12
nisbiy maydon va kubaturalari, xonalarning harorat-namlik rejimi, to’siqlarning germetikligi,
tovush izolyatsiya, namligi va boshqalar kiradi.
Binolarni qurishda loyihada ko’rsatilgan parametrlarning qiymatini ta’minlashi
loyiha va QMQ talablarini aniq bajarilishi qurilish-montaj ishlarini yuqori sifatli bo’lishi
orqali ta’minlanadi. Har qanday bino berilgan xizmat muddati mobaynida loyihada ko’zda
tutilgan va qurishda unga berilgan sifat darajasi saqlanishini hisobga olgan holda quriladi.
Masalan, devor etarli mustahkamlik va tovush izolyatsiya hossalari bilan bir qatorda o’zining
butun xizmat muddati mobaynida 1 soatda 1 kv.m yuzasidan hisobiy miqdor kaloriyadan ko’p
bo’lmagan issiqlik o’tkazishi kerak, isitish tizimi esa o’z navbatida xonaga ma’lum
miqdordagi issiqlikni etkazib berishi lozim va shu kabilar.
Binoning ma’lum chegaralarida unga qo’yilgan parametrlarni saqlash hossasi
binoning ishonchliligi deb ataladi. U me’yoriy vaqt mobaynida berilgan ekspluatatsiyaviy
sharoitlarda talab qilinuvchi parametrlarni saqlashi ehtimoli bilan baholanadi.
Ishonchlilik loyihalashtirish
jarayonida mustahkamlik, barqarorlik, germetiklik va
shu kabilarni hisoblash vaqtida qo’yiladi. Bunda ashyolarning xossalarini konstruksiyalarning
ishlash sharoiti bilan bog’lovchi koe’ffitsientlar konstruksiyaning yaroqli holda tutib qabul
qilinadi. Binolarning ishonchliligi uni qurishda yuqori sifatli
ashyolardan foydalanish, ish
texnologiyasiga qat’iy rioya qilish, loyiha talablariga to’la muvofiqlik orqali ta’minlanadi.
Ekspluatatsiya jarayonida binolarning ishonchliligi pasayishi mumkin, zero tabiiy
ta’sirlar ostida, asosan tashqi tarafdan atmosfera omillari va ichki tarafdan turli tajovuzkor
texnologik chiqindilar ta’sirida konstruksiya eskiradi va sekin-asta emiriladi.
Ekspluatatsiya
xizmatining vazifasi berilgan xizmat muddati mobaynida binolardagi ko’zda tutilgan
parametrlarni saqlanishini ta’minlovchi chora tadbirlar ishlab chiqilishi va ularni amalga
oshirilishdan iborat.
Bino parametrlarining saqlanganligiga, ya’ni ularning ishonchligiga ko’plab
konstruksiyaning hisobiy sxemasini haqiqiy ish sharoitiga mosligidan
to ashyolar sifati va
ularni tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinishigacha bo’lgan omillar katta ta’sir ko’rsatadi.
Binobarin, bu omillarning ko’pchiligi tasodifiy tavsifga ega ekanligidan, ishonchlilik extimoli
tavsif kasb etiladi.
Bino ishonchliligi 3 asosiy tavsif bilan baholanadi:
1)
buzilmasdan ishlash extimoli (asllik);
2)
umrboqiylik;
3)
remontga yaroqlilik.
13
Binoning umrboqiyligi deb, shunday vaqt tushuniladiki, uning mobaynida, remontga
ketgan tanaffuslar bilan birga, binoga berilgan chegaralarda ekspluatatsiyaviy sifatlar
saqlanib qoladi. Ular to’liq remontda o’zgartirilmaydigan qismlar: devorlar, karkaslar,
poydevorlar xizmat muddati bilan aniqlanadi.
Binoning qator konstruksiyalari (tom, pol, deraza romlari,
muhandislik qurilmalari
va boshqalar) odatda kamroq umrboqiylikka ega bo’ladi, shuning uchun ular, birinchidan,
davriy ravishda qoplamalar bilan himoyalanadi, ikkinchidan
eskirish darajasiga qarab
o’zgartiriladi.
Umrboqiylik asosan 2 xilga bo’linadi: jismoniy va texnologik yoki ma’naviy
umrboqiylik.
Jismoniy umrboqiylik konstruksiyalarning jismoniy va texnik: mustahkamlik,
germetiklik, issiqlik va tovush izolyatsiyasi va boshqa tavsiflarga bog’liq.
Texnologik yoki ma’naviy umrboqiylik binoning o’z mosligiga, unda sodir
bo’layotgan funksional yoki texnologik jarayonlarga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: