22
ketadi. g’ovakli konstruksiyalarda, hamda choklari yaxshi bajarilmagan
bir qatlamli yirik
o’lchamli konstruksiyalarda yomg’ir namligi devorga chuqur kiradi, hatto bu namlik xona
ichiga ham o’tib ketadi.
Trotuarga tushayotgan suvning sachrashidan hosil bo’luvchi devordagi namlanish
zonasi 50 sm gacha etadi. SHu sababdan binoning zich yuzaga ega bo’lmagan
sokol qismi
ancha tez buzuladi.
Tomchili – suyuq namlanishdan farqli, konstruksiyalarning kondensatsiyali
namlanishi suv bug’larining havo bilan birga harakatlanishi natijasida yuz beradi.
Hoh tabiiy, hoh sun’iy bo’lsin qurilish ashyolari o’zining tarkibi bo’yicha bir jinsli
bo’lmagani uchun suv
va undagi tuz va kislotalar, hamda shamol ta’siri ostida ular notekis
buzuladi. Konstruksiyalarni tuzli eritmasi bilan ko’p marta va uzoq vaqt namlanib turilishi
ularni buzulishga olib keladi. Metall konstruksiyalar barcha kislotalarning ta’siri ostida
korroziyaga duchor qilinadi. Tosh ashyolardan ayniqsa suvdagi
karbonat kislotasiga H
2
CO
3
bo’lgan sezgirlik ohaktoshlarda, dolomitlarda, ohakli bog’lovchilardagi qumloqlar va ushbu
jinslardan iborat chaqiqtoshli betonlar ayniqsa kuchli namoyon bo’ladi.
Karbonat
kislotasining ashyolar bilan o’zaro ta’siri natijasida konstruksiya yuzasida ko’karishlar hosil
bo’ladi, ajralgan ohak chiqib qoladi.
Quyosh nuri va namlikning ta’siri ostida tosh ashyolar ko’pincha rangsizlanadi,
bunda rang o’zgarishi deb bo’lmaydi. Masalan, temiri bor jinslar uning oksidlanish natijasida
o’z rangini o’zgartiradi, biroq ularning yuzasini mustahkamligi bu holda hatto oshadi ham.
Grunt suvlarining ta’siri. Tabiatda grunt suvlari 3 turda mavjud bo’ladi:
1)
bog’langan (ximiyaviy, gigroskopik, so’rilgan yoki pardasimon);
2)
erkin yoki suyuqlik ko’rinishida;
3)
bug’ ko’rinishida, g’ovaklar bo’yicha harakatlanuvchi.
Grunt suvlarining tajavvuzkorligini baholashda uning tavsifi o’zgaruvchan ekanligini
nazarda tuish lozim: vaqt o’tishi bilan inshootning er osti qismida suv rejimi o’zgarishi
mumkin va bunday holda muhitning tajavvuzkorligi oshishi yoki kamayishi mumkin.
Grunt suvlarining kapillyar ko’tarilishi oqibatida yuqoriga anchagina balandlikka
ko’tarilishi mumkin, hamda gruntning yuqori qatlamlarini suvga bo’ktirish mumkin.
Ayrim inshootlarda kapillyar va grunt suvlari birga qo’shilib ketib inshootning er osti
qismini
suvda qoldirishi mumkin, buning natijasida esa konstruksiya korroziyasi kuchayadi,
asosning mustahkamligi pasayadi. Grunt suvlarining minerologik tarkibini o’zgartirish,
ularning inshoot er osti qismiga nisbatan bo’lgan tajavvuzkorligini o’zgartiradi. Namlik mo’l-
23
ko’l bug’lanuvchi quruq iqlim rayonlarida, yog’ingarchilik bo’lmagan davrda, gruntning
yuqori qatlamlarida, ya’ni inshootning er osti qismlarida suvning minerallanishi oshib ketadi.
Salbiy temperaturaning ta’siri.
Ayrim konstruksiyalar damo-dam namlanuvchi va davriy
muzlash sharoitlarida
joylashganlar.
Ashyo bo’shliqlaridagi suvning muzlash natijasida uning hajmi oshadi, bu esa ichki
kuchlanish holatini keltirib chiqaradi. YOpiq bo’shliqlardagi muz bosimi 200 kg
sm
2
gacha
bo’lgan qiymatlarga chiqadi.
Dostları ilə paylaş: