Turopereyting


Buyuk geografik kashfiyotchilarning sayohati marshrutlari



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə29/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125
Turopereyting

5.3. Buyuk geografik kashfiyotchilarning sayohati marshrutlari
Xristofor Kolumb (1451-1506). Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini izlab Markaziy va Shimoliy Amerikani kashf qilgan, geografik kashfiyot lar borasida ham, xato xulosalarga kelishda ham, uning hayoti qirralarini tadqiq qilingan va qilinayotgan asarlar soni bo‘yicha ham mashhurlikda Xristofor Kolumbga teng keladiganlar juda kam. U 1492-1493 yilda Amerikaga birinchi ekspeditsiya, 1493-1496 yillarda ikkinchi ekspeditsiya, 1498-1500 yillarda uchinchi ekspeditsiya va 1502-1504 yillarda to‘rtinchi ekspeditsiyani tashkil qilgan.
Vasko Da Gama (1469-1524). Hindiston qadim zamonlardan beri Yevropalik olim va sayyohlarning tinchini buzgan davlat edi. Bu g‘aroyib davlatga quruqlikdan boradigan yo‘llar kashf qilingan bo‘lsada Yevropaliklar uchun bu yo‘llar juda xatarli bo‘lgan. Shuninguchun ham15 asrda Yevropalik sayyohlar Hindistonga dengiz bilan borish yo‘llarini izlay boshladi. Bu muammoni Portugaliyalik Vasko Da Gama hal qildi va insoniyatning buyuk kashfiyotchila ri ro‘yxatidan joy oldi.
Amerigo Vespuchchi (1454-1512). Amerikaning yaxlit qit’a ekanligi haqida birinchi bo‘lib xabar bergan, Markaziy Amerika va Janubiy Amerika qirg‘oqlariga 1499-1500 yillarda birinchi, 1501-1502 yillarda ikkinchi va 1503-1504 yillarda uchinchi ekspeditsiyani tashkil qilgan va bu sayohatlari tufayli nomining abadiy unutilmasligiga erishgan mashhur tadqiqotchi-geograf. Shu o‘rinda afsuslanarli shu holatni qayd etishimiz kerakki, insoniyat taraqqiyotini butunlay yangi yo‘nalishlarga solib yuborgan Buyuk geografik kashfiyotlar davrida tuzatib bo‘lmas tarixiy xaqsizlikga Xristofor Kolumb va vatandoshimiz Abdurazzoq Samarqandiy uchradi. Yuqorida qayd qilganimizdek, vatandoshimiz A.Nikitindan 25 yil oldin, Vasko Da Gamadan 56 yil oldin Arabiston yarim oroliga etib borib Hindistonga dengiz va okean orqali birinchi yo‘lni ochgan edi.
O’sha davrlarda A.Nikitin ham, Vasko Da Gama ham Hindistonga dengiz yo‘li bilan borishda Abdurazzoq Samarqandiyning asarlaridan foydalangan liklarini yozishgan. Ularning xabarlariga o‘sha davr tarixchilari ham tadqi qotchilari ham albatda e’tibor berishliklari lozim edi.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin