani
qo‗llash, postellar 0,3 mm dan ortiq yeyilganda esa temirlash usulini
qo‗llash ham yaxshi samara beradi.
Silindrlar blokidagi darzlar va yoriqlar elektr yoyi vositasida yoki
gaz alangasida payvandlash yo‗li bilan ta‘mirlanadi.
Bundan tashqari,
usullar yamoq solib, botlar bilan qotirish yoki payvandlash usullari
yordamida hamda polimer materiallar qo‗llab materiallar qo‗llab ham
ta‘mirlash mumkin.
Uzatmalar (transmissiya yoki orqa ko‗prik) qutisida korpusidagi
darzlar kuydiruvchi valiklar qo‗yish yo‗li bilan elektr payvandlash
yordamida tuzatiladi, bu esa cho‗yanning oqarishining eng kichik
darajasiga kamaytiradi hamda payvand chokida va chok atrofi soxasida
ichki kuchlanishlar hosil bo‗lishining oldini oladi. Bu usulda 30-35 mm
uzunlikda birinchi payvand qatlami qoplangandan so‗ng,
darhol uning
ustiga ikkinchi qatlam qoplanadi va detal sovitiladi. Birinchi qatlam
ustiga ikkinchi qatlamni darhol qoplash natijasida chok ko‗proq qiziydi,
buning natijasida sementining ancha qismi parchalanadi va chokning
toblangan qismi bo‗shashadi, bu hol uning qattiqligini pasaytiradi va
qoldiq kuchlanishlardan xolos qiladi.
Suv g‗ilofi sirtidagi darzlarga yamoq solinadi, BF markali yoki
epoksid smolalari asosidagi yelimlar bilan yelimlanib qo‗yiladi. Teshik-
lardagi buzilgan yoki yoyilgan rezbalar kattalashtirilgan rezbalar ochish
yoki vstavkalar qo‗yish yo‗li bilan tiklanadi.
Rezbalari yoyilgan shpilkalari, odatda, ta‘mirlanmaydi va yaroqsiz
detallar qatoriga kiritiladi.
234
Gaz taqsimlash valining yeyilgan vtulkasi kattaroq o‗lchamga
yo‗nish va ta‘mirlash o‗lchami bo‗yicha yasalgan qo‗shimcha vtulka
o‗rnatish yo‗li bilan ta‘mirlanadi.
Silindrlar blokidagi vkladishlar o‗rindiqlaridagi yoyilishlar,
ovallik,
konuslik payvandlash, temirlash yoki epoksid smolasi asosida
yelimli tarkiblar bilan tuzatiladi. Agar vkladishlarning tayanch yuzalari
o‗qlarining bir o‗qda yotishi yoyilish va tayanch yuzalari deformatsiyasi
natijasida buzilsa, ular tekis jilvirlash, balandlik bo‗yicha 0,3 mm ga
kamaytiriladi. Shundan so‗ng qopqoqlari joyiga o‗rnatilgan holda
qotirilib, maxsus yoki bo‗ylama yo‗nuvchi stanokda teshik normal
o‗lchamga yo‗niladi.
Blok usttepasi tayanch yuzasining qiyshayganlik yotiq jilvirlovchi
yoki maxsus moslangan vertikal teshuvchi stanoklarda to‗g‗rilanadi.
Silindr va silindrlar gilzasining ish jarayoni porshen xalqalarining
ishqalanishi abraziv zarrachalar gaz eroziyasi va yuqori harorat ta‘sirida
yeyilida. Bir blokdagi barcha silindrlarga bir xil ta‘mirlash
o‗lchamlarida ko‗proq yeyilgan bo‗lsa, ular nominal o‗lcham bo‗yicha
yangi gilzalar qo‗yish bilan tiklanadi.
Silindrlarni yo‗nish maxsus ko‗chma yoki qo‗zqalmas yo‗nuvchi
stanoklarda amalga oshiriladi. Ko‗chma yo‗nish
stanoklarida, odatda,
quvvati jihatidan uncha katta bo‗lmagan ta‘mirlash ustaxonalarida
qo‗llaniladi, ixtisoslashgan ta‘mirlash korxonalarida esa qo‗zg‗almas
vertikal yo‗nuvchi stanoklardan foydalaniladi. Yo‗nish uchun tokarlik
stanoklaridan foydalaniladi. Yo‗nish uchun tokarlik stanoklaridan ham
foydalanish mumkin, buning uchun maxsus moslamalar ishlatiladi.
Silindrlarni yo‗nishda texnologik baza sifatida silindrlar blokining pastki
tekisligi va silindrlarning yuqori qismidagi faskasi xizmat qiladi.
Gilzalarni yo‗nishda yoki jilvirlashda baza sirt vazifasini tashqi belbog‗i
va gilzaning yuqori ko‗ndalang tekisligi bajaradi.
Silindrlarni markazlashtirish uchun markazlashtiruvchi to‗g‗rila-
gich-opravka (qiskich) va indikotori bor moslama qo‗llaniladi. Silindrlar
bloki stanokning stoliga o‗rnatilgandan so‗ng shpindelning teshigiga
markazlashtirish uchun to‗g‗rilagich (opravka) qo‗yiladi. To‗g‗rilagichni
shunday yo‗nish kerakki, uning sferik uchi shpindelning markazidan
D(2 masofada yoki o‗lchash qulay bo‗lishi uchun shpindeldan 1((d(D)(2
masofada joylashsin. So‗ngra to‗g‗rilagich qotirilib, shpindel blokining
silindriga
shunday tushirilishi kerakki, bunda to‗g‗rilagichning
235
sharsimon uchi blokning sirtidan 3-4 mm chuqurlikda joylashsin.
Markazlashtirish shpindelini burish orqali amalga oshiriladi. Keyin
silindlar bloki stolga boltlar va tutib turgichlar bilan mahkamlanadi.
So‗ngra shpindelni yuqorigi teshigiga kesgich qo‗yiladi va u kerakli
o‗lcham bo‗yicha joylashtiriladi. Agar keskich chikig‗ini «a» bilan
belgilasak, u holda mikrometrning ko‗rsatishi quyidagicha bo‗ladi:
d
a
Dostları ilə paylaş: