Tuzuvchi: f f. n. N. R. Ochilova Taqrizchilar: f f. d., prof. S. A. Choriyev



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə11/24
tarix26.01.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#122580
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
7 E(A) MM

Fridrix Nittsshe. (1844-1900) «Zardusht dediki…» (833-1884), «Ezgulik va yovuzlikning narigi tarafida» (1886), «Axloqning kelib chiqishiga doir» (1877), «Hukmronlikka ixtiyor. Barcha qadriyatlarni qayta baholash tajribasi» (1889-1901) singari asarlarida axloqshunsolikka oid fikrlarini bergan.
Nittsshe odam, uning fazilatlari haqida fikr beradi. Nittsshe Shopenxauerning shogirdi. Shopenxauer axloqiy illatlarni birinchi o’ringa qo`yib, fazilatlarni mustaqil hodisalar emas, balki illatlarning aksi tarzida talkik etadi. Nittsshe esa bu borada yana ham ilgarilab ketdi: illatlarni fazilat tarzida, fazilatlarni illat tarzida taqdim qiladi. uning nazdida, inson o’z illatlarini tuzatmasa ham, ularni ochiq, halol e‘tirof etishi, illatlarimizni fazilatlar orasida berkitib turishdan, fazilatlar bilan nikoblashdan afzaldir, deydi.
Nittsshe, shu sababdan ham ezgulik, shafqat, burch kabi tushunchalarni emas, to’g’rilik va axloqiylikni axloqning negizi deb biladi.

3.4. Eng yangi davr axloqshunosligidagi asosiy yo’nalishlar.


XX asrning nufuzli g’oyaviy oqimlaridan biri avstriyalik tabib va psixiatr Zigmund Freyd-Zigmund Shlomo (1856-1939) nomi bilan bevosita bog’liqdir. U ruhiy asab kasalligini davolashning umumiy nazariyasi va uslubini, uning nazariy asosini ishlab chiqdi. Freydezmning nazariy asosini psixoanaliz tashkil qiladi. Psixoanaliz ongsizlik holatini falsafiy talqin etib inson ruhiyatini ongli harakatlarning hamda oqilona tarzda bilib bo’lmaydigan va ongsizlik olamini tashkil etadigan instinktlarning murakkab majmui deb biladi.
Freyd ko’p kuzatuvlari, aql va o’z kechinmalariga suyanib, ruhiy kasallikning muvafaqqiyatli davolashning axloqiy muammolariga murojat qilmasdan hal etib bo’lmasligini aniqladi va bemor o’z qalbi extiyojlarini hisobga olmaganligi uchun kasallanadi, degan xulosaga keldi.
Freyd onglilik va ongsizlik masalasiga alohida to’xtaldi. Ongsizlikdan onglilik kelib chiqishini ko’rsatdi. Anglanmagan holatdagi fikrlar, his-tuyg’ular umuman yo’qolib ketmaydi, biroq xotiraga chiqish uchun yo’l qo’yilmaydi. Ular ongda bilvosita ongsizlik tarzida namoyon bo’ladi: bilmay gapirib yuborish, xato yozib yuborish, tush, nevrozlar singari galati harakatlar orqali namoyon bo’ladi. Onglanmagan holati g’oyat yashovchan, vaktga buysunmaydi. Freyd barcha illatlarning va vijdon, qo`rquv, aybini his qilish, tazarru singari fazilatlarning kelib chiqishini, faoliyatini, deyarli barcha axloqiy hodisalalarni asosan «Edip kompleksi» ga olib borib takab qo`yadi, deydi.
Erix Fromm (1900-1980) asosiy e‘tiborini, diqqatini inson qalbining axloqiy talabalariga munosabatini ochishga, totalitarchilik, insonparvarlik, tiriksevarchilik (biofillik) va uliksevarlik (nekrofillik) haqidagi muloxazalarga qaratdi. Uning «Sevish san‘ati» (1856), «Inoyat qalbi. Uning ezgulik va yovuzlik qobiliyati» (1964) kabi asarlarida axloqiy muammolarga keng o’rin berilgan. Uning fikricha, yovuzlik insoniy hodisa. U insoniylik holatidan ortga kaytish, insonga xos, aql, muhabbat, erk xusumatlarini yo’l qilishga bo’lgan intilish. Ayni paytda, u fojeiy holatdir. Inson ezgulik va yovuzlikka moyil.
Fromm o’z ustoziga nisbatan kengroq mikyosida harakat qiladi. Inson tabiati nafaqat biologik balki tarixiylik bilan shartlangan, deydi. Erix Fromm muhabbat muammosiga tuxatalib, bu har biri uzligini saqlangan holatda ikki kishining birlashuvi. Muhabbat – bu harakat, orom emas, faollik, kuzatish emas. Sevish - olish emas, berish. Sevgida inson o’zi uchun eng bebaho bo’lgan hayotning bir qismini – hissiyotni, bilimi, kechirmalarini bag’ishlaydi, bu nafis bir lazzatdir. U muhabbatni g’amxo’rlik, mas‘uliyat, hurmat va ilm unsurlaridan deb biladi, hamda mas‘uliyatni hurmat bilan bog’laydi. Hurmat, bu – qo`rquv yoki kul kovushtirish emas, u insonni qanday bo’lsa, shunday qabul etishini talab etadi.
XX asrda axloqiylik tafakkurida chuqur iz qoldirgan falsafiy-axloqiy yo’nalishlardan yana biri ekzistentsiyachilikdir. U insonni, eng avvalo, o’z hayotini insoniylik vazifasini bajarish uchun qurbon kilgan mavjudot sifatida olib qaraydi.
Ekzistentsializmning vatani dastlab Rossiya bo’lgan. Biroq 1 – jahon urushidan keyin Germaniyada keng tarqalgan va rivojlangan falsafiy yo’nalishdir.
«Ekzistentsiya» deganda ekzistentsialist faylasuflar kishining har lahzada hayot va o’lim bo`sag’asida kechadigan ichki kechinmalari yoki «borliqda mavjudlik» jarayonini tushunishadi. «Borliq» ekzistentsialistlar fikricha, na «obe`ktga», na «sube`ktga» bo’linuvchi, bevosita idroq etuvchi narsadir. Ekzistentsiya qiluvchi mutafakkir voqelikka sub‘ektiv tarzda qarashli, ya‘ni voqelik faqat uning indivudial mavjudligi va emotsional (extirosiy) hayoti orqali qanday aks etsa, unga shundayligicha qarash kerak, deb tan oladi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda tarqalgan falsafiy yo’nalishlardan biri ekzistentsializm (lotincha «ekzistentsiya» yoki inglizcha «ekzistika» so’zidan olingan bo’lib, «mavjudlik», «mavjud bo’lmoq» degan ma‘noni anglatadi), dastlab Rossiyada (Berdyaev, Shestov), Germaniyada (Xaydegger, Yaspers va boshqalar), Frantsiyada (R. Marsel, A. Komyu va boshqalar), keyinchalik Amerika, Italiya, Yaponiya, Hindistonda tarqaldi. Ekzistentsionalizm insonni jamiyatda tutgan o’rni va rolini inkor qilishga, yo’qqa chiqarishga harakat qiladi. Ularga inson notavonlik maxluq, unga qo`rquv, o’lim, umidsizlik hamma vaqt raxnamo. Umidsizlik va o’lim ekzistentsializm falsafasining asosiy kategoriyalardir.
Ekzistentsialistlar fikricha, kishi o’zining mavjudligini chuqur ma‘navy ziddiyat, ruhiy tushkunlik holatidagina anglay oladi. «O’lim» mavjudlikning so’nggi nuqtasi, deb e‘lon qilinadi.
Olmon faylasufi Martin Xaydegger (1889-1976) ekzistentsiyachilikning asoschisidir. Ekzistentsiachilik Xaydeggerdan so’ng, ikki yo’nalishda - diniy va daxriylik yo’nalishlarida davom etdi.
Diniy ekzistentsializmning eng yirik vakillaridan biri, olmon faylasufi Karl Yaspersdir (1883-1936). U o’z asarlarida, xususan, «Zamonning ma‘naviy holati» (1932), «Falsafiy e‘tiqod» (1948) degan kitoblarda inson mavjudligining XX asrda qanday tushunish masalasiga to’xtaladi va bu mavjudlikning axloqiy jihatlarini tahlil etadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin