1-MAVZU: “TUROPEREYTING”FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI Reja: 1.1. “Turopereyting” fanining maqsadi va vazifalari. Turoperator faoliyatining tushunchasi va turlari.
1.2. Turoperator va turagentlarning tarixiy rivojlanishi va funksiyalari.
1.1. “Turopereyting” fanining maqsadi va vazifalari. Turoperator faoliyatining tushunchasi va turlari Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarning o‘rni va roli g‘oyat sezilarli bo‘lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari shakllanmokda. Turizm sohasida islohotlarni va modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko‘lamini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda “Turopereyting” fani alohida o‘rin tutadi.
“Turopereyting” fanining maqsadi – turistik bozorda turperatorlarning muvofaqiyatli faoliyat olib borishi, kuchli raqobat sharoitida turmahsulotlarni ishlab chiqish va uni sotish kanallarini topishi masalalarini yaqindan o‘rganishga qaratilgan. Hozirgi kunda turoperatorlik faoliyatini tashkil qilishda hayotimizga kirib kelayotgan yangi informatsion texnologiyalar va nou-xaular ta’sir ko‘rsatmoqda. Turoperator faoliyatini tashkil qilish keyingi yillarda jahon turizm bozori rivojlanishi tendensiyalari va uning segmentiga bog‘lik ravishda shakllanmoqda.
“Turopereyting” fanining vazifalari – turopereytingda xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, turistik mashrutlar ishlab chiqishni rivojlantirishning nazariy asoslari, turistik marshrutlarning tarixi, turistik marshrutlarni ishlab chiqish usullari va tamoyillari, turopereytingda turistlar xavsizligini ta’minlash masalalari, turizm bozorining marketing tadqiqotlari, turopereytingda reklama faoliyatini tashkil etish va turopereytingda xizmat etkazib beruvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzishni amalga oshirishni o‘rganishdan iborat.
Turoperatorlar faoliyati bosh yo‘nalishi ommaviy iste’mol talablariga mo‘ljallangan turistik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Ulgurjichilar seriyali xizmatlarni yig‘ib komplektlashadi. Ularni safar marshrutlarini standartlash, dasturlar va kompleks xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan turistlarga yagona paketda (pekij-turlar) sotadilar. Bu esa ularga bozorga raqobatbardosh takliflar bilan chiqishga imkon beradi.
Turoperator har doim sotish uchun turmahsulot zahirasiga ega bo‘ladi, turagent bo‘lsa mijoz sotib olish istagini bildirgan holdagina ma’lum xizmatlarni talab etadi.Biroq amaliyotda ba’zan turoperator va turagent orasidagi farqni ajratib bo‘lmaydi, chunki har ikkalasi o‘xshash vazifalarni hal qilishlari mumkin. Masalan, firma turoperator sifatida yo‘nalishlar ishlab chiqishi, turistlar va boshqa agentliklarga sotishi ham mumkin. Xuddi shu vaqtda aynan shu turistik tashkilot turagent sifatida boshqa firmalardan xizmatlar sotib olishi va turistlarga sotishi ham mumkin.Turizm industriyasining shiddat bilan rivojlanishi, turizm bozorida raqobatning yuzaga kelishi va kuchayishi - hammasi turoperatorlar strukturasiga ta’sir ko‘rsatdi va ularning keyingi maxsuslashuvini qayta aniqlab berdi.
Turoperatorlar quyidagilarga ajratiladi1: