Tukli erva (pol-pola) aerva lanata juss. A o’simligining botanik tavsifi va dorivor xususiyatlari 1Esirgapova Dilxumor



Yüklə 18,25 Kb.
səhifə2/4
tarix22.12.2022
ölçüsü18,25 Kb.
#121640
1   2   3   4
dilxumor tukli erva

Geografik tarqalishi: Hindiston, Filippin, Yangi Gvineya va boshqa Osiyo davlatlari va Afrikaning tropik tumanlaridagi qumli yerlarda, cho’llarda va butalar orasida o’sadi. Ozbekistonda tukli erva bir yillik o’simlik sifatida o’stiriladi. Oʼsimlik gullagan davrida yer ustki qismi o’rib olinadi va 3-4 sm qalinlikda soya yerda biror narsa (faner taxta, brezent, mato, va boshqalar) ustiga yoyib quritiladi. [4]
Kimyoviy tarkibi: Barigining tarkibida C va K vitaminlar, fenolkarbon va boshqa kislotalar, flavonoidlar (kempferol, kversetin, rutin, giperozid va boshqalar), prunazin glikozidi, alkaloidlar, leykoantotsianlar, shilliq, oshlovchi va boshqa moddalar, mevasida – uglevodlar (5,3 - 12.2 foiz qandlar: fruktoza , glukoza, saxaroza, 3.77 - 4.33 foiz pektinlar), B, C va P vitaminlar xlorogen va boshqa kislotalar, triterpenjar, efir moyi, mineral (mis va temir birikmalari), oshlovchi va boshqa birikmalar bor. Meva efir moyi limonen, linalool,siraterpinol, farnazen va boshqa terpenlardan tashkil topgan.[3]Ushbu mahsulotlar odam organizmi uchun foydali hisoblanadi va quyidagi funksiyalarni bajaradi.
Alkaloidlar: unda mavjud boʻlgan muhim alkaloidlardan baʼzilari ervin, ervoside, aervoside, ervaolanin, va metilervindir.
Flavonoidlar.Unda mavjud boʻlgan muhim flavonoidlardan baʼzilari kaempferol, quercetin, persinol, persinosidlar va boshqalardir. U shuningdek lupeol, lupeol atsetat, benzoy kislota, va tanil kislotasi kabi boshqa birikmalarni ham oʻz ichiga oladi. [5]
Aminokislotalar: oqsil sintezida qatnashadi, tanani tozalaydi.
Pektin moddalari: ogʻir tuzlarni yoʻqotadi.
Kaliy: qon bosimini normallashtiradi.
Bundan tashqari vitamin va minerallar ham mavjud. [6]
Tibbiyotdagi ahamiyati: "Pol-pola" ning yer ustki qismlari tabobatda diuretik vosita sifatida ishlatiladi. Uning damlamasi buyrak va siydik yo’llari xastaligi va prostata bezlarining shamollashini davolashda qo’llaniladi. Hindiston va Neylon xalq tabobatida o’simlik damlamasi buyrakdagi toshlarni eritishda, buyrak shamollash asoratlarini davolashda, organizmdagi gijjalar va har-xil gelmintlarni tushirishda ishlatiladi. Alohida ta’kidlash joizki, ayni paytda respublikamizning ixtisoslashgan o’rmon xo’jaliklari va ayrim fermer xo’jaliklarida mazkur o’simlik ekib o’stirilmoqda. Ildizlari bosh og’rig’ida asqotadi.O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tukli erva damlamasini Respublika hududida tibbiyot amaliyotida spazmolitik va peshob haydovchi vosita sifatida ishlatishga ruxsat bergan. [2]
Aerva lanata ekstrakti astmani davolashda samarali ekanligini isbotlangan. Oʻsimlikning suvli qaynatmasi diareyani davolaydi. Qondagi shakar darajasini pasaytiradi. Diabetga chalingan koʻplab bemorlarda tana vaznining pasayishiga ham yordam beradi. Shuningdek oʻsimlik saratonga qarshi xususiyatlarga ega.Tadqiqotda inson saraton hujayralari (leykemiya, prostata, yon ichak va bachadon boʻyni) 30, 50 va 100 mg dozada aerva lanataning etil atsetat va xloroform fraksiyasi bilan davolanadi. Ikkala fraksiyaning 100 milligrami saraton hujayralarining barcha liniyalariga qarshi samarali ekanligi isbotlandi. Pol pola ajoyib nefrologik himoyaga ega. Aerva lanata ekstraktini isteʼmol qilish qondagi karbamid va sarum kreatinin darajasini pasaytirishga yordam beradi. [5] Oʻt tosh kasalliklari, podagra, urolitiyoz, osteoxondroz, pielonefrit, ich qotishi, ichakdagi poliplar, myoma oshqozon yarasi kabilarga ham davolovchi vosita sifatida ishlatiladi. [6]

Yüklə 18,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin