Tshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya " kafedrasi"



Yüklə 144,43 Kb.
səhifə1/3
tarix23.05.2023
ölçüsü144,43 Kb.
#127484
  1   2   3
MT 83 Abdurahmonov Otabek Korporativ moliya mustaqil ish 2 XULOSA




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTMAXSUSTA’LIM VAZIRLIGI


TSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

MOLIYA ” KAFEDRASI”


Abdurahmonov Otabekning


KORPORATIV MOLIYA FANIDAN:
Kompaniyalarni tahlil qilish bo’yicha ikkinchi mustaqil ishi uchun xulosa

Aksiyani ichki qiymatini baholash
Korporativ moliya fanidan 2-mustaqil ish sifatida ro’yxat bo’yicha menga Microsoft Corporation, Walmart Inc, Apple va ST.JAMES'S PLACE PLC ORD 15P kompaniyalarning fond bozoridagi ko’rsatgichlaridan foydalanib, CAPM va WACC qiymatini aniqlash va erishilgan natijalardan foydalanib Diskontlangan dividend modeli asosida har uchta kompaniyaning aksiyalarini ichki qiymatini baholash mustaqil ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tahlil uchun zarur ma’lumotlar bazasi www.finance.yahoo.com, www.investing.com va www.macrotrends.com sayti ma’lumotlari asosida shakllantirildi.
Walmart Inc kompaniyasi AQSH kompaniyasi bo’lib, aksiyalari Nyu-York fond birjasida sotiladi va u S&P500 indexi tarkibiga kiradi. Apple kompaniyasi ham AQSh kompaniyasi bo’lib, Nyu-York fond birjasida uning aksiyalari sotiladi va uning aksiyalari Dow Jones indexi tarkibida kiradi. Microsoft Corporation kompaniyasi ham AQSh kompaniyasi bo’lib, Nasdaq fond birjasida uning aksiyalari sotiladi va uning aksiyalari Nasdaq100 indexi tarkibida kiradi. ST.JAMES'S PLACE PLC ORD 15P kompaniyasi Buyuk Britaniya kompaniyasi bo’lib, uning aksiyalari London fond birjasida sotiladi va u FTSE indexi tarkibiga kiradi.
Tahlil uchun har uchala kompaniyaning aksiyalarini kunlik o’zgarish statistikasi va har bir aksiya sotilayotgan indexning kunlik o’zgarish statistikaning 5 yillik kunlik statistikasini excel formatda yuklab oldik. Tahlil qilanayotgan ma’lumotlar 2018-yil 9-maydan 2023-yil 9-may sanasiga bo’lgan darvni o’z ichiga oladi. Olingan ma’lumotlar asosida CAPMni quydagi formula asosida aniqlab olamiz.
𝑬(𝑹) = 𝑹𝒇 + 𝜷 (𝑴𝒓 - 𝑹𝒇)
Bu yerda,
𝑬(𝑹) kutilayotgan qaytim
𝑹𝒇 risksiz stavka
𝜷 bozor betasi (beta koeffitsienti)
𝑴𝒓 bozor qaytimi
𝑴𝒓 - 𝑹𝒇 risk uchun mukofot
Risksiz stavka (𝑹𝒇) - nazariy jihatdan investorning har qanday investitsiya uchun kutayotgan minimal daromadidir. Amalda daromad olishda risksiz Stavka mavjud emas, chunki investitsiyalarning har bir turida risk oz bo’lsa-da mavjud. Risksiz stavka inflyatsiya darajasi va investitsiya muddatiga mos keladigan davrdagi davlat obligatsiyalarini daromadlilik stavkasi o’rtasidagi farq hisoblanadi.
Risksiz stavkasi oshishi bozordagi risk uchun mukofot darajasini oshishini talab qiladi. Chunki, investor yuqori risksiz daromad olish imkoniyatiga ega bo’lganligi sababli riskli investitsiyalardan kutilayotgan daromad darajasi risksiz investitsiyalardan kutilayotgan daromad darajasiga nisbatan baland bo’lishi kerak.
Rivojlangan davlatlarda risksiz stavka sifatida bir yillik obligatsiyalarning o’rtacha foiz stavkasi olinadi, G’arbiy Yevropa va shimoliy Amerika davlatlarida 1 yilllik obligatsiyalarning o’rtacha foiz stavkasi 2-3 % atrofida bo’lib, davlat obligatsiyalarining likvidliligi yuqoriligi sababli risksiz stavka sifatida qabul qilinadi.

Yüklə 144,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin