Fernando Magellan (1480-1521). Buyuk geografik kashfiyotlar tarixiga portugaliyalik mashhur sayyoh Fernando Magellan Erning sharsimon ekanligini tasdiqlagan va sayyoramiz atrofi bo‘ylab birinchi aylanma dengiz sayohatini amalga oshirgan kishi sifatida kiritilgan. Ta’kidlash kerakki, Magellan sayohatning muvaffaqiyatli tugashiga ishonmagan ( balki, u o‘zining fojiali o‘limini sezgandir). Ammo sayohat muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu sayohatdan vataniga qaytish nasib etmagan bo‘lsada Magellan o‘limi oldidan o‘z maqsadiga erishganligini aytgan (Filippin orollaridagi qabilalar boshliqlarining janjallariga aralashib qolgan Magellan 1521 yilning 21 aprelida Lapu-Lapu qabilasining sardori tomonidan o‘ldirilgan).
Villem Barens (1550-1597). 15-16 asrlardagi buyuk geografik kash fiyotlar mustamlakachilik bosqichining boshlanishiga, YYevropa mamlakatlari o‘rtasida yangi erlar uchun raqobat va kurashga sabab bo‘ldi. Natijada Xitoy va Hindistonga borishning Shimoliy dengiz yo‘lini topish g‘oyalari o‘sha vaqt dengiz sayyohlari o‘rtasida go‘yoki o‘ziga xos musobaqaga aylanib ketdi. Lekin, Shimoliy dengizning yil davomida muz bilan qoplanishi va o‘sha vaqtdagi kemalarning muzlar siquviga bardash beraolmasliklarini tajribali dengizchi lar juda yaxshi bilar edi.Lekin V. Barens bu xatarli sayohatni amlga oshirishga jur’at etdi. U1594 yilda shimolga birinchi ekspeditsiyani tashkil qildi. Bu sayohatda u 77 daraja shimoliy kengliklargacha suzib bordi va orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. V.Barens 1595 yilda ikkinchi ekspeditsiyani tashkil qidi. Bu ekspedi siya ham muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.
V.Barens uchinchi ekspeditsiyani Golland hukumatining topshirig‘i bilan 1596 yilda tashkil qildi va shimolning 80 daraja shimoliy kenglik larigacha bo‘lgan barcha erlar va orollarni, muzliklarni xaritaga tushirdi. Sayohatda V.Barens va uning ko‘plab dengizchilari halok bo‘lishdi. Jasur sayohatchining nomi abadiylashtirildi-ilgarigi Murman dengizi Barens dengizi nomini oldi. Xuddi shunday nom shimoldagi bir qancha orollarga ham qo‘yildi.