Sana : Sinf : 7-sinf Dars mavzusi : Kislotalar. Tabiiy va sintetik kislotalar. Darsning maqsadi



Yüklə 237,57 Kb.
səhifə1/5
tarix28.02.2023
ölçüsü237,57 Kb.
#123669
  1   2   3   4   5
dars ishlanma kimyo


Sana :
Sinf : 7-sinf
Dars mavzusi : Kislotalar.Tabiiy va sintetik kislotalar.

Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga kislotalar, tabiiy va sintetik kislotalar to’g’risida bilim berish ;
b) Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda sinfda, guruhlarda ishlashda bir-biriga ko’mak berish, boshqalar fikrini eshitish, hurmat qilish ko’nikmalarini shakllantirish;
c) Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarda masalalar yechish ko’nikmasini, laboratoriyada kislotalar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar:
Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya, shaxs sifatida o’z – o’zini rivojlantirish kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiya, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish va foydalanish kompetensiyasi,;
Fanga oid kompetensiyalar: Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish , tushunish va tushuntirish kompetensiyasi, element va kimyoviy birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi, kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash kompetensiyasi.
Dars tipi: Yangi bilim beruvchi, ko’nikma hosil qiluvchi.
Darsda foydalaniladigan usullar : « Og’zaki savol-javob », « Bilimlar hovuzchasi », « Ortiqchasini top », « Guruh bilan ishlash » , « Modulli usul».
Kerakli jihozlar : AKT, tarqatma savollar, oltingugurt, metall qoshiqcha, gugurt, keramik plita, quruq spirt, indikatorlar, NaOH, HCl, limon, sirka kislota.
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism (3 min)
1. Salomlashish ;
2. Davomat olish ;
3. Uyga vazifani tekshirish.
II. O’tilgan mavzuni so’rash (10 min)
« Og’zaki savol-javob »
1.Qanday moddalar asoslar deb ataladi?
2. Neytrallanish reaksiyasini misollar bilan tushuntiring
3.Asoslarni qanday sinflarga bo‘lish mumkin?
4. Suvda eriydigan asoslar qanday umumiy nom bilan ataladi?
5. Amfoter asoslarning xossalari ularni hosil qilgan metallarning Davriy sistemadagi o‘rni bilan bog‘liqmi?
« Bilimlar hovuzchasi»
Quyidagi asoslarni turlar bo’yicha ajrating
Cu(OH)2, NiCl2, Ca(OH)2 NaOH, KOH, Cu(OH)2, Fe(OH)2, Mg(OH)2, Fe(OH)3 ;
«Asoslarni top»
«Ortiqchasini top»
1) Zn(OH)2, Cr(OH)3, Al(OH)3,
2) KOH, NaOH, Ca(OH)2,
3) Ni(OH)2Fe(OH)3

Yüklə 237,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin