III. Yangi mavzu bayoni Kislotalar deb tarkibida metall atomlariga almashina oluvchi vodorod atomlari hamda kislota qoldig‘idan iborat bo‘lgan murakkab moddalarga aytiladi. Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlari soni kislota qoldig‘ining valentli giga son jihatdan teng bo‘ladi, chunki vodorod bir valentlidir. Kislotalar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir. Kislotalarning umumiy formulasi HnK tarzida ifodalanadi: bu yerda K – kislota qoldig‘i; n – kislota qoldig‘ining valentligi. Kislotalarda vodorod kislota qoldig‘i bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘ hosil qilgan holda birikadi. Kislotalarning empirik va grafik tasvirlanishini quyidagicha ifodalash mumkin:
Sulfat kislota
Ortofosfat kislota
Xlorid kislota
Nomlanishi.Kislotalarning nomi kislota qoldig‘i nomidan keltirib chiqa riladi. Bunda quyidagi asosiy kislota qoldiqlari nomi va mos keladi-gan kislotalar nomi hamda ularning formulalari berilgan jadvaldan foydalanamiz (kislota qoldiqlari valentligi chiziqchalar bilan ko‘rsatilgan):
Kislotalar tarkibida kislorod atomi mavjudligiga qarab kislorodli va kislorodsiz kislotalarga toifalanadi:
Kislorodsiz kislotalarga quyidagilarni misol keltirish mumkin: HF, HCl, HBr, HJ, HCN, H2S.
Kislorodli kislotalarga esa quyi dagilarni misol keltirish mumkin: H2SO4, HNO3, H3PO4, H2CrO4, H2SiO3, H3BO3.
KISLOTALAR NOMLARI:
Kislotalar tarkibidagi vodorod soniga qarab bir negizli, ikki negizli, uch negizli va ko‘p negizli kislotalarga toifalanadi. Kislotalarning negizliligiga quyidagi jadvalda misollar keltirilgan.
Kislotalarning negizliligi
Kislota turlari
Tabiiy va sun’iy kislotalarning ko’p turlari mavjud. Turli sohalarda ishlatiladigan kislotalar sanoat, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatining muhim qismidir. Keling, ushbu kislota turlarining ba’zilari va ular ishlatiladigan sohalarini ko’rib chiqamiz.