Турар-жой ва жамоат биноларининг техник эксплуатацияси


VA JORIY REMONTNI TASHKILLASHTIRISH



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix01.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
«binolarni texnik ekspluatatsiyaga xos xususiyatlari»

VA JORIY REMONTNI TASHKILLASHTIRISH. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
. . . 
2.1. Turar-joy binolari ko’rik tizimlari . . . . . . . . . . . . .
2.1.1 Konstruktiv unsurlarning ko’riklarini turlari va davriyligi . . . . . . . . . . . .. . . . . .. . 
. .. . . .. .. . . . . . . . . . . . . . 
2.2. Joriy remontni tashkillashtirish va uning turkumlari . . . . . .. .. .. . . . . . . . . . . . . . . . 
. . . . . . . . . . . . . . .
2.3. Turar-joy binolari joriy remontning asosiy ishlari ro’yxati. . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . 
.. . . . .. . . . . .. . . . .. 
2.4. Turar-joy binolarini qish mavsumi sharoitlarida ekspluatatsiya qilishga tayyorlash 
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
2.5. Turar-joy binolarini bahor-yoz mavsumini sharoitlarida ekspluatatsiya qilishga 
tayyorlash . . . . . . . . . . . 
2.6. Jamoat binolarini ekspluatatsiya qilish xususiyatlari . 
ADABIYOT . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . .. . . . . . . . 



ILOVA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
 
KIRISH. 
Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalariga texnologik muhit, atmosfera 
hodisalari, ekspluatatsiyaviy yuk va shu kabi boshqa ta’sirlar natijasida ularning 
ekspluatatsiyaviy 
xususiyatlarida 
pasayish 
sodir 
bo’ladi. 
Bulardan 
tashqari 
konstruksiyalardagi ekspluatatsiyaviy xususiyatlarning pasayishiga loyihalashdagi xatolar, 
buyumlarni tayyorlash va montaj qilishdagi nuqsonlar, nomunosib ekspluatatsiya tufayli 
bo’ladigan eskirishlar, metallar zanglashi, bioximiyaviy ta’sirlar sharoit yaratadi.
Har bir bino va inshoot mavjud ekan, o’zida 3 bosqichni namoyon etadi, ular: 
moslashuv bosqichi, me’yoriy ekspluatatsiya bosqichi va eskirish bosqichidir. Bunda eng 
muhim masalalardan biri, bino va inshootlarning me’yoriy ekspluatatsiya davrini uzayishiga 
imkon tug’diruvchi tadbirlarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Zamonaviy o’lchash texnikalarini qo’llash va inshootlar sinovi uslublarini taraqqiy 
ettirish binolar ekspluatatsiyasining turli bosqichlaridagi texnik holatiga etarli darajada to’liq 



va ob’ektiv baho berish imkonini beradi. Konstruksiyalar holatini aniqlashdagi mavjud usullar 
ekspluatatsiyaga qabul qilinayotgan inshootlarning sifatini baholash, konstruksiya 
unsurlaridagi buzulish jarayonini oldini olish uchun, ularni ishlash mobaynidagi holatini 
baholash, avariya holatidagi va nuqsonli konstruksiyalarni ko’rsatib berish sharoitini yaratadi. 
Bino va inshootlarni ekspluatatsiyaga qabul qilishdan boshlab konstruksiyalarni buzulish va 
nuqsonlar paydo bo’lgan hollarda, ularning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari tiklanuviga qadar 
bo’lgan holatlarini nazorat etish tizimini yaratish maqsadga muvofiqdir. 
Bino va inshootlar texnik ekspluatatsiyasi xizmatining asosiy masalasi, butun 
me’yoriy xizmat muddati mobaynida unsur va tizimlarning me’yoriy ekspluatatsiyasini 
taminlab beruvchi majmuiy tadbirlar bo’lib qoladi. Bu majmuiy tadbirlar bino inshootlarga 
texnik xizmat ko’rsatish va ularni texnik ekspluatatsiyasini o’z ichiga oladi.
Texnik ekspulatatsiya bo’yicha tadbirlar asosini orasida tavsifi va hajmi turlicha 
bo’lgan ishlar bo’lgan joriy va kapital remontlar tashkil etadi. Joriy remont mobaynida 
konstruksiyani atrof-muxit ta’siridan va vaqtidan ilgari eskirishidan saqlovchi ishlar 
bajariladi. Kapital remont mobaynida esa jismoniy eskirish natijasida yo’qotilishi sodir 
bo’lgan unsurlar va muhandislik tizimlarining ekspluatatsiyaviy xususiyatlarini tiklash 
amalga oshiriladi. SHunday qilib bino va inshootlar ularga qo’yiladigan konstruksiyaviy, 
texnologik, badiiy-estetik va ekspluatatsiyaviy talablar rioya etish bino va inshoot qismlarini 
va umuman o’zlarini uzoq vaqt, har xolda ularning me’yoriy xizmat muddatidan kam 
bo’lmagan davr, ishonarli va to’xtovsiz ishlashini ta’minlaydi. 
Bino va inshootlarning asliy xizmat muddati me’yoriy xizmat muddatidan farq qilishi 
mumkin. Xizmat muddatini kamayshi sababi loyihalash va qurilish va remont qurilish ishlari 
sifatining pastligi, hamda binoga hizmat ko’rsatilishidan ekspluatatsiyaviy talablarning
buzilishi bilan izohlanishi mumkin. Bino xizmat muddatining oshishi esa unga lozim bo’lgan 
texnik xizmatlarni etarli darajada amalga oshirilishi hollarda kuzatiladi. U yoki bu hollarda 
ham binoning me’yoriy xizmat muddatidagi og’ish uni etarli darajada ishonchlilik bilan 
bashorat etish bilan bog’liqligi istisno etilmaydi.
Loyihachilar, quruvchilar va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar turar-joydan 
samarali foydalanishini ta’minlashdek ishda mas’uliyat xis etishlari lozim. Buning uchun esa 
ular binoning tuzilishi xususiyatlarini, ularga qo’yiladigan talablarni, bino konstruksiyalari 
holatini baholash qoidalarini puxta bilishlari, aholi bilan muloqotda bo’lishi hamda bino va 
inshootlarga xizmat ko’rsatishda yuqori texnika saviyasiga ega bo’lish asoslarini tashkil 
etuvchi boshqa masalalarni egallashlari lozim.



«SHahar qurilishi va xo’jaligi» kafedrasi bitiruvchilari bino va inshootlarga texnik 
xizmat ko’rsatish va ularni ekspluatatsiya qilish bo’yicha tegishli bilimlarga ega bo’lishlari 
lozim. Mazkur uslubiy qo’llanmaning maqsadi ham talabalarga bu bilimlarni egallashda 
yordam berish.
YUrtimizda milliy istiqlolning shakllanishi mamlakatimiz shahar xo’jaligining turar-
joy va jamoat binolariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ekspluatatsiya qilish borasida 
qilinayotgan chuqur islohotlarni hayotga joriy etish va ularni ilg’or mamlakatlarda to’plangan 
tajribalar asosida yuksak pog’onalarga ko’tarish, etishib chiqayotgan mutaxassislar oldida 
turgan muhim vazifadir. Bugungi kunda xalqimiz mulkka egalik hissini shakllantirish, unda 
o’z kuchiga bo’lgan ishonch tuyg’ularini kamol toptirish, milliy islohotlarni ustuvor 
yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bu yo’nalishda ishlar har bir fuqaroning umumta’lim va 
madaniy darajasini hisobga olgan holda maqsadga muvofiq va muttasil olib borilishi, 
faqatgina ma’muriy ishonch yo’li bilan amalga oshirilmog’i lozim.
Mazkur qo’llanma 580000 «Arxitektura va qurilish» sohasining oliy ma’lumot olish 
uchun «Bino va shahar hududini majmuiy restavratsiya, rekonstruksiya va ekspluatatsiya 
qilish» 580602 yo’nalishi bo’yicha «Turar-joy va jamoat binolarining texnik ekspluatatsiyasi» 
fanidan nazariy-uslubiy ishlanmani ifodalaydi.
Mualliflar o’z o’quvchilaridan ushbu qo’llanmadagi xato va kamchiliklarni har 
qanday shaklda izhor qilsalar, behad minnatdor bo’ladilar.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin