44
3. Nazorat qilishning davriyligiga qarab quyidagi(nazorat qilish
davriyligi)larga bo`linadi:
Uzluksiz nazorat – texnologik jarayonning nazorat qilinadigan
ko`rsatkichi haqida axborot uzluksiz keladi;
Davriy nazorat – nazorat qilinadigan ko`rsatkich haqida axborot
ma'lum vaqt oralig`ida keladi;
Bir lahzali nazorat – asrash,
buzilishdan saqlash, ko`pincha yaxlit,
tanlama yoki davriy nazoratlarni qo`llash maqsadga muvofiq bo`lmaganda
tasodif vaqtida (epizodik) bajariladi (masalan, xandakni ko`mish vaqtida
gruntning zichligini nazorat qilish).
4. Maxsus nazorat qilish vositalaridan foydalanishiga qarab quyidagi
(nazorat usul) larga bo`linadi:
- o`lchash
nazorati, o`lchash nazoratlarini ishlatib, shu jumladan
laboratoriya jihozlaridan foydalanib bajariladi;
- qarab tekshirish nazorati:
- texnikaviy ko`zdan kechirish;
- ro`yxatdan o`tkazish nazorati, hujjatlarda (sertifikatlarda, yopiq
ishlarni tekshirish dalolatnomalarida, umumiy va maxsus ish daftarlarida
va boshqalarda) qayd etilgan ma'lumotlarni tahlil qilish yo`li bilan
bajariladi. Nazorat qilinadigan ob’yektga yetib bo`lmaganda (masalan,
ankerni berkitishda) yoki o`lchash yoxud qarab tekshirish nazoratining
bajarish maqsadiga muvofiq bo`lmaganda (masalan, kon bo`yicha
muhandislik-geologik ashyolar bor bo`lganda to`kma uchun grunt turi)
qo`llaniladi.
Har
bir sertifikatlash faoliyatida, mahsulot sinovini o`tkazishda
sertifikat berishda sertifikatlashtiriladi, mahsulot sifatining nazoratini
ta’minlashda muhim tarkibiy qism sifatida akkreditlangan sinov
labaratoriyalari hisoblanadi.
Labaratoriya akkreditlash deganda, sinov labaratoriyasining ma’lum
sinovlar yoki sinovlarini muayyan xillarini amalga oshirish huquqlarini
rasmiy jihatdan tan olish tushuniladi.
Bunda sinov laboratoriyasini texnikaviy layoqatliligini va xolisligini
yoki faqat layoqatliligini tan olishning ifodalanishi ko`rilishi mumkin.
Labaratoriyani attestatlash deganda labaratoriyani
akkreditlash uchun
belgilangan mezonlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinov
labaratoriyasini tekshirilishi tushuniladi.
Shunday talablar qatoriga quyidagilar kiradi:
- xodimlarning nazariy tayyorgarligi va amaliy ishdagi texnikaviy
layoqatliligi;
45
- sinov o`tkazish asbob- uskunalarni mavjudligi, o`lchash va boshqa
vositalarni akkreditlash huquqini olish uchun kerakli tekshiruv sinovlarini
to`g`ri o`tkazishda moddiy- texnikaviy ta’minotining yetarli ekanligi;
- sertifikatlashtirish tavsiflari bo`yicha har bir aniqlash uchun
tekshirilayotgan sinov usullari to`la tadbiq qilish va buning natijasida sinov
yakunlar qaytaruvchanligi va haqqoniyligi ta’minlashligi;
- laboratoriyani tashkiliy haq- huquqiy o`rin bo`lib,
mahsulot ishlab
chiqaruvchidan mustaqil hamda tijorat yoki boshqa majburiyatlaridan
bo`lmagan sinovlarning haqqoniyligiga ta’sir o`tkaza olmaydigan
bo`lishligi;
- sinovlar o`tkazishda tizim sifatini ta’minlanishligi mavjudligi;
Dostları ilə paylaş: