Turopereyting


Turizmda segmentlashga yondashuv va undan maqsad



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə82/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125
Turopereyting

17.1. Turizmda segmentlashga yondashuv va undan maqsad
Turistik marketingda birinchi qadam bo‘lib, turistlar bozorini ayrim muhim mezonlar asosida segmentlarga bo‘lish hisoblanadi.
Turizm bozorini segmentlash — bu bozorni iste’molchilar talablarining umumiyligi bilan tavsiflanadigan qismlarga taqsimlash. Bu segmentlarning har biri maqsadli bozor sifatida tanlanishi mumkin. Undan keyin alohida tovar va berilgan segmentning majmuali marketingni ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
Segment — iste’molchilar tovarga bir xil talab qo‘yadigan bozorning bir qismi.
Turistik firmaning resurslari chegaralangan bo‘lganligi uchun barcha mijozlarni qoniqtiradigan tovarlarni yaratish va ishlab chiqarish murakkab vazifadir. Shuning uchun ham firma o‘z harakatlarini bozorning ayrim segmentlariga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiradi. Ular qanday kompaniya samarali xizmat ko‘rsatish holatini ta’minlash uchun bozorda o‘ziga eng ma’qul bo‘lgan segmentlarni aniqlashi zarur. Ammo firmalar bunday siyosatga doimo bo‘ysunishmaydi. Bu borada uch asosiy yondashuv mavjud bo‘ladi:
1. Ommaviy marketing — barcha iste’molchilar uchun qandaydir tovarni ommaviy ishlab chiqarish, taqsimlash va sotuvni rag‘batlantirish. Bunda eng katta, salohiyatli bozor shakllanadi.
2. Mahsulot (tovar) bo‘yicha tabaqalashgan marketing — bunda korxona darhol xossalari, sifati har xil bo‘lgan, bir necha mahsulotlarni oldinga surishga e’tibor qaratadi. Bundan umumiy maqsad — didi turlicha bo‘lgan xaridorlarning ehtiyojini qondirishdan iborat.
3. Maqsadli marketing — iste’molchilar aniq guruhlarning didi va afzalliklarga ko‘ra, bozor segmentlari o‘rtasida chegara o‘tkazish, ularni tanlash.
Firmalar ko‘proq ommaviy va mahsulot (tovar) bo‘yicha tabaqalashgan marketingdan ayni paytda mavjud bo‘lgan marketing imkoniyatlarni to‘laroq ochib beradigan maqsadli marketing texnikasiga o‘tishmoqda. Firma o‘z marketing harakatlarini behuda sarflash o‘rniga e’tiborini tovarlarni xarid qiladigan mijozlarga qaratishi mumkin. Marketingning samarali strategiyasi maqsadli bozorlarning aniq joylashuvini taxmin qiladi va faqat shu bozorlarga xizmat ko‘rsatish uchun kuch sarflaydi. Maqsadli bozor, bu – umumiy salohiyatli turistik bozorning segmenti bo‘lib, unda taklif etiladigan tovar (xizmat)lar eng jozibali bo‘ladi.
Bugungi kunda turistik xizmatlar bozorida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham turfirmalar soni ko‘payib, raqobat kuchaymoqda. Ko‘pgina turtashkilotlar cheklangan moliyaviy mehnat va boshqa xil resurslarga ega bo‘lgan kichik biznes korxonalaridir. Buning uchun ular barcha mijozlar ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘z harakatlarni har tomonlama taraqqiy ettira olmaydilar, samarali va foydali faoliyati uchun to‘rt asosiy tadbirni o‘tkazishni talab qiladigan maqsadli marketing tamoyillaridan foydalaniladi. Bular:
1) bozorni segmentlashdan – segmentlash tamoyillarini aniqlash, qabul qilingan segmentlarning yo‘nalishini tuzish;
2) bozorning maqsadli segmentlarni tanlashdan — qabul qilingan segmentlarning jozibalik darajasi baholaridan, bir yoki bir necha segmentlarni tanlashdan;
3) bozorda tovarning joylashuvidan – maqsadli segmentlarning har birida tovar joylashuvining to‘g‘risi echilishdan;
4) maqsadli segmentning har biri uchun marketing majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
Bozorning ayrim qismlariga iste’molchilar etib bormasligi yoki etib borishiga xohishi bo‘lmasligi mumkin. SHuning uchun ham kompaniyaning mavjud imkoniyatlari eng yuqori samara beradigan joyda to‘plangan bo‘lishi kerak.
Segmentlarning mezonlari
Maqsadli bozorlar: 1) geografik; 2) ijtimoiy-demografik (yoshi, daromadi, bilimi, irqi, millati, oila tarkibi va turmush tarzi, jinsi, dini, mehnat faoliyati); 3) psixografik (ma’naviy qiymatlar, xulq-atvori, manfaatlari, munosabatlari, xohishlari) va boshqa mezonlar bo‘yicha aniqlanadi.
1. Geografik mezonlar bo‘yicha segmentlash har xil birliklarga bo‘lgan talabning quyidagi taqsimlanishini ko‘zda tutadi:
doimo yashaydigan mamlakatiga qarab, ichki, kirish va chiqish turizmi;

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin