Turopereyting



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə72/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125
Turopereyting

Oldindan o‘rganish bu kelajak to‘g‘risida axborot olish.
Kon’yukturani oldindan o‘rganish – omillar uchta guruhini tahil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
ob’ektiv guruh (aholi daromadlari, demografik vaziyat, siyosiy vaziyat va boshq);
sub’ektiv (psixologik xususiyatlari, milliy urf-odatlar va boshq.);
maxsus (turmahsulot assortiment iva narxi, sayohat ob’ektining jozibaligi va arzon – qimmatligi, korxona obruyi va h.k.).


16-rasm. Turistlik bozor kon’yukturasini o‘rganish jarayoni tartibi.

Kon’yukturani bashorati odatda qisqa muddatli bo‘ladi, chunki faqat ma’lum chegaralarda bozor holati harakatini ifodalash mumkin.


Bashorat qilganda axborot tafsiloti mezoni asosida usullarning uchta sinfi belgilanadi:
1. Dalilografik;
2. Evristika;
3. Aralash.
Dalilografik, ya’ni sifatli usullar. Bu usullar bashoratlash ob’ekti o‘tmish va hozirgi davrda rivojlanishi to‘g‘risidagi haqiqiy axborotga asoslanadi. Asosan ular qidiruv bashoratlashda, ya’ni bugungi kundan kelajakgacha bo‘lgan bashoratlash ishlatiladi. Dalilografik usullar o‘rtasida bashoratlash ob’ektining dinamik qatorlarini o‘rganuvchi statistik usullar alohida e’tiborga ega bo‘ladi.
Evristik yoki sifat usullari. Bashoratlash ob’ekti to‘g‘risida mutaxassis – ekspertlarning bilimlaridan foydalanishga va ob’ektning kelgusida rivojlanishi (yurish-turishi) to‘g‘risida ular finlarni umumlashtirishga asoslanadi. SHuning uchun ular, odatda, ekspert usullari, deb ataladi. Ekspert usullari ko‘pincha sakrashlar ruy beradigan jarayonlarni me’yoriy bashoratlashga mos keladi. Ulardan eng ma’lum bo‘lganlar bu «Aql xujumi» va «Seniktika».
Aql xujumi usuli muammoni guruhiy mulohaza qilishda ishtirokchilar g‘oyalarini umumlashtirishga asoslanadi. Bu asosda muammoni ko‘tilmagan echimga olib keladigan fikrlar zanjirchalari paydo bo‘ladi. Yig‘ilish vaqtida olingan g‘oyalar banyonnomaga kiritiladi, keyin baholanadi. Aql hujumi usuli amalga oshirishning ko‘pgina variantlarga ega.
«Seniktika» bashoratlashning sezgi – ijodiy usuli hisoblanib, har xil, oldindan bir – biriga mos kelmaydigan unsurlarning birlashuvidir. Bu usulda faoliyatning har xil sohalardan taklif etilgan mutaxassislar oldindan yaratgan o‘z g‘oyalari bilan ekspertlar baholashda qatnashadi. Undan keyin g‘oyalarni bir-biridan ajratib, aniq belgilangan, ko‘pchilikni o‘ziga tobe etgan g‘oya qabul qilinadi.
Delfa usuli ekspertlarni so‘rov qilishda eng ommaviy va samarali bo‘ladi. U qo‘yidagi xususiyatlarga ega:
birinchi bosqichda har bir ekspert alohida ishlaydi;
ekspertlar so‘rovi bir nechta bosqichda olib boriladi;
har bir o‘tgan bosqichdan keyin ekspertlar bir-birini bilmagan holda va baholarning minimal hamda maksimal darajalarini keng isbotlash asosida ular boshqa ekspert baholari bilan tanishtiriladi.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin