Turopereyting


Tayanch so‘zlar va iboralar



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə95/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125
Turopereyting

Tayanch so‘zlar va iboralar: narx, muvozanatli narx, chakana narx, ulgurji narx, foyda, daromad, tannarx, xarajatlar, narx siyosati, normal foyda, iqtisodiy foyda, foyda normasi, rentabellik, prays-varaq, turpaket.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
Narx va muvozanatli narx tushunchalarini izohlang.
Narxning shakllanish jarayoni nimalardan iborat?
Turmahsulot narxining qanday tarkibiy qismlari bor?
Turistik yo‘llanmaning qiymati qanday aniqlanadi?
Narx-navoni hisoblayotganda nimalarni hisobga olish kerak?
Firma xarajatlari qanday qismlardan iborat bo‘ladi?
Narxlar bo‘yicha echimlarni qabul qilishga kimlar ta’sir etadi?
Foydaning qanday ko‘rinishlari bor?
Firma daromadi nima va uning qanday turlari bor?
21-MAVZU. TURISTIK MAHSULOTLARNI SOTISHNI TASHKIL ETISH
Reja:
21.1. Turistik mahsulotni sotish kanallarini shakllantirish
21.2. Turistik mahsulotni taqsimlash samaradorligi
21.3. Turistik mahsulotni hisoblash jarayoni
22.4. Turistik mahsulotni sotish bo‘yicha hamkorlarni tanlash


21.1. Turistik mahsulotni sotish kanallarini shakllantirish
Firmaning muvafaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi, nafaqatgina ishlab chiqarilgan mahsulotga bog‘liq bo‘ladi. Sifatli tovar ishlab chiqarishning o‘zigina kifoya qilmaydi, u o‘z iste’molchisini ham topishi zarur. Mahsulotni potensial iste’molchi bilan uchrashuvi uni joriy qilishning muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar sotishning shaxsiy kanallarini shakllantirib o‘z tovarlarini vositachilar orqali bozorga chiqaradi.
Sotish kanali (yoki distribyusiya kanali) – bu firma yoki alohida shaxslarning (vositachilarning) yig‘indisi bo‘lib, konkret tovar yoki xizmatlarning mulkchilik huquqini ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha uzatishda boshqa shaxsga yoki o‘z zimmasiga olishga yordam beradi, shu tarzda ishlab chiqaruvchiga tijorat faoliyatining normal jarayonini ta’minlaydi.
Sotishlarning har qanday shakli va ko‘rinishida hamma vaqt har biri ingliz alfavitining «R» harfi bilan boshlanadigan etti marketing tadbirlari ketma-ketligiga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardir: "mahsulot" (product), "rejalashtirish" (planning), "joy" (plase), "odamlar" (people), "narxlar" (prices), "siljitish" (promotion), «jarayon» (process). YA’ni, bu firma faoliyatining strategik rejalashtirilishi asosida ishlab chiqilgan, kerakli joyda taklif qilingan, ma’lum iste’molchilar segmentiga adresli yo‘naltirilgan, ma’qul standardagi, to‘g‘ri taqdim qilingan va sifatli xizmat ko‘rsatish bilan sotilgan mahsulotdir.

product

-----------►

Tur mahsulot (tur)

planning

-----------►

Talab asosida rejalashtirilgan

plase

-----------►

Kerakli joyda taklif etilgan

people

-----------►

Ma’lum iste’molchilar segmendga taklif etilgan

prices

-----------►

Ma’qul narxlarda

promotion

-----------►

To‘g‘ri taqdim qilingan va realizatsiya qilingan

process

-----------►

Sifatli bajarilgan xizmat ko‘rsatish bilan

Turistik tashkilotlar amaliy ortida sotish kanallaiini shakllantirishning ikki yo‘nalish ajratiladi: tashqi (xorijiy) va ichki kanallar.



Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin