15.2. Turistik korxonalarda marketingni rivojlantirishining zamonaviy yo‘nalishlari Bozor iqtisodiyoti sharoitida aloqa va ayrboshlashni amalga oshirishning nuqtai nazaridan quyidagi holat ravshan bo‘lmoqda: marketing inson faoliyatining yangi turi emas, balki u doimo bo‘lgan va qanday bo‘lmasin, echiladigan vazifalar doirasida amal qiladi. Marketingning vujudga kelishi, keyinchalik esa uning roli o‘sishiga iqtisodiyot va raqobat muhitida murakkabligi, turistik xizmatlarga bo‘lgan talabda namoyon bo‘ladi. Oxirgi omilning ta’siri juda kuchlidir. Turistik xizmatlarga bo‘lgan talab o‘zgarishning zamonaviy yo‘nalishlari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
turistlar yurish-turish tarzining o‘zgarishi;
talabning ixtisosligi va yakkaligi;
sayohat turizmining yoyilishi;
ekologiyaning iste’molchi fikrlashiga ta’siri;
turistik sayohatlarning tez-tez sodir bo‘lishi va davomiyligining o‘zgarishi;
turistik dam olishning jadallashuvi.
Turistlarning yurish-turish tarzida quyidagi o‘zgarishlar ro‘y beradi:
turistik sayohatlarni asoslashda dam olish faol shakllarning ta’siri kuchaymoqda (sust dam olishdan, faol dam olish shakliga o‘tish). Misol sifatida Germaniya turistlarning maqsadli o‘rnatishlarni keltirish mumkin (3-jadval);
turistik sayohatlarni asoslashda gedonizmning vujudga kelishi. Bu ta’limot huzur qilish va taasurotlar o‘zgarishiga ehtiyoj borligini ifoda etadi. Buning ustiga ahamiyatga huzur olishning ob’ekti emas, balki jarayonning o‘zi ega bo‘ladi.
3-jadval Germaniya turistlari bo‘yicha maqsadli o‘rnatishlarning o‘zgarishi
XX asrning 50–70-yillari
XX asrning 80–90-yillari
Dangasalik va oftobda toblanish
Hech nima to‘g‘risida o‘ylamaslik, o‘zini erkalash
O‘zini cheklamaslik, sivilizatsiya ne’matlarini to‘la hajmda iste’’mol qilish
Taassurotlarni almashtirish, yangilari bilan tanishish
Yakka holda dam olishni xoxlovchilar o‘rtasida Yevropa mamlakatlar bo‘yicha velosiped sayohatlarni yoki Markaziy va G‘arbiy Yevropaning kanallari va daryolari bo‘yicha shinam 4-o‘rinli «lyuks» yaxtalarda tinchgina suzishlarni tanlab oladiganlar kam emas. Bu turistlar g‘ayriodatdagi dam olish o‘rniga, shinam dam olishni tanlaydilar.
Sayyor turizmning yoyilishi o‘z ifodasini turistik sayohatlarning tarkibida xorijga sayohatlar sonining ko‘payishida va bir paytda ularining mamlakat ichida kamayishiga olib keladigan yo‘nalish kuzatiladi.Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaponiya, Xitoy kabi ekzotik mamlakat-larga bo‘lgan uzoq sayohatlarga ham talab kengayib bormoqda. Xalqaro savdo tashkilotining ma’lumotlariga qo‘ra 2020 yilga borib Xitoy jahonda etakchi turistik yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu davlatga turist-larning kelishi 137 mln. kishini tashkil etishi kutiladi. Undan keyin AQSH, Fransiya, Ispaniya va Xitoydan alohida yo‘nalish sifati-da ajralgan Gonkong yo‘nalish ommaviylashib boradilar (4-jadval).