Asosiy savollar:
1.Alisher Navoiyning tug’ilishi, bolaligi, o’smirligi.
2.Madrasa tahsili. Samarqand, Mashxad va Hirot.
3.Navoiy – muxrdor va vazir. Mukarrabi sulton.
4.Navoiy qaynoq ijod qo’ynida.
1- asosiy masala: Alisher Navoiyning tug’ilishi, bolaligi, o’smirligi.
O’qituvchining maqsadi: Alisher Navoiy bolaligi va o’smirligi haqida talabalarga ma’lumot berish davomida ularda she’r yodlashga mehr uyg’otish, o’qish imkoniyatlari cheksizligiga ishontirish; baxt – bilishda ekanligini e’tiqod sifatida anglatish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.Alisher Navoiyning tug’ilishi, bolaligi, o’smirligi nuchuk kechgani haqida aniq tasavvur hosil qiladi.
2.Bola Alisher boshqa bolalardan farqini aniqlaydi.
3.O’qish va yodlash mislsiz iste’dod omillari ekanligiga ishonch hosil qiladi.
1-asosiy masalaning bayoni:
Alisher Navoiy - o’zbek adabiyoti, o’zbek millati faxri, ijodkorlar gultojidir. U 1441-yil Hirotda saroy zodagoni G’iyosiddin Muhammad oilasida dunyoga keldi. Uning ota-onalari temuriylar-mirzolar saroyida nufuzli amaldorlar bo’lishgan va ularning bir qismi temuriylarga ko’kaldosh ham edilar.Onasi Kobullik. Buni tog’alarining tahalluslaridan bilish mumkin: Mir Sayid Kobuliy va Muhammad Ali G’aribiylar. G’iyosiddin Kichkina yoki G’iyosiddin Baxshi «O’glim Hazrati Alibek mashxur va shoir bo’lsin» degan niyatda farzandiga Alisher ismini qo’ydi. To’rtinchi halifa Ali ibn Tolibni payg`ambarimiz «Sherim» deganlari uchun Alisher ismi yasalgan.
U uch yarim yasharligida Qosim Anvarning quyidagi baytini yod aytib, ahli oila va mehmonlarni hayratga solar ekanki, bu Hirotda forsiy adabiy an’ana juda kuchli ekanligini ham ko’rsatadi:
Mastemu oshiqemu jahonso’z-u joma chok
Zi g’ayrat ishqi tu az g’ami jahon chi bok ?
1447- yili Shohruh Mirzo vafot etib, saltanat notinchligi oila boshlig’ini havotirga soldi va u oilani yetaklab Sherozga jo’nadi. Chunki u yerda Shohruh Mirzoning o’g’illari Iskandar va Ibrohim Mirzolar hokimlik qilganliklari tarixda ma’lumdir. Yo’lda Taftda Alisher Sharafiddin Ali Yazdiy suhbatlariga noil bo’ldi. Va tabarruk shayh duosini oldi.
1447- yili Shohruh Mirzo vafot etib, saltanat notinchligi oila boshlig’ini havotirga soldi va u oilani yetaklab Sherozga jo’nadi. Chunki u yerda Shohruh Mirzoning o’g’illari Iskandar va Ibrohim Mirzolar hokimlik qilganliklari tarixda ma’lumdir. Yo’lda Taftda Alisher Sharafiddin Ali Yazdiy suhbatlariga noil bo’ldi. Va tabarruk shayh duosini oldi.
Sherozdan (ikki yildan so’ng) qaytayotib, cho’lda ot ustida Alisher uhlab qolib, otdan tushib qoladi. Uyg’onib, otlanib yo’lda davom etadi… So’ng uni topib oladilar.
Hirotda taxtga Abulqosim Bobur Mirzo chiqqan. Otasi yana saroyda xizmat qiladi. Alisher maktabda o’qiydi. Uning Husayn Boyqaro bilan bir maktabda o’qiganliklarini Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»da «Hammaktab ekandurlar» deb qayd etadi.
1952- yilda hukmdor otasini Sabzavor shahriga hokim qilib tayinlaydi. Alisher Hirotda qolib o’qishini davom ettiradi. Ayniqsa, o’sha davr maktablarida o’qitiladigan kitoblar: Sa’diyning «Guliston» va «Bo’ston»i hamda Farididdin Attorning «Mantiq ut- tayr» asarlaridir, keyingisi Alisherga juda yoqib tushadi va dostonni yodlab oladi.
Matla’:
Ofarin bod ofarin on pokro,
On ki jon baxshid mushti xokro.
Alisher mashhur musiqashunos Xo’ja Yusuf Burhondan musiqaviy ta’lim oldi.
Dostları ilə paylaş: |